Boboev Asqar Ibodullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kal`kulyoz xolesistitda o‘t pufagi va devori oldi jigar parenximasining morfologiyasi (eksperimental-tadqiqot ishi)», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4006.
Ilmiy rahbar: Oripov Firdavs Sur’atovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Azizova Feruza Xusanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Davlatov Salim Sulaymonovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abuali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: itlar va quyonlar o‘t pufagi va devori oldi jigar parenximasining morfologiyasi hamda morfometrik ko‘rsatkichlarini tajribaviy kal`kulyoz xolesistitda o‘zgarishini  baholashni takmillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eksperimental kal`kulyoz xolesistitda turli xil oziqlanadigan tajriba hayvonlarida jigar parenximasining o‘t pufagiga tutash qismida kuzatiladigan morfologik va morfometrik o‘zgarishlarning solishtirma o‘ziga xos xususiyatlari asoslangan;
eksperimental kal`kulyoz xolesistitda turli xil oziqlanadigan tajriba hayvonlarida o‘t pufagining turli qismlari qavatlarida kuzatiladigan o‘zgarishlarning tajriba muddatiga mos ravishda morfologik, morfometrik va nerv tuzilmalarida reaktiv o‘zgarishlar darajasi asoslangan;
eksperimental kal`kulyoz xolesistitda turli xil oziqlanadigan tajriba hayvonlarida immunnogistokimyoviy usul yordamida spesifik Ki67 va CD34 antigenlariga reaksiya darajasini baholash orqali jigar parenximasi va o‘t pufagi devorida kuzatiladigan morfofunksional o‘zgarishlar isbotlangan;
kal`kulyoz xolesistit bilan xastalangan bemorlarda jigar va o‘t pufagi devoridagi kasallik davomiyligiga mos ravishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni hamda asoratlarni oldini olish bo‘yicha o‘ziga xos bo‘lgan tavsiyalarni o‘rni asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashining 2024 yildagi 29 martdagi 24-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Samraqand davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 19 dekabrdagi 2788-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: eksperimental kal`kulyoz xolesistitda turli xil oziqlanadigan tajriba hayvonlarida jigar parenximasining o‘t pufagiga tutash qismida kuzatiladigan morfologik va morfometrik o‘zgarishlarning solishtirma o‘ziga xos xususiyatlari asoslangani Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘yicha 08.01.2024 yildagi 14-A-son hamda Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 11.01.2024 yildagi 69-7-107-TV/2024-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalari bo‘yicha kal`kulyoz xolesistit kasalligi rivojlanishi natijasida o‘t pufagi va jigar parenximasining o‘t pufagi devori yon qismi va boshqa qismlarida yuzaga keladigan patomorfologik o‘zgarishlarning asoratlarining oldini olish orqali ushbu kassallik kechishida ijobiy natijalarga, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga erishilishi va kasallikini oldini olish ilmiy asoslandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: kalkulyoz xolesistit kasalligi rivojlanishi tufayli yuzaga keladigan o‘t pufagi va devor oldi jigar parenximasining patomorfologik o‘zgarishlar asoratlarini, kalkulyoz xolesistit va o‘t tosh kasalligini erta tashxislash va oldini olish, zarur bo‘lganda nazorat qilinadigan bemorlarda davolash taktikasini to‘g‘ri tanlash shifoxonada bo‘lish muddati 7 kundan 5 kungacha qisqarishi natijasida iqtisodiy samaradorlikga erishilgan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli shifoxonasining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 7 kun davolanish o‘rtacha 3100000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: kal`kulyoz xolesistit va o‘t tosh kasalligini erta tashxislash va asoratlarini oldini olish orqali shifoxonada davolanish kunlarining qisqarishi natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larini 218000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: eksperimental kal`kulyoz xolesistitda turli xil oziqlanadigan tajriba hayvonlarida o‘t pufagining turli qismlari qavatlarida kuzatiladigan o‘zgarishlarning tajriba muddatiga mos ravishda morfologik, morfometrik va nerv tuzilmalarida reaktiv o‘zgarishlar darajasi asoslangani Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘yicha 08.01.2024 yildagi 14-A-son hamda Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 11.01.2024 yildagi 69-7-107-TV/2024-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: eksperimental kalkulyoz xolesistit sharoitda yashash va ovqatlanish tarzi har xil bo‘lgan tajriba hayvonlarida eksperimental kalkulyoz xolesistit ta’sirida tajriba muddatiga bog‘liq ravishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan patomorfologik o‘zgarishlar algoritmining ishlab chiqilganligi, bu o‘zgarishlarning, hamda surunkali kal`kulyoz xolesistit natijasida o‘t pufagi devori nerv tuzulmalarida a’zo funksional holatiga ta’sir etuvchi reaktiv o‘zgarishlarning oldini olish imkonini beradi. Buning natijasida kasallikning kechishi va asoratlarini oldini olish maqsadida ovqatlanish tarziga bog‘liq ravishda olib borilayotgan profilaktik tadbirlarni amalga oshirish imkoni tug‘iladi va bemorlarning ijtimoiy ahvolini yaxshilashga erishishga imkon yaratadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan  taktika tajribaviy kal`kulyoz xolesistit sharoitida ozuqlanish turi har xil bo‘lgan tajriba hayvonlarida o‘t pufagining turli qismlarining qavatlarida kuzatiladigan o‘zgarishlarning tajriba muddatiga mos ravishda morfologik, morfometrik va nerv tuzilmalari reaktiv o‘zgarishlarni, kalkulyoz xolesistit va o‘t tosh kasalligini erta tashxislash va oldini olish maqsadida diagnostik-profilaktik algoritm qo‘llanilishi orqali asoratlarni kamaytirish va zarur bo‘lganda nazorat qilinadigan bemorlarda davolash taktikasini to‘g‘ri tanlash shifoxonada bo‘lish muddati 7 kundan 5 kungacha qisqarishi natijasida iqtisodiy samaradorlikga erishilgan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli shifoxonasining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 7 kun davolanish o‘rtacha 3100000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: kal`kulyoz xolesistit va o‘t tosh kasalligini erta tashxislash va asoratlarini oldini olish orqali shifoxonada davolanish kunlarining qisqarishi natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larini 218000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: eksperimental kal`kulyoz xolesistitda turli xil oziqlanadigan tajriba hayvonlarida immunnogistokimyoviy usul yordamida spesifik Ki67 va CD34 antigenlariga reaksiya darajasini baholash orqali jigar parenximasi va o‘t pufagi devorida kuzatiladigan morfofunksional o‘zgarishlar isbotlangani Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘yicha 08.01.2024 yildagi 14-A-son hamda Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 11.01.2024 yildagi 69-7-107-TV/2024-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jigari parenximasi va o‘t pufagi devorida Ki67 va SD34 antigenlarini kompleks ravishda tekshirish ulardagi patomorfologik o‘zgarishlar darajasini baholash, ushbu yondashuv kalkulyoz xolesistit bilan xastlangan bemorlarda har xil muddatda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan patomorfologik o‘zgarishlarning darajasini aniqlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uning asosida bunday holatalarda keyingi tekshirish va davolash, hamda profilaktika chora-tadbirlarini takomillashtirish, natijada esa kasallikning asoratlari uchrashi darajasini kamaytirish orqali bemorlarning mehnat faoliyatiga yaroqsizligi oldini olishga va ularning ijtimoiy holatini yaxshilash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: gepatobiliar tizimi a’zolari muammosi bilan murojaat qilgan bemorlarda gepatobiliar tizimi kasalliklari har xil muddatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan patomorfologik o‘zgarishlarning darajasini o‘z vaqtida tashxislash statsionar davolanish uchun byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larini o‘rtacha 3100000 so‘mga iqtisod qilish natijasida iqtisodiy samaradorlikga erishilgan. Xulosa: gepatobiliar tizimi a’zolari patologiyasi mavjud bemorlarda kalkulyoz xolesistit kasalligini erta tashxislash algoritmi qo‘llanilishi bir nafar bemor hisobiga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larini 3100000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: kal`kulyoz xolesistit bilan xastalangan bemorlarda jigar va o‘t pufagi devoridagi kasallik davomiyligiga mos ravishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni hamda asoratlarni oldini olish bo‘yicha o‘ziga xos bo‘lgan tavsiyalarni o‘rni asoslangani Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘yicha 08.01.2024 yildagi 14-A-son hamda Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 11.01.2024 yildagi 69-7-107-TV/2024-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: hazm tizimi a’zolarining yallig‘lanishda xususan yiringli yallig‘lanishlar tezkor tashxis va operativ davolash usullarini o‘tkazish, ushbu jarayon qancha tez amalga oshirilsa jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlari va reablitatsiya jarayoni shuncha oson kechib, jigar va o‘t safro yo‘llaridagi patomorfologik o‘zgarishlarni  yuzaga kelishi isbotlangan. Tadqiqot davomida xastalikning patogenezni va ovqatlanish buzilishidan kelib chiqqan ma’lum bir kasallikdagi jigar holatini baholash orqali turli gepatobiliar kasalliklari bo‘lgan bemorlarni davolash, kasallikning oldini olish va parhezni tanlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lishi natijasida esa aholi orasida hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: kal`kulyoz xolesistit bilan xastalangan bemorlarda jigar va o‘t pufagi devorida kasallik davomiyligiga mos ravishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar hamda asoratlari va bemorda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hazm qilish jarayonlarining izdan chiqishini oldini olish orqali kalkulyoz xolesistit bilan shifoxonada davolanish zarurati bo‘lmasligi natijasida iqtisodiy samaradorlikga erishilgan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli shifoxonasining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 7 kun davolanish o‘rtacha 3100000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: hazm qilish jarayonlarining izdan chiqishi natijasida gepatobiliar tizimi a’zolari patologiyasi, kalkulyoz xolesistit rivojlanishini oldini olish chora tadbirlari bir nafar bemor hisobiga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larini 3100000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish