Nuriddinova Roxila Pazlitdin qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Maxsus kiyimlarni avtomatlashtirilgan manzilli loyihalash usullarini takomillashtirish” 05.06.04- “Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4274
Ilmiy rahbar: Abdukarimava Mashxura Abduraimovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, PhD.03/04.10.2023.T.174.01
Rasmiy opponentlar: Nabidjanova Nargiza Nasimjanovna, texnika fanlari doktori, professor; Bebudova Nargiza Narzullaevna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ma’lum mehnat sharoitini hisobga olgan holda bazaviy va model konstruksiya parametrlarining optimizatsiyasi asosida xavfsizlik talablari va yuqori mehnat unumdorligini ta’minlovchi maxus kiyimlarni avtomatlashtirilgan manzilli loyihalash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
maxsus kiyimlar xizmat muddatini uzaytirish va xavfsizlik muammosini to‘liq echish imkoniyatini ta’minlaydigan, turli yog‘-moy, ishqorlarning kiyim yuzasida yig‘ilishidan uning sirti rangi o‘zgarishini nazarda tutuvchi kirlanish darajasini optik usul yordamida baholash uslubi ishlab chiqilgan;
maxsus kiyim ekspluatatsion ishonchliligini oshirish imkonini beradigan muayyan mehnat sharoiti uchun aniqlangan kirlanish sohalarining optimal zonalariga bog‘liq holda kiyim modelining optimal echimini aniqlashning matematik modeli ishlab chiqilgan;
erkaklar elkali kiyimlari konstruksiya elementlarining turli o‘lchamlarda o‘zgarishi bog‘liqliklarining eksperimental tadqiqotlari asosida bazaviy asos cho‘qqi va elka nuqtalari koordinatalarini aniqlash va optimalashtirish parametrlarining qiymatlari asoslangan;
manzilli avtomatlashtirilgan loyihalash tizimining avtoservis korxonasi turli kasbdagi ishchilari uchun maxsus kiyimlar assortimentini shakllantirishning axborot va erkaklar elkali kiyimi bazaviy asoslarini yaratishning dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maxsus kiyimlarni avtomatlashtirilgan manzilli loyihalash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy va amaliy natijalar asosida:
maxsus kiyimlarini avtomatlashtirilgan manzilli loyihalash usuli «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tizimidagi korxonalarda, xususan “GOLDEN RING” MChJda joriy qilingan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2024 yil 11 yanvardagi 03/25-68-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha-konstruktorlik hujjatlarini ishlab chiqishda sarflanadigan vaqtni 19,4%ga qisqartirish, mehnat unumdorligini 24,8%ga oshirishga erishilgan;
avtoservis korxonasi dvigatel sozlovchi ishchilari uchun maxsus kiyimlar modellarining «Texnik tavsif» ko‘rinishidagi me’yoriy hujjatlari “GOLDEN RING” MChJda joriy qilingan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2024 yil 11 yanvardagi 03/25-68-son ma’lumotnomasi). Natijada kirlanish zonalari optimal o‘lchamlari asosida taklif qilingan modelda himoya materialini qo‘llash harajatlarini kamaytirishga, buyurtmachi korxona uchun esa himoya kiyimlari xizmat muddatining uzayishiga erishilgan.