Ibragimov Sanjarbek Salijanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tez o‘zgartirishlar asosida elektr qarshiliklarni tarqalish zonalarini aniqlash uchun parallel algoritmlar va dasturiy majmua yaratish”, 05.01.04- Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T2824
Ilmiy rahbar: Zaynidinov Xakimjon Nasiridinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Kerimov Kamil Fikratovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Abdumalikov Akmaljon Abduxoliq o‘g‘li, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Tez o‘zgartirishlar asosida elektroprofillash usulida olingan elektr qarshilik signallarni anomal zonalarini chuqurlikda tarqalishini aniqlashning parallel algoritmlari va dasturiy majmuasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bir va ikki o‘lchovli signallarni raqamli ishlashda spektral koeffisientlarni hisoblashning to‘rtta tugun nuqtalarni hisobga olgan holda takomillashgan Xaar tez o‘zgartirish algoritmi ishlab chiqilgan;
Xaar tez o‘zgartirishlar asosida maxsus protsessorlar uchun bir o‘lchovli geofizik signallarni raqamli ishlashning parallel algoritmlari ishlab chiqilgan;
bipolinomial bazislarda ikki o‘lchovli geofizik signallarni raqamli ishlashning parallel algoritmi ishlab chiqilgan;
elektroprofillash usuli yordamida olingan elektr qarshilik signallarni anomal zonalarini chuqurlikda tarqalishini aniqlash algoritmi va dasturiy majmua ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Maxsus protsessorlarda ikki o‘lchovli signallarga raqamli ishlov berishning parallel algoritmlari va ularning dasturiy majmuasini yaratish asosida:
Maxsus protsessorlarda Xaar tez o‘zgartirish usuli yordamida geofizik signallarni raqamli ishlashning parallel algoritmlari hamda elektr qarshilik signallarni anomal zonalarini chuqurlikda aniqlash algoritmi asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” davlat muassasiga joriy qilingan (Oʻzbekiston Respublikasi tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024-yil 8-yanvardagi 08-0084-son maʼlumotnomasi). Natijada tog‘ jinslarining turli xil litologik tarkibi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos elektr qarshiligining anomal zonalarini mufassal aniqlash, ularning chuqurlikdagi tarqalishini kuzatish hamda ma’lumotlarning aniqlilik darajasini 21% ga oshirish imkonini bergan.
Ikki o‘lchovli signallarni spektral koeffisientlarini hisoblashning takomillashgan Xaar tez o‘zgartirish algoritmi asosida yaratilgan dasturiy vosita “Vodiy” neft gaz qazib chiqarish boshqarmasiga joriy qilingan. Dasturiy vositani neft zahiralarini qidiruv ishlariga tadbiq etish natijasida er osti qatlamlarida neft mahsulotlari tarqalgan zonalari 3D grafik ko‘rinishda kuzatish imkonini bergan hamda olingan natijalarni aniqligi va ishonchliligi oshishiga va xatoliklarni kamayishiga erishilgan. Bundan tashqari hisoblashga ketadigan vaqt 15% ga va hatolik 8-12% ga kamayishga, mehnat unumdorligi esa 9-11% ga oshishiga erishilgan.