Arifxodjaeva Iroda Salaxutdinovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida jismoniy shaxslarni sug‘urta qilish amaliyotini takomillashtirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3737. 
Ilmiy rahbar: Azimov Rustam Sadikovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. 
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Imomov Umidjon G‘ayratjonivich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida jismoniy shaxslarni sug‘urta qilish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
jismoniy shaxslar mol-mulkini sug‘urtalashda istisnolar sonini eng ko‘pi bilan 7 tadan oshmagan holda belgilash orqali sug‘urtalanuvchilar manfaatini himoyalash tizimi takomillashtirilgan; 
jismoniy shaxslarni sug‘urtalash jarayonida “Face ID” biometrik identifikatsiyalash tizimini joriy etish asosida sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish muddatini 50 foizga qisqartirish taklif etilgan;
jismoniy shaxslarni baxsiz hodisalardan onlayn sug‘urtalashda sug‘urta mahsuloti iste’molchilariga 20 foizlik “Cashback” taqdim etish taklif etilgan;
jismoniy shaxslarni sug‘urtalashda sug‘urta tarifini aktuar hisob-kitoblarni hisobga olgan holda aniqlash taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini raqamlashtirish sharoitida jismoniy shaxslarni sug‘urta qilish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
jismoniy shaxslar mol-mulkini sug‘urtalashda istisnolar sonini eng ko‘pi bilan 7 tadan oshmagan holda belgilash orqali sug‘urtalanuvchilar manfaatini himoyalash tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklifi “O‘zbekinvest” EISK AJni rivojlanishi borasida 2023 yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”da o‘z aksini topgan (“O‘zbekinvest” EISK AJning 2023 yil 6 dekabrdagi 01/94 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2023 yilda istisnolar soni eng ko‘pi bilan 7 tadan oshmaydigan aholi uy-joyi, mol-mulkini turli xatarlardan himoya etuvchi 10 ta sug‘urta mahsuloti ishlab chiqilgan. Ularni bosqichma-bosqich marketpleys orqali elektron sotuvini yo‘lga qo‘yish orqali sug‘urta qildiruvchilarning manfaatlarini himoyalashni nazarda tutuvchi 350 mingdan ziyod turli xildagi elektron sug‘urta polislari rasmiylashtirilgan;
jismoniy shaxslarni sug‘urtalash jarayonida “Face ID” biometrik identifikatsiyalash tizimini joriy etish asosida sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish muddatini 50 foizga qisqartirish bo‘yicha taklifi “O‘zbekinvest” EISK AJ tomonidan tasdiqlangan 2023 yil uchun mo‘ljallangan jismoniy shaxslarni sug‘urtalash qoidalariga kiritilgan (“O‘zbekinvest” EISK AJning 2023 yil 6 dekabrdagi 01/94-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2023 yil 10 oylik natijasiga ko‘ra, 574 mingdan ortiq mijoz “Face ID” texnologiyasidan foydalangan holda sug‘urta xizmatlariga bir zumda kirish va sotib olish qulayligini his qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan. 2023 yilning o‘n oyida raqamli platforma orqali jismoniy shaxslar bilan tuzilgan sug‘urta shartnomalari hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,2 martaga oshgan yoki 671,7 mingta shartnoma tuzilgan. Ular ichida “Face ID” orqali rasmiylashtirilgan sug‘urta polislarining umumiy ulushi 85 foizni tashkil etgan;
jismoniy shaxslarni baxsiz hodisalardan onlayn sug‘urtalashda sug‘urta mahsuloti iste’molchilariga 20 foizlik “Cashback” taqdim etish taklifi “O‘zbekinvest” EISK AJni rivojlanishi borasida 2022 yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”da o‘z aksini topgan (“O‘zbekinvest” EISK AJning 2023 yil 6 dekabrdagi 01/94 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “O‘zbekinvest” EISK AJ tomonidan 2022 yilda www.insurance.uz platformasi yoki mobil ilovalari orqali mijozlar tomonidan mustaqil ravishda sotib olingan elektron polislar uchun “Big Cashback 20%” maxsus aksiyasi joriy qilingan. Jismoniy shaxslarga raqamli sug‘urta mahsulotlarini sotishda moliyaviy rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish natijasida 2022 yilda 21 mln. so‘m mablag‘, 2023 yil sentyabr yakuni bo‘yicha 12,6 mingdan ortiq mijozlariga jami 143,2 mln. so‘m mablag‘ jismoniy shaxslar ixtiyorida qolishiga erishildi.
jismoniy shaxslarni sug‘urtalashda sug‘urta tarifini aktuar hisob-kitoblarni hisobga olgan holda aniqlash taklifi “O‘zbekinvest” EISK AJni rivojlanishi borasida 2022 yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”da o‘z aksini topgan (“O‘zbekinvest” EISK AJning 2023 yil 6 dekabrdagi 01/94 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘urta tariflarini aktuar hisob-kitoblar vositasida aniqlash “O‘zbekinvest” EISK AJning jismoniy shaxslarni sug‘urtalash mahsulotlari bo‘yicha zararlilik koeffisientini 2022 yilda 20 foizga kamayishiga olib kelgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish