Ikramov Rustamjon G‘ulomjonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gidrogenizatsiyalangan amorf yarimo‘tkazgichlarning optik yutilish koeffisienti spektral xarakteristikalari», 01.04.10–Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DSc/ FM116.
Ilmiy maslahatchi: Zaynobidinov Sirojiddin Zaynobidinovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Andijon davlat universiteti va Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, Dsc.28.02.2018.FM/T.03.05.
Rasmiy opponentlar: Imamov Erkin Zunnunovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Rasulov Rustam Yavkachovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Ayuxanov Rashid Axmetovich, fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Yadro fizikasi inistituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gidrogenizatsiyalangan amorf yarimo‘tkazgichlarga xos bo‘lgan elektronlarni barcha optik o‘tishlari uchun yutilish koeffisienti spektral xarakteristikalarining analitik ifodalarini fizik asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gidrogenizatsiyalangan amorf yarimo‘tkazgichlarning optik yutilish koeffisienti spektral xarakteristikalarini «Kubo-Grinvud formulasi» yordamida Devis-Mott yaqinlashish usuli bilan hisoblash imkoniyati ochib berilgan;
ruxsat etilgan zonalar chegarasidagi elektron holatlari zichligining taqsimoti o‘zgarmas, parabolik, chiziqli va maksimumlarga ega bo‘lgan hollar uchun zonalararo optik yutilish koeffisienti spektral xarakteristikalarini tasdiqlovchi ifodalar echimi aniqlangan;
spektrlarning fundamental yutilish sohasi chegarasida ruxsat etilgan zonalar «dumlari»dagi lokallashgan holatlar ishtirok etuvchi optik o‘tishlar bilan aniqlanadigan yutilish koeffisientining qiymatlari zonalararo yutilish koeffisienti katta qiymatga ega bo‘lishi isbot qilingan;
yutilgan fotonlar energiyasi harakatchanlik tirqishining energetik kengligidan kichik bo‘lganda gidrogenizatsiyalangan amorf yarimo‘tkazgich pardalarining fotoo‘tkazuvchanlik hosil qiluvchi va fotoo‘tkazuvchanlik hosil qilmaydigan optik o‘tishlari bilan aniqlanuvchi yutilish koeffisienti spektral xarakteristikalarining shakllanish mexanizmi ishlab chiqilgan;
Urbax energiyasi uchun aniqlangan ifoda, bu energiyani Fermi sathiga bog‘lanishini aniqlovchi tajriba natijalari va spektrlarni Urbax qoidasi bajariladigan sohasida yuz beradigan harorat effekti sodir bo‘lishi ko‘rsatilgan;
gidrogenizatsiyalangan amorf yarimo‘tkazgichlar harakatchanlik tirqishida joylashgan nuqsonlardagi (uzilgan bog‘lanishlar, legirlovchi kirishmalar) elektron holatlari zichligining taqsimoti uchun model sifatida giperbolik sekans ko‘rinishidagi taqsimot keltirilgan;
nuqsonlar (uzilgan bog‘lanishlar, legirlovchi kirishmalar)da yutilish koeffisienti spektrlarining ko‘rinishi ruxsat etilgan zonalardagi elektron holatlari taqsimoti bilan aniqlanishi ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Gidrogenizatsiyalangan amorf yarimo‘tkazgichlarning optik o‘tishlari uchun yutilish koeffisientining spektral xarakteristikalari tadqiqotidan olingan ilmiy natijalar asosida:
Fotoo‘tkazuvchanlik hosil qiluvchi va hosil qilmaydigan spektrlar uchun olingan natijalar xorijiy jurnallarda (Glass Physics and Chemistry, 37 (3), 283–289; Journal of Crystal Growth, 384, 9–12, 2013; Materials , 10(1), 24, 2017) yutilgan fotonlar energiyasi harakatchanlik tirqishining energetik kengligidan kichik bo‘lganda fotoo‘tkazuvchanlik hosil qiluvchi va hosil qilmaydigan optik o‘tishlari uchun yutilish koeffisienti spektrlarini nazariy hisoblashlarda qo‘llanilgan. Ilmiy natijalardan foydalanish nazariy yo‘l bilan aniqlangan qiymatlarning eksperimental natijalar bilan taqqoslash imkonini bergan;
Urbax energiyasi uchun keltirib chiqarilgan ifoda xorijiy jurnallarda (Glass Physics and Chemistry, 37, 3, 283–289, 2011; Thin Solid Films, 534, 275–281, 2013; Journal of Non-Crystalline Solids, 386, 100–104, 2014) shu energiyani hisoblashda qo‘llanilgan. Ilmiy natijalardan foydalanish Urbax energiyasini haroratga bog‘liqligini aniqlash imkonini bergan;
nuqsonlarda yutilish spektrlari uchun olingan natijalar xorijiy jurnallarda (Optical Materials Express, 4(10), 2066–2077, 2014; Journal of Materials Chemistry A, 47, 18193–18201, 2016; Thin Solid Films, 657, 61–69, 2018) analitik usulda olingan nuqsonlarda yutilish koeffisienti spektrlaridan foydalanib, nuqsonlarning konsentratsiyasini aniqlashda qo‘llanilgan. Ilmiy natijalardan foydalanish nazariy yo‘l bilan aniqlangan qiymatlarning eksperimental natijalar bilan solishtirish imkonini bergan.