Soxibov Oybek Mardonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalar yuz-jag‘ sohasi odontogen flegmonalarida mahalliy davo samaradorligini oshirish”, 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib3380.
Ilmiy rahbar: Shomurodov Qaxramon Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Azimov Muxamadjon Ismailovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yusupov Ruslan Dokkaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy xlor saqlovchi antiseptik eritma va faollashgan uglerod kumush ionlari bilan qoplangan bog‘lamini qo‘llagan holda bolalarda yuz jag‘ sohasi odontogen flegmonalarini mahalliy davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
organilgan bemorlar tahlil asosida jag‘ osti, lunj, daxan osti, qanot-jag‘ sohalari odontogen flegmonalari bo‘lgan bolalarning gospitalizatsiya sonini o‘sishi aniqlangan va ulardan 7,1 % da erta va kechki asoratlar aniqlangan;
bolalarda yuz-jag‘ soxasi odontogen flegmonalarni maxalliy davolashda xlor saqlovchi antiseptik eritmasi va faollashgan uglerod kumush ionlari bilan koplangan bog‘lam yiringli yallig‘lanish mikroflorasi vakillari Streptococcus salivarius 23%, Streptococcus mutans 48%, Staphylococcus epidermidis 35%, Staphylococcus saprophyticus 26%,ga ishonarli darajada kamaytiridi va mikrofllorani to‘lik normallashishi asoslangan;
yuz-jag‘ soxasi odontogen flegmonasi bo‘lgan bolalarda morfologik tekshirish usullari ma’lumotlari bo‘yicha xlor saqlovchi antiseptik eritma va faollashgan uglerod kumush ionlari bilan qoplangan bog‘lamini qo‘llagan yara jarayoni dinamikasiga, reparativ jarayonlarni yaxshilanishiga ijobiy ta’siri isbotlangan;
yuz-jag‘ soxasi odontogen flegmonasi bo‘lgan bolalarda odontogen tabiatli flegmonalarni mahalliy davolashda xlor saqlovchi antiseptik eritma va faollashgan uglerod kumush ionlari bilan qoplangan bog‘lamini qo‘llanilishi yara bitishini va yallig‘lanish simptomlarini to‘htatilishini sezilarli tezlashishi hamda ambulator davolanish davrini 8,5±0,5 kundan 5,5±0,5 kungacha kamayishiga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy kilinishi.
Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspert Kengashining 2024 yil 16 apreldagi 35-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: retrospektiv tahlil asosida jag‘ osti, lunj, daxan osti, qanot-jag‘ sohalari odontogen flegmonalari bo‘lgan bolalarning gospitalizatsiya sonini o‘sishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Shuningdek, olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Chirchiq shahar bolalar tish davolash stomatologiya poliklinikasi hamda OOO «DINAR STOMA» xususiy stomatologik klinikasiga tatbiq qilindi (Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspert Kengashining 2024 yil 16 yanvardagi 04-z/44-sonli xulosasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomalar yuz-jag‘ sohasi odontogen flegmonalarini maxalliy davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasida 2019-2021 yillar oralig‘ida bolalar yuz-jag‘ sohasida odontogen flegmona tashxisi bilan 955 nafar bemor davolanib, shulardan yiringli yallig‘lanish jarayoni 33,6 % bir bo‘shliqli, 35,2 % ikki bo‘shliqli, 31,2% uch va undan ortiq anatomik soxalarga tarqalishi bilan kechganligi, ulardan 7,1 % da erta va kechki asoratlar kuzatilgan. Ambulator yordam so‘rab murojaat qilgan bemorlarning eng ko‘p soni Toshkent viloyatidan 50,6%, ya’ni 484 nafar bemorni, Toshkent shahridan 26,6%, ya’ni 254 nafar bemorni va 22,7% hollarda, ya’ni 217 nafar bolalarni O‘zbekiston Respublikasining boshqa viloyatlaridan kelgan bemorlar tashkil qilganligi aniklandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Shundan iboratki, Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasida 2019-2021 yillar oralig‘ida bolalar yuz-jag‘ sohasida odontogen flegmona tashxisi bilan 955 nafar bemor davolanganini inobatga olsak va o‘rtacha davolanish muddati 8-10 kun deb olsak, asoratlarning oldini olish va tavsiya etilgan algoritmda davlanish muddatini 5 kunga qisqartiradi. Bu esa bur bemordan o‘rta hisobda har bir kun uchun 92500 so‘m davlat byudjetidan iqtisod qilinadi.
ikkinchi ilmiy yangilik bo‘yicha yuz-jag‘ soxasi odontogen flegmonasi bo‘lgan bolalarda morfologik tekshirish usullari ma’lumotlari bo‘yicha xlor saklovchi antiseptik eritmasi va bog‘lamini qo‘llanilishi yara jarayoni dinamikasiga, reparativ jarayonlarni yaxshilanishiga ijobiy ta’siri isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati taklif etilgan yiringli-yallig‘lanish kasalliklarni davolash usuli xirurg-stomatologlar tomonidan xam statsionar, hamda ambulator sharoitda qo‘llanilishi mumkinligi, davolash muddatlarini qisqartirishi va iqtisodiy samaradorligi bilan izohlanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: . Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Shuningdek, olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Chirchiq shahar bolalar tish davolash stomatologiya poliklinikasi hamda OOO «DINAR STOMA» xususiy stomatologik klinikasiga tatbiq qilindi (Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspert Kengashining 2024 yil 16 yanvardagi 04-z/44-sonli xulosasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomalar yuz-jag‘ sohasi odontogen flegmonalarini maxalliy davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Bolalarda yuz-jag‘ soxasi odontogen flegmonalarni maxalliy davolashda xlor saqlovchi antiseptik eritmasi va faollashgan uglerod kumush ionlari bilan koplangan bog‘lam yiringli yallig‘lanish mikroflorasi vakillari Streptococcus salivarius 23%, Streptococcus mutans 48%, Staphylococcus epidermidis 35%, Staphylococcus saprophyticus 26%, ga ishonarli darajada kamaytiridi va mikrofllorani to‘lik normallashtirdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limida yuz-jag‘ sohasining odontogen flegmonasi bo‘lgan bemorlarning o‘rtacha yotish muddati ham baholandi: «Microdacyn» va «Vlivaktiv Ag» bilan davolash rejimiga kiritilgan bemorlar kasalxonada 4-5 kun qolishdi, bu an’anaviy davolanishni olgan bemorlar guruhiga nisbatan 3-4 kunga kam. Iqtisodiy jihatdan bir bemor uchun o‘rta hisobda barcha harajatlarni hisobga olgan holda 1 kunlik davolanish summasini 92500 so‘m deb oladigan bo‘lsak, 3 kunlik davolanish harajati ya’ni (3x92500 so‘m) 277500 so‘m iqtisod qilinadi. Agarda yiliga o‘rtacha 318 ta operatsiya o‘tkazilishini inobatga olsak (318x277500 so‘m), yiliga eng kamida 88245000 so‘m davlat byudjetidan iqtisod qilinishiga erishiladi.
uchunichi ilmiy yangilik: yuz-jag‘ soxasi odontogen flegmonasi bo‘lgan bolalarda odontogen tabiatli flegmonalarni mahalliy davolashda «Microdacyn» antiseptik eritmasi va «Vlivaktiv Ag»bog‘lamini qo‘llanilishi yara bitishini va yallig‘lanish simptomlarini to‘htatilishini sezilarli tezlashishi hamda ambulator davolanish davrini 8,5±0,5 kundan 5,5±0,5 kungacha kamayishiga olib kelishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: (xlorli kislota asosida) antiseptik eritmasi va (kumush ionlari bilan) antibakterial bog‘lamini qo‘llash orqali yuz-jag‘ sohasidagi odontogen tabiatdagi yumshoq to‘qimalar flegmonasi bo‘lgan shaxslarni mahalliy davolash uchun innovatsion algoritmni yaratish va joriy etishga yo‘naltirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Shuningdek, olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Chirchiq shahar bolalar tish davolash stomatologiya poliklinikasi hamda OOO «DINAR STOMA» xususiy stomatologik klinikasiga tatbiq qilindi (Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspert Kengashining 2024 yil 16 yanvardagi 04-z/44-sonli xulosasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomalar yuz-jag‘ sohasi odontogen flegmonalarini maxalliy davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: biz ishlab chiqqan davolash algoritmi jarrohlik va davolanishdan keyingi asoratlarning sezilarli darajada kamayishiga olib keladi . Yuz sohasining odontogen flegmonasi bo‘lgan bemorlar kasalxonada o‘rtacha 7-10 kun davolanadi, bir kunlik kasalxonada yotish 45000 so‘m, oziq - ovqat mahsulotlari 17500 so‘m, dori vositalari 30 000 so‘m. 10 kunga davlat byudjetidan 450 000 + 175000 + 300 000 = 925000 so‘m ajratilishi kerak. Agar yiliga o‘rtacha 318 ta operatsiya o‘tkazilsa, ularning 23 foizida asoratlar kuzatiladi, 42 nafar bemorga takroriy jarrohlik aralashuvlar talab qilinadi, xarajatlar 294 150 000 so‘mni tashkil qiladi. Mahalliy davolanishning tavsiya etilgan usuli bo‘yicha bir kun kasalxonada yotish - 45 000 so‘m, mahsulotlar - 17500 so‘m, dori - darmonlar- 30000 so‘m (5 kunga 225000 + 87500 + 150000 = 462000) 146916 000 davlat byudjetidan ajratiladi. Davolash usulimizga ko‘ra, bemorning kasalxonada qolish muddati tavsiya etilgan davolash samaradorligi hisobiga qisqartiriladi va shu bilan yiliga 147234000 so‘mlik byudjet mablag‘lari sarfi kamaytirilishiga erishiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bolalarda yuz-jag‘ soxasida odontogen tabiatli flegmonalarni davolashni klinik qo‘llash uchun taklif qilingan mahalliy davolash usuli mikrobiologik ko‘rsatkichlarni me’yoriy qiymatlargacha tiklagani, bu esa klinik kuzatuvlarda ijobiy aks etgani va asoratlar rivojlanishini oldini olish imkonini berishi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: (xlorli kislota asosida) antiseptik eritmasi va (kumush ionlari bilan) antibakterial bog‘lamini qo‘llash orqali yuz-jag‘ sohasidagi odontogen tabiatdagi yumshoq to‘qimalar flegmonasi bo‘lgan shaxslarni mahalliy davolash uchun innovatsion algoritmni yaratish va joriy etishga yo‘naltirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Shuningdek, olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Chirchiq shahar bolalar tish davolash stomatologiya poliklinikasi hamda OOO «DINAR STOMA» xususiy stomatologik klinikasiga tatbiq qilindi (Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspert Kengashining 2024 yil 16 yanvardagi 04-z/44-sonli xulosasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomalar yuz-jag‘ sohasi odontogen flegmonalarini maxalliy davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Klinik kuzatishlar natijalari shuni ko‘rsatdiki, biz yaratgan davolash algoritmidan foydalanish yarani yiringli-nekrotik to‘qimalardan tozalanishi, og‘riqni kamaytirish, yallig‘lanish tusdagi mahalliy klinik belgilarining namoyon bo‘lishi ekspressiyasini pasaytiradi, yara o‘chog‘idagi epiteliyning sintezi va tiklanishi jarayonlarini tezlashtiradi, bemorni kasalxonada yotish davrini qisqartiradi, faollashtirilgan tibbiy ko‘mir va kumush bilan yara bog‘lamining tuzilishini hisobga olgan holda, u teshikchalarga ega, bu esa bolalarda kam jarohatlanishni va og‘riq hissini kamayishini ta’minlaydi. tavsiya etilgan usul bemorlarning davolanish samaradorligini oshiradi, ortiqcha harajatlarni kamaytiradi. Agar yiliga o‘rtacha 318 ta operatsiya o‘tkazilsa, ularning 23 foizida asoratlar kuzatiladi, 42 nafar bemorga takroriy jarrohlik aralashuvlar talab qilinadi, xarajatlar 294 150 000 so‘mni tashkil qiladi. Mahalliy davolanishning tavsiya etilgan usuli bo‘yicha bir kun kasalxonada yotish - 45 000 so‘m, mahsulotlar - 17500 so‘m, dori - darmonlar- 30000 so‘m (5 kunga 225000 + 87500 + 150000 = 462000) 146916 000 davlat byudjetidan ajratiladi. Davolash usulimizga ko‘ra, bemorning kasalxonada qolish muddati tavsiya etilgan davolash samaradorligi hisobiga qisqartiriladi va shu bilan yiliga 147234000 so‘mlik byudjet mablag‘lari sarfi kamaytirilishiga erishiladi.