Vapaev Murodbek Ergashovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):       «Metallar sirtida nano o‘lchamli strukturalar shakllanishiga lazer plazmasi parametrlarining ta’siri», 01.04.11 – Lazer fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3PhD/FM772.
Ilmiy rahbar: Davletov Ikram Yusubovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor
 Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
 IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/29.12.2022.FM.55.07.
Rasmiy opponentlar: Azamatov Zokir Tohirovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor;
 Matnazarov Anvar Rustamovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nano va pikosekund impulsli lazer nurlanishi ta’sirida metallar yuzasida hosil bo‘lgan plazmaning asosiy parametrlarini turli usullar bilan aniqlash, shuningdek, femtosekund impulsli lazer skanerlash tezligi va plazma parametrlarining metallar yuzasida nano o‘lchamli strukturalar shakllanishiga ta’sirini o‘rganishdan iborat.
 III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
10 ns impulsli, 1064 nm to‘lqin uzunlikdagi Nd:YaG lazer nurlanishi ta’sirida normal atmosfera sharoitida qattiq agregat holatdagi Si va In elementlari sirtida  hosil bo‘lgan plazmaning spektrlarini tahlil qilish orqali plazmaning asosiy parametrlari, ya’ni elektronlarning zichligi Shtark kengayish usuli yordamida va temperaturasi  Bolsman taqsimot usulini qo‘llagan holda aniqlangan;
28 ps impulsli, to‘lqin uzunligi 1064 nm bo‘lgan lazer nurlanishi bilan 50-500 mm/min tezlikda skanerlash jarayonida  Al va Cu elementlarining sirtida hosil bo‘lgan plazmaning spektrlarini tahlil qilish natijasida, 50-500 mm/min skanerlash tezliklarida Al va Cu plazma spektrlaridagi chiziqlar ustma-ust tushishi hisobga olinib elektronlarning zichligi va temperaturasi  aniqlangan;
ilk bor qattiq agregat holatdagi niobiy qotishmasi sirtida davomiyligi 28 ps bo‘lgan impulsli lazer bilan hosil qilingan plazmaning spektral taqsimotidan niobiy elementining (Nb IV) yuqori zayradli ion o‘tish spektral chiziqlari uchun Shtark kengayish koeffisientlari aniqlangan;
impuls davomiyligi 40 fs, to‘lqin uzunligi 1030 nm bo‘lgan Yb:YaG lazer nurlanishi ta’sirida titan va nikel yuzasida turli davr va shakldagi nanostrukturalar hosil qilingan hamda namunalarning optik emissiya spektrlarini tahlil qilish orqali, ular sirtida hosil qilingan plazmaning parametrlari aniqlangan, natijada plazmaning parametrlarini namunalar yuzasida hosil bo‘luvchi davriy strukturalarning tabiati bilan bog‘liq ekanligi ko‘rsatilgan;
titan va nikel yuzasida hosil qilingan plazmaning parametrlari va femtosekund impulsli lazer skanerlash tezligi hamda hosil bo‘lgan nanostrukturaning o‘lchamlari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik olingan, shuningdek lazer plazmasida erkin elektronlar konsentratsiyasining ortishi bilan plazmonik chastotani boshqarish orqali titan va nikel yuzasida nanostruktura shaklining o‘zgarishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Metallar sirtida nano o‘lchamli strukturalar shakllanishiga lazer plazmasi parametrlarining ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
 lazer nurlanishi ta’sirida metallarning sirtida hosil bo‘lgan plazmaning parametrlari elektronlarning zichligi va temperaturasining ta’siri natijalari, ishlab chiqilgan hisoblash algoritmlari “Urganchkormmash” AJ da lazer qurilmasi yordamida metallar va  murakkab konstruktiv materiallarga ishlov berish jarayonida qo‘llanilgan. Natijada, metallarga ishlov berish jarayonlarini sezilarli darajada yaxshilashga erishilgan hamda yakuniy mahsulot sifati oshgan;
metallarning sirtida hosil qilingan plazmaning emissiya spektrlari, jumladan, niobiy Nb (IV) plazmasining spektral liniya chiziqlari uchun aniqlangan Shtark kengayish koeffisientlari Serbiya Belgrad Astronomiya rasadxonasining 451-03-68/2020-14/200002  tadqiqot loyihasida foydalanilgan. Natijada metallar sirtida nano o‘lchamli strukturalarni shakllanish jarayonida hosil bo‘lgan plazmaning parametrlari va davr o‘lchamlari orasidagi bog‘lanishlarni tushuntirishda qo‘llanilgan;
metallarning sirtida nanostrukturalarning shakllanishi bilan bog‘liq asosiy jarayonlar haqidagi muhim ma’lumotlar Latviya universiteti tadqiqot markazidagi ilmiy loyihada foydalanilgan. Natijada, lazer nurlanishi ta’sirida hosil qilingan plazmaning parametrlarini qanday qilib aniqlash va baholash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish