Raximova Muxabbat Azzamat qizi 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Covid-19 dan keyingi stomatitlarning klinik kechishi va uni davolash» 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2506.
Ilmiy rahbar: Kamilov Xaydar Pazilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Bekjanova Ol`ga Esenovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gerasimova Larisa Pavlovna tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi) 
Yetakchi tashkilot: FGBOU VO Sankt-Peterburg davlat universtiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Covid-19 o‘tkazilgandan  bemorlarda stomatitni klinik kechishini  baholash va maxalliy davolashni  samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yarali nekrotik stomatit Covid-19 virusi inson tanasiga ta’sir qilgandan so‘ng rivojlanadigan og‘iz bo‘shlig‘i stomatitlarining dominant turi ekanligi aniqlangan;
Covid-19 kasalligidan so‘ng rivojlangan yarali nekrotik stomatit bilan og‘rigan bemorlarda og‘iz suyukligidagi proyaliglanish sitokinlari va Laktoferrin ko‘rsatgichlari 3-4 barobarga oshishi immunologik parametrlarning korrelyasion munosabati (IL-1beta, IL-6, laktoferrin) isbotlangan;
ilk bor Covid-19 ning yarali nekrotik stomatitning rivojlanishiga ta’siri xamda patomorfologik o‘zgarishlar “yalangoch yadrolarning mutloq soni”, neytrofil, limfotsit, eritrotsit, epiteliy xujayralari aniqlanib, ularning tarkibidagi tebranishlar patogenetik jixatdan muxim ekanligi aniqlangan;
Covid-19 dan keyin bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘ining yarali nekrotik stomatitini davolashda taklif etilayotgan majmuaviy davolash yordamida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatning regenerativ qobiliyatini va maxalliy immun tizimini  kuchaytirishi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent  davlat stomatologiya instituti ekspert kengashinig 2024 yil 28 martdagi 31-son xulosasiga ko‘ra: 
 birinchi ilmiy yangilik: Covid-19 o‘tqazgan bemorlarda og‘iz bo‘shligi shilliq qavatida uchraydigan yalig`lanishlarga qarab klinik kuzatuv olib borish va kop uchragan stomatitlarda kompleks davoning samaradorligi ishlab chiqishga imkon beradi. Covid-19 o‘tqazgan bemorlarda og‘iz bo‘shligi shilliq qavatidagi o‘zgarishlarni kechishini, darajasini, tarqoqligini kuzatishga imkon beradi.Ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy etish: ishlab chiqilgan usullar sog‘liqni saqlash sohasi amaliyotiga, hususan, Toshkent shahar 2-son markaziy konsultativ-diagnostik poliklinikasi (2023 yil 22 sentyabr 20/P -sonli buyruq) va MChJ «LUQMON-DENTAL» xususiy stomatologik klinikasi (2023 yil 9 oktyabrdagi 4 -sonli buyruq) shifokorlarining amaliy faoliyatiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat Covid-19 o‘tqizgan bemorlarda yarali nekrotik stomatitlarni davolashni yaxshilash, OBSHQ dagi nekrotik yaralarni davolashning arzon va samarador usulini amaliy tibbiyotga keng joriy etish imkonini beradi. Dastlabki bosqichlarda bu regeneratsiya jarayoning tezlashishiga, chuqur nekrotik jarayonlarni oldini olishga va davolanish uchun kutilmagan xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha: zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bemorni ambulatoriya sharoitida davolashga imkon beradi davolashning iqtisodiy samaradorligi 25 011 000,0 so‘mgacha, amalga oshirish miqiyosida (n = 125). Davolashning zamonaviy usullaridan foydalanish, OBShQ dagi regeneratsiya jarayonlarini tezlashtirish, davo kunini qisrarihini beradi bu esa 71% ga, tibbiy yordam xarajatlari va tibbiyot xodimlarini ish vaqtini tejash imkonini beradi. Xulosa: olingan natijalarning ilmiy ahamiyati Covid-19 otqizgan bemorlarda eng ko‘p uchragan OBShQ yaliglanishiga qarab organizmning induvidual tipologik xususiyatlariga bog‘liq holda kompleks davolashni o‘rganishga yangicha yondoshuvdadir. Ushbu usul dalillarga asoslangan dorilarni ishlatish va davo samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: Covid-19 o‘tqazgan yarali-nekrotik stomatit bor bemorlarda qonning va so‘lakning immunologik ko‘rsatkichlarining o‘zgarishini tahlilini o‘tkazishga imkon beradi. Covid-19 o‘tqazgan yarali-nekrotik stomatitis bor bemorlarda qonning va sulakning immunologik ko‘rsatkichlarini tahlili orqali organizmga individual davo rejalarini yaratishga imkon beradi. Ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy etish: ishlab chiqilgan usullar sog‘liqni saqlash sohasi amaliyotiga, hususan, Toshkent shahar 2-son markaziy konsultativ-diagnostik poliklinikasi (2023 yil 22 sentyabr 20/P -sonli buyruq) va MChJ «LUQMON-DENTAL» xususiy stomatologik klinikasi (2023 yil 9 oktyabrdagi 4-sonli buyruq) shifokorlarining amaliy faoliyatiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat Covid-19 o‘tqazgan yarali nekrotik stomatiti bor bemorlarda yaralarini tipologik xossalari asosida qonning va sulakning immunologik ko‘rsatkichlarining o‘zgarishilariga qarab, yarali-nekrotik stomatitlarning davolashni takomillashtirish. Bu orqali xar bir bemorga individual davolashda keng joriy etish imkonini beradi va yarali-nekrotik stomatitlarni tuzatishni davolanish uchun kutilmagan xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Zamonaviy laborator tekshiruvlarni joriy etish bemorni ambulatoriya sharoitida davolashga imkon beradi va epitelizatsiya kunlari sonini qisqartirishga imkon beradigan davolashning iqtisodiy samaradorligi 25 011 000,0 so‘mgacha, amalga oshirish miqiyosida (n = 125). Davolashning zamonaviy usullaridan foydalanish, OBShQ dagi regeneratsiya jarayonlarini tezlashtirish,davo kunini qisrarihini beradi bu esa 71% ga, tibbiy yordam xarajatlari va tibbiyot xodimlarini ish vaqtini tejash imkonini beradi. Xulosa: Olingan natijalarning ilmiy ahamiyati organizmning induvidual tipologik xususiyatlariga bog‘liq holda yarali-nekrotik stomatitlarning qonning va sulakning immunologik ko‘rsatkichlarining o‘zgarishilar asosida individual davolashni o‘rganishga yangicha yondoshuvdadir. Ushbu usul dalillar asoslangan yangi davolash rejasini ishlab chiqarish uchun eksprimental asos bo‘lib, bunda davolash samaradorligini o‘rganishga hizmat qiladi.
uchinchi ilmiy yangilik: Covid-19 o‘tgazgan bemorlarga OBShQdagi yarali nekrotik stomatitlarnig patomorfologik elementlari o‘rganishga imkon beradi. Olingan surtma va to‘qimalarni o‘rganish Covid-19 dan keying stomatitlarnig to‘qimalarda qanday kechishini kuzatishga imkon beradi. Ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy etish: ishlab chiqilgan usullar sog‘liqni saqlash sohasi amaliyotiga, hususan, Toshkent shahar 2-son markaziy konsultativ-diagnostik poliklinikasi (2023 yil 22 sentyabr 20/P -sonli buyruq) va MChJ «LUQMON-DENTAL» xususiy stomatologik klinikasi (2023 yil 9 oktyabrdagi 4-sonli buyruq) shifokorlarining amaliy faoliyatiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat Covid-19 o‘tqizgan bemorlarda yarali nekrotik stomatitlarni davolashni yaxshilash, yalig‘langan to‘qimalarni davolashning tibbiyotga keng joriy etish imkonini beradi. Bu orqali nekrotik jarayon chuqurlik darajasini va davolanish uchun kutilmagan xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: zamonaviy laborator tekshirish usulini joriy etish bemorni ambulatoriya sharoitida davolashga imkon beradi va epitelizatsiya kunini qisqartirishga imkon beradigan davolashning iqtisodiy samaradorligi 3 457 104,0 so‘mgacha, amalga oshirish miqiyosida (n = 78). Davolashning zamonaviy usullaridan foydalanish, qoshimcha laborator diagnostika orqali davolash usulini tanlash bilan yakuniy tashxis qo‘yish imkonini beradi, tibbiy yordam xarajatlari va tibbiyot xodimlarini ish vaqtini tejash imkonini beradi. Xulosa: olingan natijalarning ilmiy axamiyati Covid-19 otqizgan bemorlarda yarali-nekrotik stomatitlardan surta va toqima olgan holda stomatitlarning patomorfologiyasini o‘rganishga yangicha yondoshuvdadir. Ushbu usul dalillarga asoslangan dorini qollash uchun eksprimental asos bo‘lib, bunday dori stomatitlarning bitish tezligini oshishiga xizmat qiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: mahalliy, Aller-nol plyonkalari yordamida Covid-19  o‘tqazgan bemorlarda yarali-nekrotik stomatitlarni davolashda plyonkalarning tasiri va yaralarning bitish imkonini berdi. Covid-19 o‘tqizgan yarali nekrotik stomatiti bor bemorlarda plyonlakar yordamida mahalliy davo o`tqizildi bu esa teri to‘qimalarini tez bitishi, o‘z vaqtida farmakologik tuzatishni to‘g‘ri tanlash imkonini berdi. Ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy etish: ishlab chiqilgan usullar sog‘liqni saqlash sohasi amaliyotiga, hususan, Toshkent shahar 2-son markaziy konsultativ-diagnostik poliklinikasi (2023 yil 22 sentyabr 20/P -sonli buyruq) va MChJ «LUQMON-DENTAL» xususiy stomatologik klinikasi (2023 yil 9 oktyabrdagi 4-sonli buyruq) shifokorlarining amaliy faoliyatiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Covid-19  o‘tqizgan bemorlarda yarali nekrotik stomatitlarni davolashni yaxshilash, OBShQ dagi nekrotik yaralarni davolashning arzon va samarador usulini amaliy tibbiyotga keng joriy etish imkonini beradi. Dastlabki bosqichlarda bu regeneratsiya jarayoning tezlashishiga, chuqur nekrotik jarayonlarni oldini olishga va davolanish uchun kutilmagan xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bemorni ambulatoriya sharoitida davolashga imkon beradi davolashning iqtisodiy samaradorligi 25 011 000,0 so‘mgacha, amalga oshirish miqiyosida (n = 125). Davolashning zamonaviy usullaridan foydalanish, OBShQ dagi regeneratsiya jarayonlarini tezlashtirish, davo kunini qisrarihini beradi bu esa 71% ga, tibbiy yordam xarajatlari va tibbiyot xodimlarini ish vaqtini tejash imkonini beradi. Xulosa: Olingan natijalarning ilmiy ahamiyati Covid-19  dan keying yarali nekrotik stomatitlarning farmakokorreksiyasini o‘rganishga yangicha yondoshuvdadir. Ushbu usul dalillar asoslangan dori (plyonkalarni) ishlab chiqarish uchun eksprimental asos bo‘lib, bunday dorini tanlash tizimini va ularning farmakologik faolligini oshishiga xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish