Usmanxodjaeva Adibaxon Amirsaidovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda bolalar va o‘smirlar sportini tibbiy-biologik ta’minlash tizimini optimallashtirish», 14.00.38 – Sport tibbiyoti, 14.00.33 – Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Tib823.
Ilmiy rahbarlar: Polyaev Boris Aleksandrovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Achkasov Evgeniy Evgen`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rustamova Xamida Elimesovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, Butko Dmitriy Yur`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Kozon tibbiyot akademiyasi (Rossiya Federatsiyasi)
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida tashkiliy jixatlarni baholash asosida bolalar va o‘smirlar sportini tibbiy-biologik ta’minlash dasturlarini muvofiqlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor sport faoliyati va turini inobatga olgan holda elit sportchilarining salomatligini davriy baholashning milliy standarti ishlab chiqilgan;
ilk bor sport muassasalarida shug‘ullanuvchi bolalar va o‘smirlarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklarini yangi muvofiqlashtirilgan dasturi asosida yosh atletlarni patologiya oldi va patologik holatlari belgilarini erta tashxislash, jismoniy yuklama ta’siridagi yuzaga keladigan to‘satdan o‘lim holatlarini oldini olish chora-tadbirlari isbotlangan;
yosh sportchilarda yilning turli fasllaridagi o‘zgaruvchan mikroiqlim sharoitlarida jismoniy yuklamalarni etarli darajada moslashish zahira imkoniyatlarini rivojlanish mexanizmlarini yurak qon tomir va vegetativ nerv tizimi faoliyati bilan bog‘liqligi asoslangan;
ilk bor Respublika ixtisoslashtirilgan sport maktablari sharoitida turli sport bilan shug‘ullanuvchi bolalar va o‘smirlarda hayot sifati ko‘rsatkichlari asosida sog‘lom, to‘laqonli ijodiy va faol turmush tarzini yuritishni amalga oshirish zarurligi va jismoniy imkoniyatlaridan qoniqish darajasini baholash mezonlari asoslangan;
ilk bor shifokor-murabbiy kuzatishlarida mashg‘ulot jarayonida yangi takomillashtirilgan bayonnoma orqali individuallashtirish dasturida yosh sportchilarni organizmida funksional zahiralarni boshqarish, yosh va jinsining fiziologik ko‘rsatgichlarini hisobga olgan holda atletlarda zo‘riqish sindromini erta aniqlashda 83% sezigarligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universitetining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 28 martdagi № 23 - son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor sport faoliyati va turini inobatga olgan holda elit sportchilarining salomatligini davriy baholashning milliy standarti ishlab chiqilgan va amaliyotda zamonaviy usullarni joriy etish orqali sport turlari bo‘yicha chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik reglamenti tavsiya etilgan unda sportchilarning organizmi asosiy tizimlarini funksional, psixofiziologik holatini nazorat qilish va aniqlangan patologik o‘zgarishlarda individual tiklanish dasturini yaratishga asoslanganligi O‘zbekistondagi olimpiya sport jamoa a’zolar uchun sport turi bo‘yicha «Sportchilarni salomatlik holatini davriy baholash bo‘yicha standartlari» ishlab chiqilgan va Sog‘liqni saqlash vazirligining tomonidan 22.08.2016 yildagi №366-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. “Sportchilarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikga tayyorlash” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan №8n-d/231 16 dekabr` 2020 yilida xulosa berilgan va sport federatsiyalariga sport shifokorlar va trenerlarga tavsiya qilingan. Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyoti markazi shifokorlari amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishlab chiqilgan milliy standart orqali turli xil sport bilan shug‘ullanuvchi yuqori malakali sportchilarni salomatligini baholash uni kasbiy faoliyatini jismoniy va ruhiy barqarorlikni rivojlantirishga hamda ularni zaxira salohiyatini va yutuqlarga erishishni oshirishga qodir bo‘lgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: sportchilarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik reglamenti xalqaro QALY (quality adjusted life year) tibbiy usullarni afzalligini baholash formulasi orqali tadbiq etilgan standart o‘zini samaradorligini xar bir sportchini bir yil mobaynida salomatligini va hayotini sifatini foydali qiymatini 50% gacha oshirishni ko‘rsatdi va 30% qayta tiklash dasturida iqtisodiy foydasini aniqladi. Xulosa: ishlab chiqilgan milliy standart asosida turli sportlarda sportchiga chukurlashtirilgan tibbiy ko‘rikga ajratilgan 1 500 000,0 so‘m mablag‘idan 450 000 so‘mgacha iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor sport muassasalarida shug‘ullanuvchi bolalar va o‘smirlarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklarini muvofiqlashtirilgan dasturi asosida yosh atletlarni patologiya oldi va patologik holatini belgilarni erta tashxislash asosida jismoniy yuklama ta’siridagi yuzga keladigan to‘satdan o‘lim holatlarini oldini olish tartibi isbotlangan. Respublika bo‘yicha sport maktablarida shug‘ullanilietgan bolalar va o‘smirlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga yangi bayonnoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Yangi bayonnoma asosida tibbiy ko‘rikda tor mutaxassislarni tarkibiga sport kardiologi va qizlarni ko‘rikdan o‘tkazishga bolalar-o‘smirlar ginekologi birinchi martotaba kiritilgan. Sportchi bolalar va o‘smirlarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni yangi bayonnomasi asosida 2018 yildan boshlab birinchi marotaba aniqlangan kasalliklarni va umumiy kasallanish tarkibida eng ko‘p foizi 20,9% va 26,5% yurak-qon tomir tizimiga to‘g‘ri keldi, bunda asosiy ulushi yurakni kichik anomaliyalari 49,4% hamda 52,3% somatomorf vegetativ disfunksiya patologik xolatlari aniqlandi. Yangi ishlab chiqilgan tibbiy ko‘rikni bayonnomasi asosida sport maktablarida tibbiy xujjatlarni yangi tartibi ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan № 05-2044-sonli 19 avgust 2020 yilda buyrug‘i bilan sport shifokorlarni amaliyotiga joriy etilgan. Tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahridagi Olimpiya zahiralari ixtisoslashtirilgan maktabi, Toshkent shahar o‘smirlar dispanseri, Toshkent shahridagi bolalar va o‘smirlar sport maktablarida o‘quvchilarning salomatlik holatini baholash Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 30 avgustdagi 08-09/5890-son ma’lumotnomasi asosida amaliyotiga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: sport maktablarida shug‘ullanuvchi bolalar va o‘smirlarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklarining muvofiqlashtirilgan dasturi yosh atletlarni patologiya oldi va patologik holati erta belgilarini aniqlashga asos bo‘lgan. Sport bilan shug‘ullanish uchun xulosa va tavsiyalarni differensiallashtirishga, o‘z vaqtida bolalar va o‘smirlarni salomatligini mustaxkamlash hamda profilaktika chora-tadbirlarni samaradorligini oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quydagilardan iborat: kasallik nozologiyasiga muvofiq tibbiy-iqtisodiy me’yoriga ko‘ra vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik kunlaridan oshib ketgan sportchilarning salmog‘i yurak-kon tomir patologiyasi bo‘yicha 6,2%, nevrologik kasalliklar bo‘yicha 3,8% va boshqa kasallklar 0,8% tashkil etgani aniqlandi. Iqtisodiy samaradorligini hisoblash yurak-qon tomir, nevrologik, jarrohlik va boshqa kasalliklarga chalingan sportchilar uchun alohida amalga oshirildi. Xulosa: yurak-kon tomir kasalliklarda iqtisodiy samaradorligi yiliga 17659635,4 so‘mni tashkil qildi. Nevrologik kasallik bo‘yicha 45812890,4 so‘m, jarroxlik - 138861,52 so‘m va boshqa kasalliklarda 85842279,0 so‘mni tashkil etilishi aniqlandi;
uchinchi ilmiy yangilik: yosh sportchilarda yilning turli fasllaridagi o‘zgaruvchan mikroiqlim sharoitlarida jismoniy yuklamalarni etarli darajada moslashish zahira imkoniyatlarini rivojlanishi mexanizmlarini yurak qon tomir va vegetativ nerv tizimi faoliyatini o‘rganish yordamida o‘rni isbotlangan; Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlari tayyorlash markazi (2023 y. 07.07. 115/I -sonli burug‘i va Toshkent shahri Uchtepa tumani 1-son sport maktabining 2023 yil 24 iyun` 93-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilingan. Turli iqlim sharoitlarida shug‘ullangan yosh sportchilarning charchash darajasini qiyosiy tahlilida qo‘yidagilar aniqlandi: issiq iqlim sharoitida charchash belgilari bo‘lgan sportchilar soni oshdi, teri qoplamalarining rangi (1,56±0,13 balldan 2,68±0,43gacha) va ter ajralish darajasi (1,27±0,83 dan 2,83±0,64 ballgacha) (r<0,05) ishonchli ko‘paydi. Chidamlilik koeffisienti (ChK) Kvas formulasi bo‘yicha aniqlandi. Ushbu sinama YuQTning funksional holatini tavsiflaydi va yurak qisqarishlari sonini puls bosimi bilan birlashtiruvchi integral kattalikni tashkil etadi. Kvas indeksi = yurak-qon tomir urishi × 10/pul`s bosimi formulasi bo‘yicha hisoblanadi. Chidamlilik koeffisientini ortishi yurak qon tomir tizimini moslashish-zahira qobiliyatini pasayishini namoyish etadi. Shug‘ullanuvchi sportchilarning gemodinamik ko‘rsatkichlarini qiyosiy tahlili, yilning issiq davrida qayd etilgan ishonchli farqlarni ko‘rsatdi, ular: jismoniy yuklamaga YuQTning noxush reaksiyalarini uchrash sonini ko‘payishi, chidamlilik ko‘rsatkichlarini pasayishi, simpatik nerv tizimi ta’sirini ortishi, yuklamadan keyingi charchash darajasi va sonini ortishi kiradi. Sport turining maxsusligi va tayyorgarlik bosqichini hisobga olish bilan sportchilarning ish qobiliyatini ta’minlovchi fiziologik tizimlar funksional imkoniyatlarini aks ettiruvchi, informativ ko‘rsatgichlari to‘g‘ri tanlab olinishi, musobaqa va mashg‘ulot yuklamalarini salomatlikka ta’sirini operativ baholashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quydagilardan iborat: olingan natijalar issiq iqlim sharoitida jismoniy yuklamaning maxsus ta’sirida sportchi organizmining funksional zahirasini rivojlanishini o‘ziga xosligi, faol mushak faoliyatida organizmning yurak qon-tomir va vegetativ tizimlari tomonidan keskin funksional buzilishlarga olib keluvchi endogen hamda ekzogen tabiatli gipertermik reaksiyalar rivojlanishi, mashg‘ulot tartibini oqilona tashkil etish, bolalar va o‘smirlarda suv iste’moli tartibini nazoratini amalga oshirish, organizmning asosiy tuzilmalari faoliyatini optimallashtirish, jismoniy va ruhiy yuklamalar ta’siri ostida moslashuvchan zahira qobiliyatini rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishiga imkon bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quydagilardan iborat: sport ixtisoslashtirilgan maktablarida mashg‘ulotlarda o‘ta zo‘riqish sindromini erta aniqlash va oldini olish xar bir sportchini vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik kunlarini 50% kamaytirishiga olib kelishi aniqlandi. Xulosa: sportchilarga qayta tiklanish dasturida to‘lash ehtiyoji 1 nafar sportchiga byudjet mablag‘larini 2 645 500,0 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor Respublika ixtisoslashtirilgan sport maktablari sharoitida turli sport bilan shug‘ullanuvchi bolalar va o‘smirlarda hayot sifati ko‘rsatkichlari asosida sog‘lom, to‘laqonli ijodiy va faol turmush tarzini yuritishni amalga oshirishni baholashda zarurligi va jismoniy imkoniyatlaridan qoniqish darajasini baholash mezoni bo‘lib xizmat qilishi asoslangan. Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlari tayerlash markazi 2023 y. 07.07. 115/I -sonli buyrug‘i va Toshkent shahri Uchtepa tumani 1-son sport maktabi 2023 yil 24 iyun` 93-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi ko‘yidagilardan iborat: ijtimoiy va ruhiy emotsional faoliyat ko‘rsatkichlari sportchilarning tayyorgarlik mashg‘ulot jarayonlarida shaxsiylashtirish dasturlarni uchun o‘ta muxim bo‘lib hisoblanadi. Sportchilar hayot sifati ko‘rsatkichlarini har tomonlama taxlil qilinishi baholash mezonlar ishlab chiqishni amalga oshirishni imkonini beradi, ular o‘z o‘rnida yosh atletlar orasida xayot sifati ko‘rsatgichlarini professional me’yorlari bo‘lib xizmat qilishi aniqladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi ko‘yidagilardan iborat: xayot sifatini barcha ko‘rsatkichlari asosan 19-20 yoshli sportchilarda 13-16 yoshli sportchilarga nisbatan yuqori bo‘lib hisoblandi. Bunda ruhiy va jismoniy ko‘rsatkichlari past bo‘lgan sportchilar musobaqalarda natijalarga erishaolmasligi topildi va mashg‘ulot jarayonida jarohatlanish xavf 15-19%gacha ko‘tarilishi isbotlandi. Bunda sportchilarni qo‘shimcha davolanishiga byudjet mablag‘idan o‘rtacha 1 200 560 so‘mgacha xar bir sportchiga ishlatilishi aniqlandi. Xulosa: xayot sifatini sportchilarda o‘rganish va nojuya oqibatlarini o‘z vaqtida bartraf qilinishi maktablarga ajratilgan byudjet mablag‘idan 600 ming so‘mdan 850 ming so‘mgacha qo‘shimcha xarajatlardan iqtisod qilish imkonini bergan;
beshinchi ilmiy yangilik: ilk bor shifokor-murabbiy kuzatishlarida mashg‘ulot jarayonida yangi takomillashtirilgan bayonnoma orqali individuallashtirish dasturida yosh sportchilarni organizmida funksional zahiralarni boshqarish, yosh va jinsning fiziologik ko‘rsatgichlarini hisobga olgan holda atletlarda zo‘riqish sindromini erta aniqlashni 83% sezgirligi isbotlangan. Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlari tayerlash markazi 2023 y. 07.07. 115/I -sonli burug‘i va Toshkent shahri Uchtepa tumani 1-son sport maktabi 2023 yil 24 iyun` 93-sonli buyrug‘i asoslarida amaliyotga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi qo‘yidagilardan iborat: sportning o‘ziga xos xususiyatlarini va tayyorgarlik bosqichini hisobga olgan holda, sportchilarning ish qobiliyatini ta’minlaydigan fiziologik tizimlarning funksional imkoniyatlarini aks ettiruvchi to‘g‘ri tanlangan ahborot ko‘rsatgichlar mashg‘ulotlar va raqobatbardosh yuklamalarni sog‘lig‘iga ta’sirini tezda baholash imkonini bergan. Takomillashtirilgan shifokor-murabbiy nazorati bayonnomasi asosida tuzilgan idividuallashtirilgan mashg‘ulot dasturlari yosh atletlarni salomatligini saqlab qolishga, mustaxkamlashga va yutuqlarga erishishga imkon yaratgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi qo‘yidagilardan iborat: ijtimoiy samaradorligi indeksining qiyosiy tahlili yangi shifokor-pedagogik dasturidan foydalanishiga qarab tadqiqot ishtiroqchilarni guruhlari o‘rtasida sezilarni farqlarni aniqladi. Shunday qilib 2019 yil uchun standart shifokor-pedagogik dasturidagi ishtiroqchilar birinchi guruhi uchun ijtmoiy samadorligi indeksi ikkinchi guruhga nisbatan 0,33%ni tashkil etdi, ikkinchi guruh-0,72% (p = 0,413). 2022 yilda I guruh - 0,38%, II guruh - mos ravishda 1,45%, (p<0,001). Xulosa: takomillashtirilgan shifokor-murabbiy nazorati bayonnomasi sporchilarda zo‘riqish sindromini erta aniqlashda 83% sezgirligini isbotladi va sporchilarda layoqatsizlik kunlarini oldini olishda yordam berib byudjet mablag‘idan xar bitta sportchiga 50 000 so‘mgacha qo‘shimcha xarajatlardan iqtisod qilish imkonini yaratdi.