Shomurodov Jaxongir Farxodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Er osti quvurlarida grunt bilan o‘zaro munosabat chiziqli bo‘lmaganda seysmik to‘lqinlar ta’siridagi dinamik jarayonlar”, 01.02.04-Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi” (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/FM929.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Ibraxim, fizika-matematika fanlari doktori, professor.     
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.15/03.06.2023.FM/T.73.08 raqamli Ilmiy kengash asosida bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xusanov Baxtiyar Ergashbaevich, fizika-matematika fanlari doktori, k.i.x., Xudazarov Ravshan Saparovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi seysmik to‘lqinlar ta’sirida “quvur-grunt” tizimining chiziqli bo‘lmagan o‘zaro munosabatini hisobga olgan holda uzun er osti quvuri uchun dinamik masalaning matematik qo‘yilishini shakllantirish, uni echishninig mos sonli usulini tanlash hamda echish algoritmlarini ishlab chiqish va olingan natijalarni tahlil qilishlardan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eksperimentlar orqali aniqlangan “quvur-grunt” tizimining chiziqli bo‘lmagan munosabatlarini bo‘lakli-chiziqli uzlyuksiz funksiya ko‘rinishda ifodalash yordamida uzun er osti quvurining dinamik masalasi matematik jihatdan to‘liq qo‘yilgan va uni echish algoritmi sonli usullar asosida ishlab chiqilgan;
garmonik to‘lqin ta’sir qilganda grunt va quvur orasidagi o‘zaro chiziqli bo‘lmagan munosabatdagi dinamik jarayonlar chiziqli munosabatdagi dinamik jarayonlarga nisbatan kechroq statsionar holatga chiqishi, chiziqli bo‘lmagan o‘zaro munosabatda dinamik jarayonlarning murakkablashishi hisobiga, aniqlangan;
haqiqiy zilzilalarga mos chastotali to‘lqinlar uchun er yuziga yaqin joylashgan quvurlarga dinamik bosimning ta’sirini inobatga olmaslik mumkinligi uzun er osti quvurining chiziqli bo‘lmagan seysmodinamik masalasini echish asosida aniqlangan;
“quvur-grunt” tizimining chiziqli bo‘lmagan munosabatida gruntning strukturaviy buzilishi modelini qavariq ko‘rinishda inobatga olgandagi natijalarga ko‘ra, uzun er osti quvuridagi deformatsiyaning qiymati chiziqli munosabatga nisbatan kam bo‘lishi hisoblash natijalarini solishtirish asosida aniqlangan;
A.A.Ilyushin va T.R.Rashidovlar tomonidan tadqiq qilingan cheksiz uzun er osti quvuridagi chiziqli statsionar masalada gruntdagi to‘lqin tarqalish tezligi quvurdagi to‘lqin tarqalish tezligidan katta bo‘lgan holatlarda quvurdagi maksimal deformatsiya gruntdagi maksimal deformatsiyadan 2 marta oshib ketishining sababi gruntda berilgan to‘lqin frontida tezlikning sakrashi ekanligi hamda haqiqiy zilzilalardagi velosigrammalarda sakrash bo‘lmagani uchun grunt va quvurdagi deformatsiyalar o‘zaro teng bo‘lishi sonli usulda hisoblangan natijalar asosida ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertasiyada olingan natijalar quyidagi yo‘nalishlarda amaliyotga joriy qilingan:
ishlab chiqilgan sonli algoritmning kompyuter dasturiga o‘tkazilgan dasturiy ta’minoti yordamida hisoblangan natijalardan Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashda Uchqo‘rg‘on “Suvoqava” DUK ga tegishli obektda er osti suv ta’minoti quvurlarini loyihalash jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2023-uil 4-dekabrdagi 24-06/12632-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi, seysmik hududlarda er osti quvurlari tizimini loyihalash jarayonida foydalanib hisoblash vaqtining 1,2 marta tejalishiga, ish sifati va mehnat unumdorligini 25% ga ortishiga erishilgan;
dissertatsiya ishining IV bobida keltirilgan ayrim natijalar 2023 yilda nashr etilgan U.Z.Shermuxamedov, I.Mirzaev, O‘.Raxmonovlarning “Ko‘priklar, tonnellar va yo‘l o‘tkazgichlarning zilzilabardoshligi” nomli hamda U.Z. Shermuxamedov, I.Mirzaev, I.O.Kuznesova, O‘.Raxmonovlarning “Seysmostoykost` mostov, tonneley i puteprovodov” nomli darsliklarida  alohida paragraflar bo‘lib kirgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2023-uil 4-oktyabrdagi № 4/E1029-sonli ma’lumotnomasi). Bu darslikdan Toshkent davlat transport universitetining magistratura talabalari foydalanmoqda.

Yangiliklarga obuna bo‘lish