Saidova Sayyora Alisher qizining 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston yoshlari ijtimoiy-siyosiy hayotida din omilining ta’siri”, 23.00.02-Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.DSc/Ss24
Ilmiy maslahatchi: Qo‘chqorov Vahob Xoshimovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti,  DSc.03/29.12.2022.Ss.21.02. 
Rasmiy opponentlar: 
Yovqochev Shuxrat Akmalevich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Ravshanov Fazliddin Ravshanovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Ahmedov Husniddin Aliqulovich, siyosiy fanlar doktori, dotsent.    
Yetakchi tashkilot: Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlar tayyorlash instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlarning ijtimoiy-siyosiy hayotida din omillarning o‘ziga xos konseptual jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“diniy ma’rifat” fenomenini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilishda ularning ijtimoiy-siyosiy, g‘oyaviy-mafkuraviy va etno-psixologik qarashlarini inobatga olgan holda tizimli va sinergetik metodning ijtimoiy faollikni rivojlantirishdagi afzalliklari isbotlangan; 
globallashuv sharoitida yoshlar diniy qarashlarining davlat va jamiyat munosabatlariga ta’siri etuvchi xususiyatlari, din omilining barqarorlashtiruvchi funksiyalarini muvofiqlashtirishga doir konstruktiv nazariy qarash va konseptual yondashuvlarni ishlab chiqish zarurati asoslangan;
O‘zbekistonda davlat-konfessiyaviy munosabatlarining normativ-huquqiy asoslari va ijtimoiy-siyosiy tizimini takomillashtirish, dinning siyosiylashuvi va radikallashuvini oldini olishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish zarurati ochib berilgan; 
zamonaviy ijtimoiy-siyosiy transformatsiyalar sharoitida jamiyatning yoshlar qatlamida destruktiv diniy qarashlarning shakllanishini oldini olish,  xavfsiz va barqaror dinlararo tolerantlik muhitni vujudga keltirishda samarali siyosiy texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlari dalillangan;
yoshlarning siyosiy ijtimoiylashuvida dunyoviylik prinsipi va “jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyaviy konsepsiyasini ta’minlashning institusional va ijtimoiy-regulyativ tartibga soluvchi indikatorlari jamiyatdagi jarayonlar oila+mahalla+yoshlar tashkilotlari ko‘rinishlar misolida ochib berilgan;
O‘zbekistonda demokratik taraqqiyot va siyosiy modernizatsiya jarayonlari va uning muhim elementi sifatida yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligida din omilining ta’siri bo‘yicha tadqiqotlar olib borish, fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat va notijorat tashkilotlari rolini oshirish va yangi turdagi “tahlil markazlari” (“think tanks”)ni yaratish bo‘yicha taklif va tavsilar ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston yoshlarining ijtimoiy-siyosiy hayotida din omilining ta’siri borasida ishlab chiqilgan amaliy taklif va tadqiqot natijalari asosida:
O‘zbekistonda davlat-konfessiyaviy munosabatlarining normativ-huquqiy asoslari va ijtimoiy-siyosiy tizimini takomillashtirish, dinning siyosiylashuvi va radikallashuvini oldini olishning samarali mexanizmlaridan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvvatlash jamoat fondi” loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvvatlash jamoat fondining 2022-yil 22-sentyabrdagi 18/1-581-sonli dalolatnomasi). Natijada joriy qilinishi “O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash borasidagi vazifalar: mavjud holat, muammolar va echimlar” mavzusidagi kitobni tayyorlashda ilmiy-nazariy manba bo‘lib xizmat qilgan;
yoshlarning siyosiy ijtimoiylashuvida dunyoviylik prinsipi va “jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyaviy konsepsiyasini ta’minlashning institusional va ijtimoiy-regulyativ tartibga soluvchi indikatorlari jamiyatdagi jarayonlar oila+mahalla+yoshlar tashkilotlari ko‘rinishlar misolida ochib berilgan xulosalardan “O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari Qo‘mitasi” qonun loyihalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari Qo‘mitasining 2022-yil 3-oktyabrning 04/10-10-171-sonli dalolatnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda dissertatsiya ishidagi ma’lumotlar muhim manbalardan biri bo‘lib xizmat qilgan;
globallashuv sharoitida yoshlar diniy qarashlarining davlat va jamiyat munosabatlariga ta’siri etuvchi xususiyatlari, din omilining barqarorlashtiruvchi funksiyalarini muvofiqlashtirishga doir konstruktiv nazariy qarash va konseptual yondashuvlarni ishlab chiqish zarurati asoslari sifatida “Bag‘rikenglikka - barchamiz masʼulmiz” ilmiy-amaliy “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvvatlash jamoat fondi” loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvvatlash jamoat fondining 2022-yil 22-sentyabrdagi 18/1-581-sonli dalolatnomasi). Natijada joriy qilinishi “O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash borasidagi vazifalar: mavjud holat, muammolar va echimlar” mavzusidagi kitobni tayyorlashda ilmiy-nazariy manba bo‘lib xizmat qilgan;
“diniy ma’rifat” fenomenini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilishda ularning ijtimoiy-siyosiy, g‘oyaviy-mafkuraviy va etno-psixologik qarashlarini inobatga olgan holda tizimli va sinergetik metodning ijtimoiy faollikni rivojlantirishdagi afzalliklari isbotlangan xulosalaridan “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi” tizimida yoshlar va diniy-siyosiy loyihalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022-yil 23-sentyabrdagi 4-13-23-3115-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonda so‘nggi yillarda kechayotgan modernizatsiya va demokratik taraqqiyotning rivojlantirishga oid targ‘ibot tadbirlarida tadqiqot ishida keltirlgan taklif va tavsiyalar muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
zamonaviy ijtimoiy-siyosiy transformatsiyalar sharoitida jamiyatning yoshlar qatlamida destruktiv diniy qarashlarning shakllanishini oldini olish,  xavfsiz va barqaror dinlararo tolerantlik muhitni vujudga keltirishda samarali siyosiy texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlaridan “Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti” xulosalari jamiyat bunyodkorligiga xizmat qilishi asoslangan xulosa materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022-yil 27-oktyabrdagi 326-sonli dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan amalga oshiriladigan o‘quv-uslubiy materiallarni takomillashtirishga xizmat qilgan; 
O‘zbekistonda demokratik taraqqiyot va siyosiy modernizatsiya jarayonlari va uning muhim elementi sifatida yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligida din omilining ta’siri bo‘yicha tadqiqotlar olib borish, fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat va notijorat tashkilotlari rolini oshirish va yangi turdagi “tahlil markazlari” (“think tanks”)ni yaratish bo‘yicha taklif va tavsiyalardan “Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti” xulosalari jamiyat bunyodkorligiga xizmat qilishi asoslangan xulosa materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022-yil 27-oktyabrdagi 326-sonli dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan amalga oshiriladigan o‘quv- materiallarini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish