Abdumurotov Shohruh Shavkat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Korxona raqobatbardoshligini ta’minlashda moliyaviy vositalardan foydalanish samaradorligini oshirish”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3239.
Ilmiy rahbar:Burxanov Aktam Usmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Qo‘zieva Nargiza Ramazonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Elmirzaev Samariddin Eshkuvatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi korxona raqobatbardoshligini ta’minlashda moliyaviy vositalardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra korxonalarda moliyaviy aktiv va moliyaviy majburiyat holatlarining hosil bo‘lishiga olib keluvchi shartnoma tavsifidagi moliyaviy munosabatlarni ifodalovchi “moliyaviy vosita” tushunchasining mazmuni korxona raqobatbardoshligini ta’minlash omili nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan;
elektrotexnika canoati korxonalari raqobatbardoshligi darajasining “raqobatbardosh emas” [0,30 – 0,45], “o‘rtacha raqobatbardosh” [0,46 – 0,70], “yuqori raqobatbardosh” [0,71 – 3,0] oraliq chegaralariga muvofiq keluvchi qiymat shkalalarini belgilash asosida moliyaviy vositalardan foydalanish imkoniyatlarini baholash takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda elektrotexnika sanoatini rivojlanishining o‘rta muddatli rivojlanish ssenariylarining 2026 - yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari chiziqli trend asosida ishlab chiqilgan;
“O‘zeltexsanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalarning moliyaviy raqobatbardoshligi darajasi dinamikasining 2030 - yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari Elliot to‘lqini asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Korxonalar raqobatbardoshligini ta’minlashda moliyaviy vositalaridan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra korxonalarda moliyaviy aktiv va moliyaviy majburiyat holatlarining hosil bo‘lishiga olib keluvchi shartnoma tavsifidagi moliyaviy munosabatlarni ifodalovchi “moliyaviy vosita” tushunchasining mazmunini korxona raqobatbardoshligini ta’minlash omili nuqtai-nazaridan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Raqobat razvedkasi” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2024 - yil 29-fevraldagi 45-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida moliyaviy vositalarga oid nazariy-uslubiy qarashlar chuqurlashtirilib, talabalarda korxona raqobatbardoshligini ta’minlash omili nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan “moliyaviy vosita” tushunchasi bo‘yicha yangi nazariy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga imkon yaratgan;
elektrotexnika sanoati korxonalari raqobatbardoshligi darajasining “raqobatbardosh emas” [0,30 – 0,45], “o‘rtacha raqobatbardosh” [0,46 – 0,70], “yuqori raqobatbardosh” [0,71 – 3,0] oraliq chegaralariga muvofiq keluvchi qiymat shkalalarini belgilash asosida moliyaviy vositalardan foydalanish imkoniyatlarini baholash taklifi “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tomonidan uyushma tarkibidagi “Grand Techno Master” MChJning “Iqtisodiy barqarorligini oshirish hamda rivojlantirish dasturlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zeltexsanoat” uyushmasining 2023-yil 5 sentyabrdagi № 04-3//1174-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Grand Techno Master” MChJning raqobatbardoshlik darajasi baholanib, moliyaviy barqarorligiga xavf soluvchi ichki tahdidlar aniqlangan, ularni bartaraf etish asosida 2022-yil yakuni bo‘yicha ushbu korxonalarning raqobatbardoshligini mutanosib ravishda 0,2 hamda 0,3 punktga oshirish imkonini bergan;
O‘zbekistonda elektrotexnika sanoatini rivojlanishining o‘rta muddatli rivojlanish senariylarining 2026-yilga qadar chiziqli trend asosida ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tomonidan uyushma tarkibidagi “Grand Techno Master” MChJning “Iqtisodiy barqarorligini oshirish hamda rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zeltexsanoat” uyushmasining 2023-yil 5 sentyabrdagi № 04-3//1174-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida“Grand Techno Master” MChJni uzoq muddatli istiqboldagi rivojlantirish strategiyasi parametrlarini aniqlashtirish hamda asosiy faoliyat ko‘rsatkichlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan;
“O‘zeltexsanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalarning moliyaviy raqobatbardoshligi darajasi dinamikasining Elliot to‘lqini asosida ishlab chiqilgan 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlaridan ushbu korxonalarning “Iqtisodiy barqarorligini oshirish hamda rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zeltexsanoat” uyushmasining 2023-yil 5 sentyabrdagi № 04-3//1174-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Grand Techno Master” MChJ raqobatbardoshlikni oshirishga optimal moliyaviy vositalar tanlab olinib, 2030-yilda asosiy kapitalga kitilgan investisiyalar hajmini “Grand Techno Master” MChJda 7,5 foizga oshirish imkoni aniqlangan.