Babaeva Shoira Baymurodovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ona tili darslarida sintaktik tushunchalarni modellashtirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) (Pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1793.
Ilmiy rahbar: Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, Pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Adizov Baxtiyor Rahmonovich, pedagogika  fanlari doktori, professor; Sobirova Mahbuba Yusupjanovna, Pedagogika fanlari doktori (DSc), professor. 
Yetakchi  tashkilot:  Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ona tili ta’limida sintaktik tushunchalarni modellashtirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ona tili  ta’lim mazmunini jarayoniy xususiyatlari o‘quvchi va o‘quv materiallari orasidagi bog‘lanishlar qadriyat tushunchasi, g‘oya, nazariya, qonuniyatlardan, muammoli vaziyatlarda foydalanish, lingvistikaga doir terminlarni o‘yin texnologiyalar vositasida dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘zaro uyg‘unlashtirish, integratsiyalash metodlariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan; 
ona tili ta’limida sintaktik tushunchalarni modellashtirish orqali grammatik tushunchalarni o‘zlashtirish jarayonining komponentlari hamda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqotni ergonomik modellashtirish metodikasi psixologik, aksiologik, qadriyatli, tizimli faoliyatli, rivojlantiruvchi kabi komponentlari va tayanch kompetensiyalari mazmuni “Keys-stadi”, “Bumerang”, “Krossvord” texnologiyalari vositasida improvatsiya va refleksivlik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
ona tili ta’limida sintaktik tushunchalar asosida o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish  mazmuni ona tili ta’limi jarayonida hayotiy ko‘nikmalarni “Debat”, “Piyola”, “Ishbilarmonlik o‘yini” metodlarining natijaviylik, mantiqiylik tamoyillarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga oid  ma’lumotlarni  ongli  o‘zlashtirishiga qaratilgan simulyativ jarayon, ona tili ta’limida sintaktik tushunchalarni modellashtirishning metodik ta’minoti psixologik, Pedagogik, texnologik, integrativ topshiriqlarni shaxsiy ijtimoiy tajriba, mustaqillik, mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik kabi kompetensiyaviy yondashuv mezonlariga muvofiq bajarish, interfaol ta’lim texnologiyalari va didaktik vositalarni qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ona tili darslarida sintaktik tushunchalarni modellashtirish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ona tili  ta’lim mazmunini jarayoniy xususiyatlari o‘quvchi va o‘quv materiallari orasidagi bog‘lanishlar qadriyat tushunchasi, g‘oya, nazariya, qonuniyatlardan, muammoli vaziyatlarda foydalanish, lingvistikaga doir terminlarni o‘yin texnologiyalar vositasida dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘zaro uyg‘unlashtirish, integratsiyalash metodlariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Ona tli o‘qitish metodikasi (savod orgatish metodikasi’)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan  (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 28-dekabrdagi 676-son buyrug‘i, 676-102 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf ona tili savodxonligi darslarida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirishga erishilgan; 
ona tili ta’limida sintaktik tushunchalarni modellashtirish orqali grammatik tushunchalarni o‘zlashtirish jarayonining komponentlari hamda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqotni ergonomik modellashtirish metodikasi psixologik, aksiologik, qadriyatli, tizimli faoliyatli, rivojlantiruvchi kabi komponentlari va tayanch kompetensiyalari mazmuni “Keys-stadi”, “Bumerang”, “Krossvord” texnologiyalari vositasida improvatsiya va refleksivlik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar “Ona tili o‘qitish metodikasi  (Amaliy mashg‘ulot. I qism)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan  (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 2-avgustdagi 257-son buyrug‘i, 257-095 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf ona tili savodxonligi darslarida o‘quvchilarning grammatik bilimlari rivojlantirilgan; 
ona tili ta’limida sintaktik tushunchalar asosida o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish  mazmuni ona tili ta’limi jarayonida hayotiy ko‘nikmalarni “Debat”, “Piyola”, “Ishbilarmonlik o‘yini” metodlarining natijaviylik, mantiqiylik tamoyillarini qo‘llash asosida takomillashtirishga doir takliflar “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan  (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 31-maydagi 237-son buyrug‘i, 237-185 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, ona tili ta’limida sintaktik tushunchalarni modellashtirish o‘quvchilarning tayanch va fanga oid kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga oid  ma’lumotlarni  ongli  o‘zlashtirishiga qaratilgan simulyativ jarayon, ona tili ta’limida sintaktik tushunchalarni modellashtirishning metodik ta’minoti psixologik, Pedagogik, texnologik, integrativ topshiriqlarni shaxsiy ijtimoiy tajriba, mustaqillik, mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik kabi kompetensiyaviy yondashuv mezonlariga muvofiq bajarish, interfaol ta’lim texnologiyalari va didaktik vositalarni qo‘llashga doir ilmiy-amaliy ko‘rsatma va metodik tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2023-yil 11-avgustdagi 01/11-01/11-698-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv-biluv faoliyatini tizimli rivojlantirish mexanizmini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish