Shadieva Nigora Sharipovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Talabalarni innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashda dasturiy ta’lim vositalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish (geografiya ta’lim yo‘nalishi misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (geografiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3211.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Akmal Razzoqovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti (bir martalik), DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Abdulqosimov Ali, geografiya fanlari doktori, professor; Hamroeva Feruza Asrorovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi  tashkilot:  Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dasturiy ta’lim vositalari asosida talabalarni innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ta’lim jarayonida student-centered education, transparent education, improving flexiblity, improving  student mobility tamoyillardan foydalanishning tashkiliy-metodik, texnologik-jarayonli pedagogik shart-sharoitlari motivatsion, mantiqiy, integrativ, evristik yondashuvlardan foydalanish orqali “Geografiya” ta’lim yo‘nalishi talabalarini innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashda dasturiy ta’lim vositalaridan foydalanishning nazariy asoslari, umumiy tuzilmasi va o‘ziga xos xususiyatlari aniqlashtirilgan;
bo‘lajak “Geografiya” fani o‘qituvchilarini innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashda o‘quv jarayonini dasturiy ta’lim vositalar orqali amalga oshirish modeli maqsad, tashkiliy, mazmun, natija komponentlarini verbal-mantiqiy tarzda tadbiq qilish orqali tuzilmaviy-loyihalash va mantiqiy-modellashtirishga ko‘ra takomillashtirilgan;
o‘quv jarayonini dasturiy ta’lim vositalar asosida amalga oshirishda “Tabiiyot va geografiya o‘qitish metodikasi”, “O‘zbekiston geografiyasi” va “Turizm geografiyasi” fanlarini virtual reallik qonuniyatlariga asoslangan, talabalarda kompyuter muhitini his qilish, mustaqil ta’limni tashkil etishga qaratilgan audio va vizual materiallar hamda 3D animatsiyalardan foydalanish orqali o‘qitish metodikasi mazmunan takomillashtirilgan;
dasturiy ta’lim vositalari orqali o‘qitish samaradorligining funksional imkoniyatlarni takomillashtirishga qaratilgan axborot-ta’lim muhiti (e-learning) sharoitida ta’limning amaliy yo‘nalganligini ta’minlashda “Geografiya”  ta’lim yo‘nalishi malaka talablaridagi ilmiy-tadqiqot, loyihaviy-konstruktorlik, tashkiliy-boshqaruv, pedagogik faoliyat turlarini rivojlantirish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Geografiya” ta’lim yo‘nalishi talabalarini innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashda dasturiy ta’lim vositalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
student-centered education, transparent education, improving flexiblity, improving student mobility tamoyillardan foydalanishning tashkiliy-metodik, texnologik-jarayonli pedagogik shart-sharoitlari motivatsion, mantiqiy, integrativ, evristik yondashuvlardan foydalanish orqali “Geografiya” ta’lim yo‘nalishi talabalarini innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashda dasturiy ta’lim vositalaridan foydalanish asoslari, umumiy tuzilmasi va o‘ziga xos xususiyatlari aniqlashtirishga oid ma’lumotlar “Tabiiyot va geografiya o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-son buyrug‘i, 233-0143 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, talabalarning qulaylik, vizuallik, amaliy yo‘nalganlikka qaratirilgan ilmiy-tadqiqot, loyihaviy-konstruktorlik, tashkiliy-boshqaruv, pedagogik faoliyat kompetentligi rivojlantirilgan; 
bo‘lajak “Geografiya” fani o‘qituvchilarini innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashda o‘quv jarayonini dasturiy ta’lim vositalar orqali amalga oshirish modeli maqsad, tashkiliy, mazmun, natija komponentlari verbal-mantiqiy tarzda tadbiq qilish orqali tuzilmaviy-loyihalash va mantiqiy-modellashtirish asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Tabiiyot va geografiya o‘qitish metodikasi” nomli elektron darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘i, 302-0640 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, “Geografiya” ta’lim yo‘nalishi talabalarini elektron darslik asosida innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayoni virtual reallik qonuniyatlariga asosan takomillashtirilgan;
o‘quv jarayonini dasturiy ta’lim vositalari asosida amalga oshirishda “Tabiiyot va geografiya o‘qitish metodikasi” fanini virtual reallik qonuniyatlariga qaratilgan audio va vizual materiallarni kompyuter muhitida his qilib, 3D animatsiyalardan foydalanish hamda talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish orqali o‘qitish metodikasi mazmunan takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Ta’limda axborot texnologiyalari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166-son buyrug‘i, 166-165 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, “Geografiya” ta’lim yo‘nalishi talabalarining mustaqil ta’lim topshiriqlaridan foydalanishning mavjud holati va o‘quv topshiriqlarining mazmuni hamda talabalarning pedogogik faoliyat kompetentligi rivojlantirilgan;
dasturiy ta’lim vositalari orqali o‘qitish samaradorligining funksional imkoniyatlarni takomillashtirishga qaratilgan axborot-ta’lim muhiti (e-learning) sharoitida ta’limning amaliy yo‘nalganligini ta’minlashda “Geografiya”  ta’lim yo‘nalishi malaka talablaridagi ilmiy-tadqiqot, loyihaviy-konstruktorlik, tashkiliy-boshqaruv, pedagogik faoliyat turlarini rivojlantirish yuzasidan metodik tavsiyalar “Ta’limda axborot texnologiyalari” nomli elektron o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘i, 302-0530 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, talabalarning umumtexnik ko‘nikmalarini rivojlantirish va ularning innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajalari rivojlantirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish