Xayitmotov Zohidjon Mingodilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasida ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash jarayoni”, 23.00.02–Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ss100
Ilmiy rahbar: Muqimjon Qirg‘izboev, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/29.12.2022.Ss.21.02.
Rasmiy opponentlar: Muhammadsiddiqov Muhammadolim Muhammadroziq o‘g‘li, siyosiy fanlar doktori, professor, G‘oyibnazarov Shuhrat, siyosiy fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlarning O‘zbekistonga kirib kelishi hamda ularga qarshi kurashishda O‘zbekiston davlatining faoliyati, diniy ekstremizm va terrorchilik tahdidini bartaraf etish jarayonlarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ekstremizm va terrorchilikning ijtimoiy taraqqiyotga tahdid solishi, buning natijasida esa taraqqiyot paradigmalari o‘zgarib borayotgani, bu jarayonni namoyon qiluvchi tushunchalar, kategoriyalarning yangi ijtimoiy-siyosiy konteksti aniqlashtirilgan;
diniy ekstremistik va xalqaro terrorchilik tashkilotlari moddiy ildizlari narkosavdo orqali kelib tushgan jinoiy daromadlarni legallashtirish, homiylik, xayriya mablag‘lari, a’zolik badallari, moliyaviy resurslarni jalb qilish orqali shakllantirayotgani, to‘plangan resurslar siyosiy maqsadlarini amalga oshirishda foydalanishi asoslab berilgan;
Yangi O‘zbekistonda terrorizm va ekstremizm ta’siriga tushib qolgan fuqarolarni sog‘lom muhitga qaytarish va ijtimoiy reabilitatsiya qilish tizimining transformatsiya qilinishi natijasida fuqarolar o‘rtasida ishonchning kuchayishi va ijtimoiy barqarorlikning asoslari mustahkamlanishiga olib kelgani dalillangan;
ekstremizmga qarshi kurashda siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy tamoyillarning ustuvor ekanligi, buning natijasida esa to‘plangan tajriba mintaqa davlatlari hamda xalqaro tashkilotlar – BMT, ShHT, MDH bilan hamkorlik aloqalarining muhim yo‘nalishi sifatida namoyon bo‘lishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“O‘zbekiston Respublikasida ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash jarayoni” mavzusida olib borilgan tadqiqot ishi davomida olingan natija, amaliy taklif va tavsiyalardan:
Ekstremizm va terrorchilikning ijtimoiy taraqqiyotga tahdid solishi, buning natijasida esa taraqqiyot paradigmalari o‘zgarib borayotgani, bu jarayonni namoyon qiluvchi tushunchalar, kategoriyalarning yangi ijtimoiy-siyosiy konteksti aniqlashtirilgan diniy ekstremistik va xalqaro terrorchilik tashkilotlari moddiy ildizlari narkosavdo orqali kelib tushgan jinoiy daromadlarni legallashtirish, homiylik, xayriya mablag‘lari, a’zolik badallari, moliyaviy resurslarni jalb qilish orqali shakllantirayotgani, to‘plangan resurslar siyosiy maqsadlarini amalga oshirishda foydalanishi asoslab berilganligi bilan bog‘liq xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ish faoliyati doirasida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasining 2022-yil 20-mayda № 004 raqami bilan ro‘yxatga olingan ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyaning ilmiy xulosalari, unda ilgari surilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun ijodkorligi faoliyatini ilmiy asoslashga xizmat qilgan.
Ekstremizm va terrorchilikning ijtimoiy taraqqiyotga tahdid solishi, buning natijasida esa taraqqiyot paradigmalari o‘zgarib borayotgani, bu jarayonni namoyon qiluvchi tushunchalar, kategoriyalarning yangi ijtimoiy-siyosiy konteksti aniqlashtirilgan. Diniy ekstremistik va xalqaro terrorchilik tashkilotlari moddiy ildizlari narkosavdo orqali kelib tushgan jinoiy daromadlarni legallashtirish, homiylik, xayriya mablag‘lari, a’zolik badallari, moliyaviy resurslarni jalb qilish orqali shakllantirayotgani, to‘plangan resurslar siyosiy maqsadlarini amalga oshirishda foydalanishi asoslab berilgan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ish faoliyati doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2024-yil 20-fevralda № 11- sonli ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyaning ilmiy xulosalari, unda ilgari surilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qonun ijodkorligi faoliyatini ilmiy asoslashga xizmat qilgan.
Yangi O‘zbekistonda terrorizm va ekstremizm ta’siriga tushib qolgan fuqarolarni sog‘lom muhitga qaytarish va ijtimoiy reabilitatsiya qilish tizimining transformatsiya qilinishi natijasida fuqarolar o‘rtasida ishonchning kuchayishi va ijtimoiy barqarorlikning asoslari mustahkamlanishiga olib kelgani dalillab berilgan. Tadqiqot ishining “Ekstremizm va terrorchilik tahdidlarini tadqiq etishning metodologik jihatlari”, “Xalqaro ekstremizm va terrorchilik: ildizlari va tarqalishi”, “O‘zbekiston davlatining ekstremizm va terrorchilik tashkilotlarni bartaraf etishga oid faoliyati” deb nomlangan bo‘limlarida keltirilgan ishonchli ma’lumotlardan amaliy va nazariy darajalarida qo‘llash uchun mo‘ljallangan “Yot g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish hamda adashgan oqimlarga raddiya berish ko‘nikmalari va uslublari” nomli maxsus kurs o‘quv rejasini ishlab chiqishda foydalanilganligi bo‘yicha (O‘zbekistonda Respublikasi din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2024 yil 26 fevral 02-02/02/1/539-son Dalolatnomasi). Natijada, sohaga oid axborot-tahliliy bazani takomillashtirishga va amalda qoʻllashga xizmat qilgan.
Yangi O‘zbekistonda terrorizm va ekstremizm ta’siriga tushib qolgan fuqarolarni sog‘lom muhitga qaytarish va ijtimoiy reabilitatsiya qilish tizimining transformatsiya qilinishi natijasida fuqarolar o‘rtasida ishonchning kuchayishi va ijtimoiy barqarorlikning asoslari mustahkamlanishiga olib kelgani dalillangan; ekstremizmga qarshi kurashda siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy tamoyillarning ustuvor ekanligi, buning natijasida esa to‘plangan tajriba mintaqa davlatlari hamda xalqaro tashkilotlar – BMT, ShHT, MDH bilan hamkorlik aloqalarining muhim yo‘nalishi sifatida namoyon bo‘lishi aniqlanganligi bilan bog‘liq xulosalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining ilmiy-amaliy faoliyatida foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yil 24-maydagi 02/02/891-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, markaz xodimlarining ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, o‘quv-uslubiy hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlarini tashkil etishda xizmat qilgan.