Mirzaraxmedov Zafar Faxridinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Temir yo‘l transporti avtomatika va telemexanika tizimlarining birlashtirilgan mikroelektron kod uzatgichi, 05.08.03 – Temir yo‘l transportini ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4548.
Ilmiy rahbar: Aripov Nazirjon Mukaramovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.15/31.08.2022.T.73.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Uljaev Erkin, texnika fanlari doktori, professor; Xalikov Sodikjon Salixdjanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi temir yo‘l transporti avtomatika va telemexanika tizimlarining birlashtirilgan mikroelektron kod uzatgichini ishlab chiqish va tadbiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
temir yo‘l avtomatika va telemexanika qurilma hamda jihozlariga qo‘yilgan texnik talablarni e’tiborga olib energiya va resurs tejamkor texnologiyalardan foydalanish orqali birlashtirilgan mikroelektron kod uzatgichni ishlab chiqish usullari va tamoyillari asoslangan;
transmitterli kod uzatgichlarning ishlashini tahlil qilish va optimallashtirishni hisobga olib Petri tarmog‘i multigraflari asosida TSh-2000V va TSh-65V relelarini elektr zanjirlari va kodlarni jo‘natish jarayonining matematik modellari ishlab chiqilgan;
elektr mexanik transmitterli relelardan voz kechish maqsadida zamonaviy mikrokontrollerdan samarali foydalanishni hisobga olgan holda birlashtirilgan mikroelektron kod uzatgichning sxemaviy echimlarini amalga oshirish va almashtirish usullari ishlab chiqilgan;
qurilmaning texnik holatini o‘zini o‘zi tashxislash va uni baholash ishlarini inobatga olib ishonchlilikning eksponensial qonuni asosida birlashtirilgan mikroelektron kod uzatgichning ishonchlilik va xavfsizlik ko‘rsatkichlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Temir yo‘l transportida avtomatika va telemexanika tizimlari uchun birlashtirilgan mikroelektron kod uzatgichni yaratish va amalda qo‘llashga yo‘naltirilgan natijalar asosida:
TSh-2000V va TSh-65V relelarini elektr zanjirlari va kodlarni jo‘natish jarayonining matematik modellari, birlashtirilgan mikroelektron kod uzatgichni ishlab chiqishning asoslangan usullari va tamoyillari, uzatgichning sxemaviy echimlarini amalga oshirish va almashtirish usullari, ishonchlilik va xavfsizlik ko‘rsatkichlari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi “Signallashtirish va aloqa boshqarmasi”ga qarashli Nurhayot-Salar peregonida joriy etilgan (“O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2023-yil 19-dekabrdagi          4/E1271-sonli ma’lumotnomasi). Natijada rels zanjirlarida kod uzatgichning bexato ishlashini tekshirish va qurilmalar ishonchliligini takomillashtirishga erishilgan hamda kod uzatish jarayonlari bajarilishining talab etiladigan shartlarini inobatga olish imkonini yaratilgan;.
avtoblokirovka hamda elektr markazlashtirish tizimlarining lokomotivni avtomatik signallashtirish qurilmalariga kod uzatuvchi “STM32F103” turidagi mikrokontrolleri asosida yaratilgan birlashtirilgan mikroelektron kod uzatgich “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi “Signallashtirish va aloqa boshqarmasi”ga qarashli 10-sexida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2023-yilning 19-dekabrdagi 4/E1271-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kontaktli transmitterlarni istisno etish, mavjud releli tizimlar bilan muvofiq ishlay olish, LAS kodlarini kontaksiz jo‘natish, elektr energiyasi va resurs isteʼmolini 45...50% ga kamaytirish, har yillik texnik xizmat ko‘rsatishdan voz kechish imkoniyati paydo bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish