Xudoybergenov Gulomboy Urinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 bilan bog‘liq bo‘lgan kavernoz sinus trombozining klinik-morfologik xususiyatlari», 14.00.15 – Patologik anatomiya, 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3363.
Ilmiy rahbarlar: Yuldashev Baxrom Sobirjanevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Bilalov Erkin Nazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Nishanov Daniyar Anarbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Normatova Nargiza Mirshavkatovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universtiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 bilan bog‘liq bo‘lgan kavernoz sinus trombozida ko‘z olmasi va uning yordamchi apparati tuzilmalarida rivojlanuvchi patologik jarayonning klinik va morfologik xususiyatlarini baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 bilan bog‘liq bo‘lgan kavernoz sinus trombozli bemorlarning juft sog‘lom ko‘zida paxixorioidal vaskulopatiyaning morfologik belgilari mavjudligi hamda xorioideya qavatining qalinlashishi asoslangan;
COVID-19 bilan bog‘liq bo‘lgan kavernoz sinus trombozida orbitaning suyak va yumshoq to‘qima tuzilmalari shikastlanishining spesifik patomorfologik xususiyatlari, kuchli limfotsitar infil`tratsiya va proliferativ komponentli yallig‘lanish jarayoniga xos bo‘lgan xususiyatlari isbotlangan;
COVID-19 bilan bog‘liq bo‘lgan kavernoz sinus trombozining ko‘z olmasi tuzilmalarida yallig‘lanish jarayonining klinik xususiyatlari asosan tomirli parda va to‘r parda tuzilmalarida kuzatilishi isbotlangan;
COVID-19 bilan bog‘liq bo‘lgan kavernoz sinus trombozida ko‘z olmasi shikastlanishining patomorfologik xususiyatlari, qon tomirli pardaning birlamchi zararlanishi, uning tarkibiy qismlarida dissirkulyator o‘zgarishlar, limfotsitar tromblar, shish va nekrobioz rivojlanishi jarayoni shaklida kechishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspertlar kengashining 2024 yil 14 martdagi 03/084-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2024 yil 28 fevraldagi 09-14343-sonli xati taqdim etilgan):
birinchni ilmiy yangilik: COVID-19 bilan bog‘liq bo‘lgan kavernoz sinus trombozli bemorlarning juft sog‘lom ko‘zida paxixorioidal vaskulopatiyaning morfologik belgilari mavjudligi, ya’ni xorioideya qavatining qalinlashishi asoslangani Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 06.11.2023 yildagi 39-i-son, Respublika patologik anatomiya markazining Xorazm patologik antomiya ekspertiza byurosi bo‘yicha 10.10.2023 yildagi 41-son, Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali bo‘yicha 12.10.2023 yildagi 16-son hamda Toshkent shahridagi «Ziyobaxsh» xususiy ko‘z klinikasi bo‘yicha 04.11.2023 yildagi 24-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: noinvaziv tashxislash usullaridan (OKT) foydalanish bemorlar uchun sezilarli noqulaylik tug‘diradigan invaziv usullarni tayinlash zaruratini kamaytirishning o‘ziga xosligi asosida kasallikni erta tashxislash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 bilan bog‘liq bo‘lgan kavernoz sinus trombozli bemorlarning juft sog‘lom ko‘zida paxixorioidal vaskulopatiyaning morfologik belgilari mavjudligi, ya’ni xorioideya qavatining qalinlashishi tashxislash orqali qo‘shimcha tashxislash usullaridan foydalanishni bartaraf etishi hisobiga bemorlarning mablag‘larini 4-5,5 mln so‘mgacha tejash imkonini bergan. Xulosa: patologik jarayon ta’sir qilmagan sog‘lom ko‘zlarda ham xorioideyaning qalinlashishi (310,3 mkm) mumkinligi, bu esa rivojlanayotgan paxixorioidal vaskulopatiya tizimli jarayonning namoyon bo‘lishi asoslash orqali xastalikni tashxislashga bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 175000 so‘mga, umumiy xastalikni olidini olish maqsadida 4,5-5 million so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: COVID-19 bilan bog‘liq bo‘lgan kavernoz sinus trombozida orbitaning suyak va yumshoq to‘qima tuzilmalari shikastlanishining spesifik patomorfologik xususiyatlari, kuchli limfotsitar infil`tratsiya va proliferativ komponentli yallig‘lanish jarayoniga xos bo‘lgan xususiyatlari isbotlangani Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 06.11.2023 yildagi 39-i-son, Respublika patologik anatomiya markazining Xorazm patologik antomiya ekspertiza byurosi bo‘yicha 10.10.2023 yildagi 41-son, Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali bo‘yicha 12.10.2023 yildagi 16-son hamda Toshkent shahridagi «Ziyobaxsh» xususiy ko‘z klinikasi bo‘yicha 04.11.2023 yildagi 24-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 bilan bog‘liq bo‘lgan kavernoz sinus trombozida orbitaning suyak va yumshoq to‘qima tuzilmalari shikastlanishining spesifik patomorfologik xususiyatlari, kuchli limfotsitar infil`tratsiya va proliferativ komponentli yallig‘lanish jarayoniga xos bo‘lgan xususiyatlarini o‘z vaqtida tashxislash davolash va profilaktika choralari samaradorligini oshirishga bevosita ta’sir qiladi, bu esa bemorlarda ko‘rishning qaytarilmas yo‘qolishi holatlari ulushini kamaytirish orqali nogironlik foizini kamaytiradi, shuningdek, reabilitatsiya davrida bemorlarning hayot sifati darajasini yaxshilash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 bilan bog‘liq bo‘lgan kavernoz sinus trombozi bilan xastlangan bemorning 1 yotoq kuniga barcha xarajatlar, shu bilan birga dori-darmonlarni hisobga olinsa, bemor hisobiga byudjet mablag‘larini o‘rtacha 22%ga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: COVID-19 bilan bog‘liq bo‘lgan kavernoz sinus trombozida orbitaning suyak va yumshoq to‘qima tuzilmalari shikastlanishining spesifik patomorfologik xususiyatlari, kuchli limfotsitar infil`tratsiya va proliferativ komponentli yallig‘lanish jarayoniga xos bo‘lgan xususiyatlari tashxislash natijasida shifoxonada bemorlarning bo‘lish kunini 2-3 kunga qisqartish natijasida bir nafar bemor hisobiga davlat byudjeti mablag‘larini o‘rtacha 318000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: COVID-19 bilan bog‘liq bo‘lgan kavernoz sinus trombozining ko‘z olmasi tuzilmalarida yallig‘lanish jarayonining klinik xususiyatlari asosan tomirli parda va to‘r parda tuzilmalarida kuzatilishi isbotlangani Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 06.11.2023 yildagi 39-i-son, Respublika patologik anatomiya markazining Xorazm patologik antomiya ekspertiza byurosi bo‘yicha 10.10.2023 yildagi 41-son, Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali bo‘yicha 12.10.2023 yildagi 16-son hamda Toshkent shahridagi «Ziyobaxsh» xususiy ko‘z klinikasi bo‘yicha 04.11.2023 yildagi 24-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 bilan bog‘liq bo‘lgan kavernoz sinus trombozining ko‘z olmasi tuzilmalarida yallig‘lanish jarayonining klinik xususiyatlari asosan tomirli parda va to‘r parda tuzilmalaridagi o‘rni davolash taktikasini to‘g‘ri tanlash va algoritm ishlab chiqish orqali bemorlar umr ko‘rish davomiyligini uzaytirish hamda hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 bilan bog‘liq bo‘lgan kavernoz sinus trombozining ko‘z olmasi tuzilmalarida yallig‘lanish jarayonining klinik xususiyatlari asosan tomirli parda va to‘r parda tuzilmalaridagi o‘zgarishlarni baholashda konservativ yoki jarrohlik yo‘li bilan davolashning optimal usulini tanlashda angiografik tekshirish uchun 85 ming so‘mni, kasalxonadagi yotoq kunlari 2-3 kunga qisqartirish natijasida 118000 ming so‘mdan 227000 so‘mgacha qisqartirish imkonini bergan. Xulosa: OKT angiografiyasi kontrastdan foydalanmasdan har qanday qatlamda to‘r parda tomirlari tarmog‘ining holatini baholash, shixofoxonada bo‘lish vaqtini qisqartish natijasida bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 118000 so‘mdan 227000 so‘mgacha iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19 bilan bog‘liq bo‘lgan kavernoz sinus trombozida ko‘z olmasi shikastlanishining patomorfologik xususiyatlari, qon tomirli pardaning birlamchi zararlanishi, uning tarkibiy qismlarida dissirkulyator o‘zgarishlar, limfotsitar tromblar, shish va nekrobioz rivojlanishi jarayoni shaklida kechishi isbotlangani Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 06.11.2023 yildagi 39-i-son, Respublika patologik anatomiya markazining Xorazm patologik antomiya ekspertiza byurosi bo‘yicha 10.10.2023 yildagi 41-son, Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali bo‘yicha 12.10.2023 yildagi 16-son hamda Toshkent shahridagi «Ziyobaxsh» xususiy ko‘z klinikasi bo‘yicha 04.11.2023 yildagi 24-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 bilan bog‘liq bo‘lgan kavernoz sinus trombozida ko‘z olmasi shikastlanishining patomorfologik xususiyatlari, qon tomirli pardaning birlamchi zararlanishi, uning tarkibiy qismlarida dissirkulyator o‘zgarishlar, limfotsitar tromblar, shish va nekrobioz rivojlanishi jarayoni shaklida kechishi oldini olish maqsadida amalga oshirilgan tashxislash va davolash taktikasi bemorlarda ko‘rishning qaytarilmas yo‘qolishi holatlari ulushini va nogironlik foizini pasaytirish hamda reabilitatsiya davrida bemorlarning hayot sifati darajasini yaxshilash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 bilan bog‘liq bo‘lgan kavernoz sinus trombozida ko‘z olmasi shikastlanishining patomorfologik xususiyatlari, qon tomirli pardaning birlamchi zararlanishi, uning tarkibiy qismlarida dissirkulyator o‘zgarishlar, limfotsitar tromblar, shish va nekrobioz rivojlanishi jarayoni shaklida kechishi oldini olish maqsadida amalga oshirilgan optimal konservativ yoki xirurgik davolashning ratsional usulini tanlash qo‘shimcha tashxislash usullarini qo‘llashni bartaraf etishi hamda shifoxonada yotoq kunlari 2-3 kunga qisqartirish natijasida 118000 ming so‘mdan 227000 so‘mgacha qisqartirish imkonini bergan. Xulosa: COVID-19 bilan bog‘liq bo‘lgan kavernoz sinus trombozida ko‘z olmasi shikastlanishining patomorfologik xususiyatlari, qon tomirli pardaning birlamchi zararlanishi, uning tarkibiy qismlarida dissirkulyator o‘zgarishlar, limfotsitar tromblar, shish va nekrobioz rivojlanishi jarayoni shaklida kechishi oldini olish maqsadida qo‘shimcha tekshirsvlarni qisqartirish maqsadida 1650000 ming so‘mini va shifoxonada bo‘lish vaqtini 2-3 kunga qisqartirish natijasida bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 118000 so‘mdan 227000 so‘mgacha iqtisod qilish imkonini bergan.