Islamov Shavkatjon Xabibullaevichning
falsafa doktori (PhD)  dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Xurujsimon turda kechuvchi shizofreniyaning klinik prognozi va residivlar profilaktikasi", 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot, 14.00.18 – Psixiatriya va narkologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1816.
Ilmiy rahbar: Agranovskiy Mark Leyzerovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.02.
Rasmiy opponentlar:  Alimov Ulugbek Xudoyarovich,  tibbiyot fanlari doktori, professor; Jo‘raeva Mohigul Azimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi klinik prognoz omillarini o‘rganish va xurujsimon (epizodik) shizofreniyaning residivlarini oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
epizodik kechuvchi shizofreniyaning erta klinik prognozini aniqlash uchun shaxsiyatning ijtimoiy va premorbid patologik xarakter xususiyatlari mavjud emasligi (37,3%) va manifestning kech yuzaga kelishi (52,8%) va kasallikning erta boshlanishi (33,8%) noqulay prognostik omillar ekanligi aniqlangan;
kasallikni erta klinik prognozini aniqlash uchun kasallikning
1-sikli klinik omillar majmuasining depressiv buzilishlarning ustunligi (40,1%) bilan kasallikning o‘tkir boshlanishi (63,3%),  prognostik qiymatlari isbotlangan;
shizofreniyaning kechish va rivojlanishi remissiyadagi ifodalanmagan psixopatologik buzilishlar va tekshiruv vaqtidagi barqaror remissiya holatlari (51,8%) qulay prognoz bilan bog‘liqligi asoslangan;
bemorlarning ushbu guruhida kasallikning residivlarini oldini olish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil “15” noyabrdagi  6i/41u -son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2023 yil 29 dekabrdagi 6i-37/X-son xati yuborilgan).
birinchi ilmiy yangilik. epizodik kechuvchi shizofreniyaning erta klinik prognozini aniqlash uchun ijtimoiy va premorbid shaxsiy xususiyatlar majmuasining prognostik qiymati aniqlangan.«Epizodik kechuvchi shizofreniyaning birinchi siklining prognostik qiymatini baholash uchun davolash va profilaktika algoritmi» mavzusidagi uslubiy qo‘llanmani Farg‘ona viloyat psixonevrologiya shifoxonasi (№ 93/1 28 noyabr` 2023 yil), Namangan viloyat psixonevrologiya shifoxonasi(№65-A/f 29 noyabr` 2023yil) va Andijon viloyat psixonevrologik dispanseri (№118 27 noyabr` 2023yil) amaliy faoliyatiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: epizodik kechuvchi shizofreniya bilan og‘rigan bemorlar guruhida quyidagi salbiy ijtimoiy premorbid omillar aniqlandi: irsiyatning og‘irlashishi - (73,3%), shizoidli premorbid shaxs xususiyatlari - (36,3%), kasallik boshlanishdagi ekzogeniyalar - (58,4%), kasallikning kech boshlanishi (30 yoshdan keyin) - (52,8%), to‘liq bo‘lmagan o‘rta ta’limdan kam ma’lumotga ega shaxslar - (38,8%), malakasiz qo‘l mehnati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar - (31,3%) va turmush qurmaganlar - (46,9%). Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: epizodik kechuvchi shizofreniya bilan og‘rigan bemorlar davlat tomonidan ijtimoiy himoyaga olinadi. Har bir bemor 12 oy davomida kamida bir marotaba statsionar davolanish va doimiy ambulator terapiyasi olishlari shart, bu esa bir bemorga o‘rtacha 15,6 mln. so‘mni tashkil etadi (Andijon viloyat psixonevrologiya dispanseri 2023 yil (yillik) buxgalteriya xisobotlariga asosan). Shunday qilib, epizodik kechuvchi shizofreniya bilan og‘rigan bir bemorni statsionarda davolash davlatga o‘rtacha 10,9 mln. so‘mga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, bunday bemorlarning ambulator davolanishi uchun o‘rtacha 4,7 million so‘m mablag‘ sarflanmoqda. Ilmiy izlanishlari natijasi yuzasidan ishlab chiqilgan psixoprofilaktik algoritm asosida olib borilgan profilaktik choralar natijasida xar bir bemorga sarflanayotgan davlat mablag‘larini 2 barobargacha tejash imkonini bergan. Xulosa: Demak, bir bemorni kasalxonada davolash o‘rtacha 10,9 mln. so‘mni tashkil etadi, shuningdek, bunday bemorlarni ambulator davolash uchun o‘rtacha 4,7 mln. so‘m sarflanadi, epizodik shizofreniyaning o‘tkir xurujlarining oldini olish va kasalxonaga yotqizishlar sonini kamaytirish, o‘z navbatida, davlat xarajatlarini xar bir bemor xisobidan 7,8 mln. so‘mdan tejash imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: epizodik kechuvchi shizofreniyaning erta klinik prognozini aniqlash uchun kasallikning 1-siklidagi klinik omillar majmuasining prognostik qiymati aniqlangan. «Epizodik kechuvchi shizofreniyaning birinchi siklining prognostik qiymatini baholash uchun davolash va profilaktika algoritmi» mavzusidagi uslubiy qo‘llanmani Farg‘ona viloyat psixonevrologiya shifoxonasi (№ 93/1 28 noyabr` 2023 yil), Namangan viloyat psixonevrologiya shifoxonasi (№65-A/f 29 noyabr` 2023yil) va Andijon viloyat psixonevrologik dispanseri (№118 27 noyabr` 2023yil) amaliy faoliyatiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: natijalarni amaliyotga tadbiq qilish erta tashxis, kasallikning birinchi siklining davomiyligi, yotoq kunlari sonini, nogironlik darajasini kamaytirish, remissiya sifatini yaxshilash, umr ko‘rish davomiyligi va sifatini oshirishga o‘z xissasini qo‘shadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: epizodik kechuvchi shizofreniya bilan og‘rigan bemorlar davlat tomonidan ijtimoiy yordamga olinadi, Bir kurs bilan bir bemorni kasalxonada davolash o‘rtacha 10,9 mln. so‘mni tashkil etadi.  Shuningdek, bunday bemorlarni ambulator davolash uchun o‘rtacha 4,7 million so‘m sarflanadi (Andijon viloyat psixonevrologiya dispanseri 2023 yil (yillik) buxgalteriya xisobotlariga asosan). Ishlab chiqilgan psixoprofilaktik algoritm asosida klinik-katamnestik va klinik-anamnestik usullarini qo‘llash orqali olib borilgan diagnostik choralar natijasida, kasallikning erta aniqlash va oldini olishga erishish orqali xar bir bemorga sarflanayotgan davlat mablag‘larini 2 barobar tejash imkonini bergan. Xulosa: demak, epizodik kechuvchi shizofreniyaning birinchi siklidagi bemorlarni davolash uchun o‘rtacha 15,6 mln.so‘m sarflanadi, epizodik kechuvchi shizofreniyaning 1-siklini qisqartirilshi  o‘z navbatida  davlat xarajatlarini ikki baravar tejash, 7,8 mln. so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: epizodik kechuvchi shizofreniyaning kechish va rivojlanish tezligi variantlari o‘rganildi va aniqlangan. «Epizodik kechuvchi shizofreniyaning birinchi siklining prognostik qiymatini baholash uchun davolash va profilaktika algoritmi» mavzusidagi uslubiy qo‘llanmani Farg‘ona viloyat psixonevrologiya shifoxonasi (№ 93/1 28 noyabr` 2023 yil), Namangan viloyat psixonevrologiya shifoxonasi(№65-A/f 29 noyabr` 2023yil) va Andijon viloyat psixonevrologik dispanseri (№118 27 noyabr` 2023yil) amaliy faoliyatiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: amaliyotga kiritish natijalari asoratlar va xatolar sonini minimallashtirishga yordam berdi,  bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, kasallikning xurujlari davomiyligini qisqartirish, davolanish kunlarining sonini, nogironlik darajasini kamaytirish, remissiya davomiyligini oshirish va epizodik kechuvchi shizofreniya bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bir bemorni kasalxonada davolash o‘rtacha 10,9 mln. so‘mni tashkil etadi Shuningdek, bunday bemorlarni ambulator davolash uchun o‘rtacha 4,7 mln. so‘m sarflanadi (Andijon viloyat psixonevrologiya dispanseri 2023 yil (yillik) buxgalteriya xisobotlariga asosan). Epizodik kechuvchi shizofreniyaning klinik variantlari va rivojlanish sur’atlarini aniqlab, davolash-profilaktik chora-tadbirlarini amalga oshirish har bir bemorga sarflanayotgan mablag‘larning 2 barobar tejash imkonini bergan. Xulosa: demak, epizodik shizofreniyaning o‘tkir xurujlarining oldini olish, kasalxonaga yotqizishlar sonini kamaytirish va remissiya muddatini uzaytirish, o‘z navbatida, davlat xarajatlarini 2 barobar tejash imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: kasallikning residivlarini oldini olish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. «Epizodik kechuvchi shizofreniyaning birinchi siklining prognostik qiymatini baholash uchun davolash va profilaktika algoritmi» mavzusidagi uslubiy qo‘llanmani Farg‘ona viloyat psixonevrologiya shifoxonasi (№ 93/1 28 noyabr` 2023 yil), Namangan viloyat psixonevrologiya shifoxonasi(№65-A/f 29 noyabr` 2023yil) va Andijon viloyat psixonevrologik dispanseri (№118 27 noyabr` 2023yil) amaliy faoliyatiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: hozirgi vaqtda shizofreniya bilan og‘rigan bemorlarni birinchi psixotik epizod bilan reabilitatsiya qilishda zamonaviy antipsixotik dorilar bilan psixofarmakoterapiya, psixoterapevtik va psixosotsial aralashuv usullarini o‘z ichiga olgan jamoaviy integratsiyalashgan yondashuv tan olingan va samarali xisoblanadi. O‘rganilayotgan aholining zamonaviy xususiyatlarini, ijtimoiy va mehnatga moslashuvi va hayot sifatini hisobga olgan holda biz tabaqalashtirilgan reabilitatsiya dasturlarini ishlab chiqdik. Diagnostika algoritmlarini qo‘llash samaradorligi erta tashxis qo‘yish va birinchi siklning epizodik turi bilan shizofreniya uchun psixofarmakoterapiyani to‘g‘ri tanlashda namaoyon bo‘ladi, bu o‘z o‘rnida asoratlar va qoldiq ko‘rinishlarning oldini olishga, nogironlik va psixnevrologik dispanserda yotoq kunlarini qisqartirishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: iqtisodiy samaradorlikni hisoblash psixofarmakoterapiya xarajatlarini kamaytirishga bog‘liq (qimmatroq antipsixotiklarning takroriy reseptlari, shuningdek, asoratlar va qoldiq namoyon bo‘lgan taqdirda qo‘shimcha dori-darmonlar va reabilitatsiya davolash choralari). Diagnostika va psixofarmakoterapiya algoritmlarini joriy etish remissiyalarning davomiyligi va sifatini oshiradi, bemorlarning hayot sifatini oshiradi va shu bilan kasalxonaga yotqizish chastotasini, kasalxonada qolishni, xurujlarni kamaytirish  va qimmat dori vositalari xarajatlarini qisqartiradi.  Xulosa: shunday qilib, bir bemorni kasalxonada davolash o‘rtacha 10,9 mln. so‘mni tashkil etadi,  shuningdek, bunday bemorlarni ambulator davolash uchun o‘rtacha 4,7 mln. so‘m sarflanadi (Andijon viloyat psixonevrologiya dispanseri 2023 yil (yillik) buxgalteriya xisobotlariga asosan), epizodik shizofreniyaning o‘tkir xurujlarining oldini olish, kasalxonaga yotqizishlar sonini kamaytirish va remissiya muddatini ko‘paytirish, o‘z navbatida, har bir bemorga sarflanayotgan mablag‘larning 2 barobar tejash imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish