Jo‘raev Erkin Turobovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Quyosh quritgich qurilmalarida fazaviy o‘tuvchi materiallar asosidagi issiqlik akkumulyatorlaridan foydalanish”, 05.05.06– «Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari».
Dissertatsiya mavzusi roʼyxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/T926.
Ilmiy rahbar: Axatov Jasurjon Saidovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika instituti, DSc.02/27.02.2020.FM/T.110.01.
Rasmiy opponentlar: Zaxidov Romen Abdullaevich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Iskandarov Zafar Samandarovich, texnika fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fazaviy o‘tuvchi materiallar asosidagi issiqlik akkumulyatorlari bilan jihozlangan quyosh quritish moslamalarini ishlab chiqish, ularning issiqlik-texnik va texnik-iqtisodiy xususiyatlarini, shuningdek optimal ish rejimlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
FO‘M asosidagi issiqlik akkumulyatorlari hamda ikki qavatli polikarbonat shaffof qoplama qo‘llash orqali issiqlik samaradorligi 70% gacha oshirilgan quyosh quritish qurilmasi loyihasi ishlab chiqilgan;
quyosh quritish qurilmasining issiqlik rejimlari modeli ishlab chiqilgan hamda fazaviy o‘tuvchi material asosidagi issiqlik akkumulyatoridan foydalanish quritish kamerasida havo haroratining teng taqsimlanishini ta’minlashi va quritish jarayonining samaradorligini 15% gacha oshirishi aniqlangan;
issiqlik akkumulyatorlarining joylashuv o‘rni va miqdorini optimallashtirish hisob-kitoblari natijasida asosining yuzasi 12m2 bo‘lgan quyosh quritish qurilmasi uchun joylashuv o‘rni qurilma shimoliy devorining ichki yuzasida, miqdor esa 19 kg yoki 38ta RT24 markali parafinli issiqlik akkumulyatorini tashkil etishi aniqlangan;
quyosh quritish qurilmasining tajriba namunasi yaratilgan hamda laboratoriya va tabiiy sharoitlarda sinovdan o‘tkazilib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini quritish xarajatlarini 30% gacha kamayishi va qurilmaning o‘zini oqlash muddati quritilgan mahsulotning tan narxiga qarab 3 oydan 3,5 yilgachani tashkil qilishi aniqlangan;
FO‘M asosidagi issiqlik akkumulyatorlari bilan jihozlangan quyosh quritish qurilmasining yillik ish rejimi belgilanib, ushbu qurilmaning texnik-iqtisodiy va ekologik ko‘rsatkichlari, jumladan undan foydalanish hisobiga yillik atrof-muhitga chiqariladigan CO2 oqimini ko‘mir, elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanishga nisbatan mos ravishda 140, 98 va 38 kg ga kamaytirishi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Quyosh quritish qurilmalarining issiqlik xususiyatlarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
Issiqlik akkumulyatorli mujassamlashgan quyosh quritgich-issiqxonasi kostruksiyasi ishlab chiqilgan va tajribaviy namunasi yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Patenti “Quyosh kichik meva-sabzavot quritgich-issiqxona” № SAP 00679, 14.05.2008 y.). Ishlab chiqilgan quyosh quritgich qurilmasining yangi konstruksiyasi ushbu qurilmani ham qurutgich, ham issiqxona rejimlarida ishlatish imkoniyatini bergan;
Quyosh quritgich qurilmasi issiqlik-texnik ko‘rsatgichlarini aniqlash uchun ishlab chiqilgan model asosida olingan natijalar 2015-2017 yillarda Buxoro davlat universitetida bajarilgan A-13-3 raqamli “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini yanada takomillashtirish va ulardagi jarayonlarni modellashtirishni tadqiq qilish” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, Fan va Innovatsiyalar vazirligi Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar trasferi Milliy ofisining 21.06.2023-yildagi 01-01/114-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yuqori issiqlik samaradorligiga ega zamonaviy quyosh quritgichlarining yangi turlari yaratilgan;
FO‘M asosidagi issiqlik akkumulyatorlari bilan jihozlangan quyosh quritish qurilmalari ustida olib borilgan tadqiqot natijalari turli nufuzli jurnallarda chop etilgan ilmiy tadqiqotlarda tadbiq etilgan, xususan [Kay Khaing Hnin et al. / Emerging food drying technologies with energy-saving characteristics: A review / Drying Technology, 37(12):1-16, IF: 3.556; M. Kumar et al. / Progress in solar drers for drying various commodities / Renewable and Sustainable Energy Reviews 55 (2016) 346–360, IF: 16.799; Amin Ziaforoughi et al. / A salient reduction of energy consumption and drying time in a novel PV-solar collector-assisted intermittent infrared drer / Solar Energy 136 (2016) 428–436, IF: 7.188] da foydalanilgan.