Shermatov Murodjon Abdumutal o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sudlarda jamoatchilik nazorati institutini takomillashtirish”, 12.00.07 Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Yu493. 
Ilmiy rahbar: Aripov Dilshod Urinbaevich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Suyunova Dilbar Joldasbaevna, yuridik fanlar doktori, professor; Abduqodirov Sherzod Yoqubjonovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.    
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sudlarda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy holati va rivojlanish yo‘nalishlarini tadqiq etish hamda huquqiy va tashkiliy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Konstitusiyaviy sudning ochiq sud majlislarida sud majlisi ishtirokchilari va zalda hozir bo‘lganlar sud majlisining borishini qayd etishga, ovozli yozuvni amalga oshirishga haqliligi, sud majlisini fototasvirga olishga, videoyozuvini amalga oshirishga, shuningdek uni radio va televidenie orqali uzatishga sud majlisida raislik qiluvchining ruxsati bilan yo‘l qo‘yilishi, mazkur harakatlar sud majlisini o‘tkazishga xalaqit bermasligi kerakligi va sud majlisida raislik qiluvchi tomonidan vaqt bo‘yicha cheklanishi mumkinligi asoslab berilgan; 
ochiq sud majlisida protsess ishtirokchisi bo‘lmagan shaxslar va OAV vakillarining qonunda belgilangan tartibda fotosuratlar, video, audio yozuvlarni amalga oshirishi va onlayn translyasiya qilib borishi mumkinligi asoslantirilgan;
sudlar fuqarolarning huquqbuzarliklar oldini olish yoki ularni to‘xtatishga, jinoyatchilarni ushlashga qaratilgan harakatlarini rag‘batlantirish maqsadida, ularning ish, o‘qish va yashash joyiga xabarnomalar yuborish, shuningdek ommaviy axborot vositalaridan foydalanish lozimligi asoslab berilgan;
zarur hollarda hukm ma’lumot uchun matbuot, radio, televidenie yoki uning tarbiyaviy ta’siri keng bo‘lishini ta’minlovchi boshqa usullarda jamoatchilik e’tiboriga etkazilishi lozimligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Sudlarda jamoatchilik nazorati institutini takomillashtirish mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Konstitusiyaviy sudning ochiq sud majlislarida sud majlisi ishtirokchilari va zalda hozir bo‘lganlar sud majlisining borishini qayd etishga, ovozli yozuvni amalga oshirishga haqliligi, sud majlisini fototasvirga olishga, videoyozuvini amalga oshirishga, shuningdek uni radio va televidenie orqali uzatishga sud majlisida raislik qiluvchining ruxsati bilan yo‘l qo‘yilishi, mazkur harakatlar sud majlisini o‘tkazishga xalaqit bermasligi kerakligi va sud majlisida raislik qiluvchi tomonidan vaqt bo‘yicha cheklanishi mumkinligiga oid taklif “O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonuni 50-moddasining to‘rtinchi qismini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil 12-maydagi 04/11-12-05-son dalolatnomasi). Ushbu taklif Konstitusiyaviy sudning ochiq sud majlislarida sud majlisi ishtirokchilari va sud zalida hozir bo‘lgan shaxslarga qaydlar qilib borish, fototasvirga olish, video va audio yozuvlarni amalga oshirish va ularni translyasiya qilish imkoniyatini yaratgan;
ochiq sud majlisi zalida hozir bo‘lgan shaxslar, OAV vakillari qonunda belgilangan tartibda sud zalida fotosuratga olishi, video va audio yozuvni amalga oshirishi mumkinligi haqidagi taklif “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 12-moddasining ikkinchi qismini shakllantirishda foqdalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil 12-maydagi 04/11-12-05-son dalolatnomasi). Ushbu taklif sud majlislarining oshkoraligi va shaffofligini ta’minlash, keng jamoatchilikning sud majlisini yoritishga oid huquqiy mexanizmlarini belgilab berishga xizmat qilgan;
sudlar fuqarolarning huquqbuzarliklar oldini olish yoki ularni to‘xtatishga, jinoyatchilarni ushlashga qaratilgan harakatlarini rag‘batlantirish maqsadida, ularning ish, o‘qish va yashash joyiga xabarnomalar yuborish, shuningdek ommaviy axborot vositalaridan foydalanish amaliyotini joriy etish lozimligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jinoyat sabablari va ular sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash bo‘yicha sudlar rolini oshirish to‘g‘risida”gi qarorining o‘ninchi bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023-yil 27-dekabrdagi 08/1027-23-son dalolatnomasi). Mazkur taklif huquqbuzarlikni oldini olish va ularga yo‘l qo‘ymaslik imkoniyatlarini oshirishga va bu jarayonga keng jamoatchilikni jalb qilish mexanizmlarini belgilashga xizmat qilgan;
zarur hollarda hukm ma’lumot uchun matbuot, radio, televidenie yoki uning tarbiyaviy ta’siri keng bo‘lishini ta’minlovchi boshqa usullarda jamoatchilik e’tiboriga etkazilishi lozimligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jinoyat sabablari va ular sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash bo‘yicha sudlar rolini oshirish to‘g‘risida”gi qarori o‘n uchunchi bandining uchinchi xatboshisini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023-yil 27-dekabrdagi 08/1027-23-son dalolatnomasi). Mazkur takliflarning qabul qilinishi orqali ommaviy axborot vositalari orqali sud hujjatlarining mazmun va mohiyatini keng jamoatchilikka etkazishga, ularning huquqiy bilimlarini oshirishga, shuningdek huquqbuzarliklar uchun javobgarlik va jazo muqarrarligi prinsipining amalda ta’minlanishini ko‘rsatishga va sud hukmlarining tarbiyaviy ta’sirini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish