Yusupova Nargiza Abdikodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Energetik ichimliklar ta’sirida oshqozon devorining struktur-funksional o‘zgarishlari, korreksiya usullarini optimallashtirish», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2647.
Ilmiy rahbar: Oripov Firdavs Sur’atovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Sayyora Muxamadovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Mamasaidov Jamoliddin Turg‘unbaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘sh davlat universiteti (Qirg‘iziston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: energetik ichimliklar ta’sirida oshqozon devoridagi morfofunksional o‘zgarishlarni baholash hamda oqibatlarini oldini olish buyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
energetik ichimliklarlarning qisqa muddatli va surunkali ta’siri natijasida turli yosh diapazoni (o‘smirlar, yoshlar, katta yoshli) qamrab olingan holda oshqozon devori tuzilmalarida kuzatiladigan morfofunksional o‘zgarishlar tajriba hayvonlarida asoslangan;
monoklonal antitanachalar yordamida immunogistokimyoviy tekshirish usuli bilan CD20 va CD3 reseptorlarining ekspressiya darajasini aniqlash orqali tajriba hayvonlarning oshqozon devoridagi yallig‘lanish jarayonlari natijasida yuzaga keladigan morfofunksional o‘zgarishlar asoslangan;
energetik ichimliklar ta’sirida oshqozon shilliq qavatining shikastlanish darajasi va uning morfofunksional o‘zgarishlari qondagi pepsinogen I va II darajasini, shuningdek oshqozon shilliq pardasining bez to‘qimalari tomonidan ishlab chiqarilgan CA 74-2 spesifik antigeni miqdorini aniqlash orqali isbotlangan;
energetik ichimliklar ta’sirining turli davrlarida oshqozon devoridagi funksional va morfologik o‘zgarishlarni korreksiyalash uchun qo‘llaniladigan kunjut moyining samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 29 martdagi 26-sonli xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish to‘g‘risida Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 19 dekabrdagi 2789-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: energetik ichimliklarlarning qisqa muddatli va surunkali ta’siri natijasida turli yosh diapazoni (o‘smirlar, yoshlar, katta yoshli) qamrab olingan holda oshqozon devori tuzilmalarida kuzatiladigan morfofunksional o‘zgarishlar tajriba hayvonlarida asoslangani Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali bo‘yicha 13.01.2024 yildagi 15-son hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 08.01.2024 yildagi 14-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: hazm tizimi har xil kasalliklari bo‘lgan katta yoshli odamlar (40 yoshdan kattalar)da energetik ichimliklar ta’sirida yoki energetik ichimliklar suiiste’mol qilingan xolatlarda yuzaga kelgan surunkali gastrit rivojlanishida erta diagnostika hisobiga surunkali gastritning og‘ir asoratlari bo‘lgan atrofik gastrit va oshqozon o‘sma kasalliklari rivojlanishini oldini olish orqali ijobiy natijalarga erishilganligi va bemorlar hayot sifati yaxshilanishi bilan izohlanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: 1) atrofik gastrit rivojlanishi natijasida davolanish uchun o‘rtacha 1951000 so‘m mablag‘ sarflanadi; 2) energetik ichimliklar suiiste’mol qilingan xolatlarda yuzaga kelgan surunkali gastrit rivojlanishida va uning natijasida uzoq vaqt to‘shakka bog‘lanishga va nogironlikka olib kelishi mumkin bo‘lgan kasalliklarni oldini olish orqali statsionar davolanish uchun sarflanadigan byudjet harajatlari iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: energetik ichimliklarning oshqozon devoriga nojo‘ya ta’siri oqibatlarida yuzaga kelgan patologik o‘zgarishlarni erta diagnostika qilish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish orqali 1 nafar bemor hisobiga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1951000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: monoklonal antitanachalar yordamida immunogistokimyoviy tekshirish usuli bilan CD20 va CD3 reseptorlarining ekspressiya darajasini aniqlash orqali tajriba hayvonlarning oshqozon devoridagi yallig‘lanish jarayonlari natijasida yuzaga keladigan morfofunksional o‘zgarishlar asoslangani Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali bo‘yicha 13.01.2024 yildagi 15-son hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 08.01.2024 yildagi 14-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: oshqozon devorida CD20 va CD3 reseptorlar ekspressiyasini immunogistokimyoviy usulda tekshirish orqali nafaqat energetik ichimliklar ta’sirida yuzaga kelgan, balki oshqozonning boshqa kasalliklarida surunkali yallig‘lanishlarni, shu jumladan atrofik gastritlarni erta diagnostika qilish imkonini beradi. Bu biomarkerlarning miqdoriy taxlilini o‘tkazish va olingan natijalarni  Allred usulida baholash orqali davolash jarayonining samaradorligini baholash mumkin bo‘ladi. Maxsus gastroenterologik bo‘limlari bo‘lgan davolash-diagnostik muassalarda bu usuldan foydalanish evaziga ambulator murojaat qilgan bemorlarda autoimmun komponenti mavjud bo‘lgan surunkali gastritlarni erta tashxislash va davolashni o‘z vaqtida boshlash imkoni yaratiladi. Buning natijasida esa kasallikning asoratlari chastotasini kamaytirish orqali bemorlarning mehnat faoliyatiga yaroqsizligini oldini olishga va aholining ijtimoiy holatini yaxshilashga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: oshqozon devorida CD20 va CD3 reseptorlar ekspressiyasini tekshirish orqali nafaqat energetik ichimliklar ta’sirida yuzaga kelgan, balki oshqozonning boshqa kasalliklarida ambulator murojaat qilgan bemorlarda bu tekshiruvdan foydalanish evaziga bemorlarda autoimmun komponenti mavjud bo‘lgan surunkali gastritlarni erta tashxislash va ambulator davolashni o‘z vaqtida boshlash imkoni yaratiladi. Buning natijasida davolanish uchun sarflanadigan o‘rtacha 1951000 so‘m mablag‘ iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: oshqozondagi CD20 va CD3 biomarkerlarni immunogistokimyoviy tekshiruvi natijasida energetik ichimliklar ta’siri oqibatida yuzaga kelgan oshqozondagi morfofunksional o‘zgarishlarni erta tashxislash natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larini 1951000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: energetik ichimliklar ta’sirida oshqozon shilliq qavatining shikastlanish darajasi va uning morfofunksional o‘zgarishlari qondagi pepsinogen I va II darajasini, shuningdek oshqozon shilliq pardasining bez to‘qimalari tomonidan ishlab chiqarilgan CA 74-2 spesifik antigeni miqdorini aniqlash orqali isbotlangani Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali bo‘yicha 13.01.2024 yildagi 15-son hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 08.01.2024 yildagi 14-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: energetik ichimliklarni uzoq muddat va katta miqdorda iste’mol qilish natijasida uzoq vaqt to‘shakka bog‘lanishga va statsionar davolanishga muhtojlikka olib keluvchi oshqozon-ichak surunkali kasalliklarini oldini olish va erta diagnostika qilish orqali ijtimoiy samaradorlikka erishiladi. Bular natijasida esa aholining hayot sifatini yaxshilashga erishiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: energetik ichimliklarning ta’siri oqibatlari yoki oshqozonning boshqa turli genezli kasalliklari diagnostikasida dastlab noinvaziv laborator tekshiruvlar natijalariga ko‘ra ko‘rsatma asosida bemorni keyingi diagnostik bosqichga – invaziv diagnostikaga (gastroendoskopiya va oshqozon to‘qimasi bioptatlarini gistologik, gistokimyoviy tekshiruvlari) yo‘naltirish orqali kasalliklarni oson va erta tashxislash imkoniyati tufayli iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Chunki energetik ichimliklarning suistemoli natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni noinvaziv diagnostikasi qo‘llanilganda bitta bemor uchun iqtisodiy samaradorlik 386000 so‘mni tashkil qildi. Xulosa: eksperimental xayvonlarda energetik ichimliklar ta’sirida oshqozon devorining qavatlarida yuzaga kelgan reaktiv morfofunksonal o‘zgarishlarni erta diagnostikasida yuqorida keltirilgan laborator testlar kombinatsiyasining qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larini 386000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: energetik ichimliklar ta’sirining turli davrlarida oshqozon devoridagi funksional va morfologik o‘zgarishlarni korreksiyalash uchun qo‘llaniladigan kunjut moyining samaradorligi isbotlangani Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali bo‘yicha 13.01.2024 yildagi 15-son hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 08.01.2024 yildagi 14-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: energetik ichimliklarni uzoq muddat va katta miqdorda iste’mol qilish natijasida kelib chiqqan oshqozonning surunkali kasalliklarini oldini olish va korreksyalash maqsadida kunjut moyining berilishi bemorlarda oshqozon devoridagi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uzoq vaqt to‘shakka bog‘lanishga va statsionar davolanishga muhtojlikka olib keluvchi kasalliklar rivojlanishining oldi olinishiga olib keladi va ijtimoiy samaradorlikka erishiladi. Bular natijasida aholining hayot sifati yaxshilashga erishiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: 1 nafar bemorning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan atrofik gastrit natijasida shifoxonada o‘rtacha 7 kungacha bo‘lgan davolanish muddati oldi olinadi. Natijada 1 nafar bemor hisobiga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1951000 so‘mga iqtisod qilish imkoniga erishiladi. Xulosa: energetik ichimliklarni uzoq muddat va katta miqdorda iste’mol qilish natijasida kelib chiqqan oshqozonning surunkali kasalliklari rivojlanishini oldini olish chora tadbirlari ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larini 1951000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish