Soatov G‘iyossiddin Turdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qashqadaryo ekologik saprob indikator suvo‘tlarining geografik tarqalishi va undan suv sifatini bionazorat qilishda foydalanish», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/B345.
Ilmiy rahbar: Alimjanova Xolisxon Alimjanovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/27.02.2020.B.01.05.
Rasmiy opponentlar: Raximova Tashxanim To‘ymuxamedovna, biologiya fanlari doktori, professor; Kuzmetov Abdulaxmet Raymberdievich, biologiya fanlari doktori,professor.
Yetakchi tashkilot: Mikrobiologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qashqadaryo ekologik saprob-indikator suvo‘tlarining geografik tarqalishi va undan suv sifatini bionazorat qilishda foydalanishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qashqadaryo daryosi oqimi bo‘ylab suvning ifloslanish darajasini ko‘rsatuvchi ekologik saprob-indikator suvo‘tlarning turlar tarkibini (75 tur va tur xillari: 68 tur, 6 variatsiya, 1 forma) to‘liq inventarizatsiyalash orqali taksonlarning floristik va taksonomik tahlillari amalga oshirilgan, al`gofloradagi progressiv va regressiv turlar aniqlangan, muhofazaga muhtoj yo‘qolish arafasidagi turlar aniqlangan;
 indikator-saprob suvo‘tlarning harorat, mineralizatsiya va muhitga ta’sirchanligi kabi ekologik omillarga munosabatiga ko‘ra ekologik guruhlari tahlil qilingan hamda suvo‘tlarning oqim bo‘ylab taqsimlanish xususiyatlari asoslangan;
Qashqadaryo daryosi suvi haroratining ko‘tarilishi suvo‘tlarning turlar sonining ortishiga va haroratning pasayishi turlar sonining kamayishiga to‘g‘ri proporsionalligi ochib berilgan;
ekologik saprob-indikator suvo‘tlarning monitoring nuqtalar va oqimlardagi saproblik indeks ko‘rsatkichlari (Si) birinchi marotaba hisoblangan, shu asosida suv sifati baholanib, daryo ekologik-saprob zonalari belgilangan va bu ko‘rsatkichlar ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qashqadaryo ekologik saprob-indikator suvo‘tlarining geografik tarqalishi va undan suv sifatini  bionazorat qilishda foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qashqadaryo daryosi suvo‘tlari turlarining tashqi muhit omillariga (suvning harorati, mineralizatsiya, muhitga ta’sirchanlik) ko‘ra ekologik guruhlari o‘rganilgan hamda ularning daryo oqimi bo‘ylab taqsimlanish xususiyatlarini tahlil qilish orqali daryo suvning harorati, mineralizatsiyasi va pH ko‘rsatkichlarini oqim bo‘ylab ortib borishi ko‘rsatkichlari Qashqadaryo viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof – muhitni  muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 20 martdagi 03-03/3-2713-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qashqadaryo daryosini suvining harorati, mineralizatsiyasi va pH ko‘rsatkichlarini mavsumiy hamda oqim bo‘ylab ortish ko‘rsatkichlarini belgilash, bu ko‘rsatkichlarga ta’sir etuvchi manbalarni aniqlash  hamda biomonitoringini olib borish imkonini bergan;
daryo al`goflorasi tarkibidagi indikator-saprob suvo‘tlarining oqim bo‘ylab tarqalishi, daryo suvning organik moddalar bilan ifloslanish indeks ko‘rsatkichlari, suvning sifatini, ekologik zonalarini belgilash hamda daryo al`goflorasi tarkibidagi regressiv turlarning kamayib borish sabablari hamda uni oldini olishga oid tavsiyalar Qashqadaryo viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof – muhitni  muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 20 martdagi 03-03/3-2713-son ma’lumotnomasi). Natijada, daryo suvini oqim bo‘ylab va mavsumiy ifloslanish darajalarini ortib borish sabablarini aniqlash, suvning tozalik darajasini belgilash hamda kamayib borayotgan turlarni muhofaza qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
daryo suvi fizik-kimyoviy tarkibining miqdor va sifat ko‘rsatkichlari tahlil qilingan, daryo oqimi bo‘ylab kimyoviy birikmalarning ortib borish tendensiyasini asoslovchi tavsiyalar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Qashqadaryo viloyat boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining 2024 yil 5 martdagi 20-8/267-son ma’lumotnomasi). Natijada, daryoning oqim bo‘ylab organik moddalar bilan ifloslanish manbalarini belgilash hamda suvdagi moddalarning ruxsat etilgan me’yorlarini nazorat qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish