Sabirov Obid Ikrambaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ikkinchi tartibli nochiziqli kirituvchanligi modulyasiyalangan kristallarda lazer nurlanishining chastotasini parametrik almashtirishlar», 01.04.11 – Lazer fizikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/FM494.
Ilmiy rahbar: Sapaev Usman Kalandarovich, fizika-matematika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/29.12.2022.FM.55.07.
Rasmiy opponentlar: Eshchanov Baxodir Xudayberganovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor. Boltaev Ganjaboy Sapaevich, fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ikkinchi tartibli nochiziqli kirituvchanligi modulyasiyalangan kristallarda ixtiyoriy va butun chastotali qisqa lazer impulslarini parametrik kuchaytirish samaradorligini cheklovchi asosiy omillarni o‘rganish, shuningdek, chastotani almashtirish jarayonining samaradorligini oshirishning yangi usullarini kompyuterda modellashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta ikkinchi tartibli nochiziqli kirituvchanligi modulyasiyalangan kristallarda femtosekundli lazer nurlanishini parametrik kuchaytirish jarayoniga dispersiya va uchinchi tartibli Kerr tipidagi nochiziqlilikning ta’sirini hisobga olgan holda signal to‘lqini amplitudasining berilgan maydon yaqinlashishi uchun analitik ifodasi ishlab chiqilgan;
nochiziqli foton kristallarning to‘lqin soni bilan optik parametrik kuchaytirish jarayonida uchinchi tartibli nochiziqlilik va muhitning dispersiyasi ta’siridan kelib chiqadigan fazaviy siljishlarni, qisman kamaytirish mumkinligi, shuningdek signal to‘lqini samaradorligining ikki marotaba oshira oladigan domen uzunligi mavjudligi aniqlangan;
nodavriy qutblangan 5% magniy oksidi qo‘shilgan litiy niobat kristallida Monte-Karlo usuliga asoslangan algoritm domenlar ketma-ketligini tasodifiy usulda joylashtirish bilan samaradorlikli uchinchi garmonika generatsiya olish imkoniyati borligi isbotlangan;
muntazam va muntazam bo‘lmagan domenlar tuzilishiga ega bo‘lgan ikkinchi tartibli nochiziqli kirituvchanligi modulyasiyalangan kristallar parametrik almashtirish jarayonini modellashtirish uchun algoritmlar paketi va dasturlari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ikkinchi tartibli nochiziqli kirituvchanligi modulyasiyalangan kristallarda lazer nurlanishining chastotasini parametrik almashtirishlar jarayonini modellashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra:
dissertatsiya ishida amalga oshirilgan bir jinsli bo‘lmagan domen strukturasiga ega kvadratik kristallarda uchinchi garmonika generatsiyasini amalga oshirishda domenlar ketma-ketligini optimallashtirish uchun Monte-Karlo usuliga asoslangan algoritmni ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalardan Hindiston davlati SASTRA universitetida davlat amaliy — tadqiqot dasturlari doirasida 2020-2023 yillarda olib borilgan INT/UZBEK/P-16: “Nochiziqli foton kristallarda femtosekund davomiylikdagi lazer impulslarining parametrik almashtirishlar – koʻp rangli oʻta qisqa lazer impulslarining manbayini olish usullarini yaralash” nomli amaliy tadqiqot loyihasida foydalanildi (Hindiston davlati SASTRA universiteti 2023 yil 23 mart). Natijada uchinchi garmonika generatsiyani yuqori samaradorlikda olish imkoniyati mavjudligini, strukturasi, tuzilishini o‘rganish va fundamental fizikaviy qonuniyatlarni o‘zlashtirish imkonini yaratdi.
Dissertatsiya ishida kichik parametrda asimptotik kengayishdagi yuqori tartiblarini hisobga olgan holda tuzilgan yorug‘likning nano- obektlar bilan o‘zaro ta’siri xususiyatlari modellashtirish bo‘yicha olingan natijalar Toshkent davlat texnika universiteti “Lazer texnologiyalari va optoelektronika” kafedrasi professori f.m.f.d. Dj.B. Yusupov rahbarligida 2017-2020 yillarda olib borilgan № OT-F2-45 “Vzaimodeystviya strukturovannogo svetavogo polya s nano ob’ektami” (Strukturaviy yorug'lik maydonining nanoobektlar bilan o‘zaro ta’siri) nomli fundamental loyiha ilmiy-texnikaviy vazifalarni bajarishda samarali foydalanildi (Toshkent davlat texnika universiteti 2023 yil 11 aprel sanasidagi 01/9.14-1046 raqamli dalolatnomasi). Ilmiy natijalardan yorug‘lik maydonini strukturalash va uning nano o‘lchamdagi obektlar bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganish uchun simulyasiya qilingan algoritmini ishlab chiqildi. Natijada kichik parametrlarda (obekt o‘lchami/to‘lqin uzunligi) asimptotik kengayishdagi kichiklikning yuqori tartiblarini hisobga olgan holda tuzilgan yorug‘likning nano-ob’ektlar bilan o‘zaro ta’siri xususiyatlarini aniqlash imkonini berdi.