Ikramova Nargiza Djurabaevnaning
falsafa doktori(PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oyoq panja mikozli bemorlarda ichak mikrobiotsenozini hisobga olgan holda davolash usulini takomillashtirish», 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Tib724.
Ilmiy rahbar: Abidova Zura Muratxodjaevna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/28.02.2023.Tib.158.01.
Rasmiy opponentlar: Nabiev Talat Aduvaxobovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Kamalov Zaynitdin Sayfutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ichak disbakteriozi va immun-sitokin ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda oyoq panja mikozi terapiyasini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oyoq panja mikozi bo‘lgan bemorlarda ichakdagi disbiotik buzilishlar kasallikni uzoq davom etadigan disgidrotik va tirnoqlarning zararlanishi bilan kechuvchi, keng tarqalgan rubromikoz kabi og‘ir turlarini rivojlanishiga olib kelishi isbotlangan;
oyoq panja mikozi bo‘lgan bemorlar qonida xujayraviy immunitet etishmovchiligi (CD3, CD4-hujayralari ko‘rsatkichlari kamayishi) va gumoral immunitetning nomutanosibligi (CD20, CD8-hujayralari oshishiga karamay IgA, IgM, IgG ko‘rsatkichlari pasayishi), shuningdek nospesefik himoya funksiyasining pasayishi, qon zardobida yallig‘lanish oldi sitokinlar α-O‘NO va IL-2 darajasining 2,4 va 1,4 baravar mos ravishda oshishi va yallig‘lanishga qarshi sitokin IL-4 1,4 baravar va γ-INF ko‘rsatkichlarning 1,3 baravar pasayishi mikozning og‘irroq darajalarida va kasallikning davomiyligi uzoqroq bo‘lgan bemorlarda yaqqolroq namoyon bo‘lishi isbotlangan;
oyoq panja mikozi bilan og‘rigan bemorlarda aniqlangan immuno-sitokin tizimidagi o‘zgarishlar, kasallikning klinik shaklidan qat’iy nazar, ichak mikrobiotsenozining buzilishiga uzviy bog‘liqligi, ya’ni, immun va sitokin holatining eng kam buzilishi ichak disbiozi mavjud bo‘lmagan va eng chuqur o‘zgarishlar esa ichak disbiozi mavjud bo‘lgan bemorlarda isbotlangan;
o‘tkazilgan mikrobiologik va immunologik tekshiruvlar natijasida oyoq panja mikozi bo‘lgan bemorlarga Bifidumbakterin, Vobenzim dori vositalari va vena tomiri ichiga ozonoterapiyani birgalikda qo‘llash bilan samarali kompleks davolash usuli ishlab chiqilgan va bu usul ijobiy terapevtik samara olish imkonini berib, erta mikologik negativatsiyaga, to‘liq klinik tuzalish va ichak mikroflorasi hamda immuno-sitokin tizimi ko‘rsatkichlarida aniqlangan o‘zgarishlarni sezilarli tiklanish imkonini berganligi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yil 12 dekabrdagi №02-10/8-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2022 yil 26 fevraldagi 8-n-r /106 -sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: oyoq panja mikozining xar xil klinik kechishi namoyon bo‘lgan bemorlarda ichak mikrobiotsenozining holati o‘rganildi. Ichakdagi disbiotik buzilishlar oyoq panja mikozini uzoq davom etadigan disgidrotik va tirnoqlarning zararlanishi bilan kechuvchi, keng tarqalgan rubromikoz kabi og‘ir turlarini rivojlanishiga olib kelishi aniqlangan. Aniqlangan ichak disbiozini bartaraf qilish maqsadida Bifidumbakterin preparatini qo‘llash Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati hududiy filialida 5 may 2021 yildagi №25 sonli buyruq va Samarkand viloyati hududiy filialida 17 may 2021 yildagi №33 sonli buyruq buyicha amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan mikrobiologik tekshirish usulidan oyoq panja mikozi bilan kasallangan bemorlarni tekshiruvdan o‘tkazishda foydalanadi, kasallikni tashxislash va davolash sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: oyoq panja mikozi bo‘lgan bemorlarda aniqlangan ichak disbiozini bartaraf qilish maqsadida samarali probiotik Bifidumbakterin qo‘llash davolash muddatini klinik ko‘rinishiga qarab 3-5 kunga qisqartirdi. RIDVvaKIATMning preyskurantiga ko‘ra bemorning klinikada bir kunlik yotish harajati o‘rtacha 165 000 so‘mni, mikrobiologik tashxislash va davolash taktikasini belgilash hisobiga 67 nafar bemor hisobiga 32.964.000 – 54.940.000 so‘m mablag‘ iqtisod qilgan. Xulosa: oyoq panja mikozi bo‘lgan bemorlarda ichak mikroflorasini disbakteriozga tashxislash usulini qo‘llash 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 161 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 165 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: oyoq panja mikozi bo‘lgan bemorlar qonida xujayraviy immunitet etishmovchiligi (CD3, CD4-hujayralari ko‘rsatkichlari kamayishi) va gumoral immunitetning nomutanosibligi (CD20, CD8-hujayralari oshishiga karamay IgA, IgM, IgG ko‘rsatkichlari pasayishi), shuningdek nospesefik himoya funksiyasining pasayishi, qon zardobida yallig‘lanish oldi sitokinlar α-O‘NO va IL-2 darajasining 2,4 va 1,4 baravar mos ravishda oshishi va yallig‘lanishga qarshi sitokin IL-4 1,4 baravar va γ-INF ko‘rsatkichlarning 1,3 baravar pasayishi mikozning og‘irroq darajalarida va kasallikning davomiyligi uzoqroq bo‘lgan bemorlarda yaqqolroq namoyon bo‘lishi aniqlangan va davolashda Vobenzim preparatini qo‘llash Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati hududiy filialida 5 may 2021 yildagi №25 sonli buyruq va Samarkand viloyati hududiy filialida 17 may 2021 yildagi №33 sonli buyruq buyicha amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan immun-sitokin tizimi ko‘rsatkichlarini tekshirish usulidan foydalanish, kasallikni tashxislash, asoratlarni prognozlash va davolash sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: oyoq panja mikozi bo‘lgan bemorlarning qonida aniqlangan immun-sitokin disbalansini bartaraf qilish maqsadida samarali immunomodulyator Vobenzim bilan davolanish, an`anaviy usulga nisbatan erta davolashni belgilash imkonini yaratgan (RIDVvaKIATMning preyskurantiga ko‘ra bemorning klinikada bir kunlik yotish harajati o‘rtacha 165 000 so‘mni tashkil qiladi), yotib davolanish jarayoniga sarf qilinadigan harajatlar to‘lov miqdorini 67 nafar bemor hisobiga 11 055 000 so‘mga kamaytirgan va iqtisod qilingan. Xulosa: oyoq panja mikozi bo‘lgan bemorlar qonida immun-sitokin tizimining ko‘rsatkichlarini tashxislash usulini qo‘llash 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 161 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 165 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: Oyoq panja mikozi bilan og‘rigan bemorlarda aniqlangan immuno-sitokin tizimidagi o‘zgarishlar, kasallikning klinik shaklidan qat’iy nazar, ichak mikrobiotsenozining buzilishiga uzviy bog‘liqligi, ya’ni, immun va sitokin holatining eng kam buzilishi ichak disbiozi mavjud bo‘lmagan va eng chuqur o‘zgarishlar esa ichak disbiozi mavjud bo‘lgan bemorlarda namoyon bo‘lishi aniqlangan va davolashda Vobenzim va Bifidumbakterin preparatlarini va vena ichiga ozonoterapiyani qo‘llash Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati hududiy filialida 5 may 2021 yildagi №25 sonli buyruq va Samarkand viloyati hududiy filialida 17 may 2021 yildagi №33 sonli buyruq buyicha amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: oyoq panja mikozi bo‘lgan bemorlar qonida immun-sitokin tizimining ko‘rsatkichlarini va ichak mikroflorasini bog‘liqligini o‘rganish mikozning yangi patogenetik mezonlarini aniqlab beradi va bemorlarga samarali patogenetik davolashning taktikasini belgilashga imkon yaratadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: oyoq panja mikozi bo‘lgan bemorlarda Bifidumbakterin, Vobenzim va vena ichiga ozonoterapiyani qo‘llab ishlab chiqilgan kompleks davo muolajasining to‘g‘riligidan dalolat bergan, bu bemorning shifoxonada qolish muddatini 15 kundan 10 kungacha qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov xizmatini 825 000 so‘mga kamaytirgan (RIDVvaKIATM preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 165 000 so‘mni tashkil qiladi), yotib davolanish jarayoniga sarf qilinadigan harajatlar to‘lov miqdorini 67 nafar bemor hisobiga 55 275 000 so‘mga kamaytirgan va iqtisod qilingan. Xulosa: Immun-sitokin tizimi va ichak biotsenozi holatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash hamda ularning oyoq panja mikozi klinik kechishidagi ahamiyatini tashxislash usulini qo‘llash 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 161 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 165 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘tkazilgan mikrobiologik va immunologik tekshiruvlar natijasida oyoq panja mikozi bo‘lgan bemorlarga Bifidumbakterin, Vobenzim dori vositalari bilan birgalikda vena tomiri ichiga ozonoterapiyani qo‘llash kabi samarali kompleks davolash usuli ishlab chiqilgan va bu usul ijobiy terapevtik samara olish imkonini berib, to‘liq klinik tuzalish va erta mikologik negativatsiyaga olib keladi hamda ichak mikroflorasi va immuno-sitokin tizimi ko‘rsatkichlarida aniqlangan o‘zgarishlarni sezilarli tiklanish imkonini berishi isbotlangan va bu kompleks davo Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati hududiy filialida 5 may 2021 yildagi №25 sonli buyruq va Samarkand viloyati hududiy filialida 17 may 2021 yildagi №33 sonli buyruq buyicha amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Bifidumbakterin, Vobenzim va ozonoterapiyani qo‘llab oyoq panja mikozini davolash uchun ishlab chiqilgan kompleks terapiya usuli yallig‘lanish oldi IL-2, α-O‘NO sitokinlar miqdorining yaqqol pasayishiga, peptostreptokokklar, Candida avlodidagi zamburug‘lar va proteylar miqdorining nazorat qiymatigacha 29,7% bemorlarda to‘liq tushishi, II va III darajali ichak disbakteriozi bemorlarda aniqlanmaganligi va 47,6% bemorlarda ichak disbakteriozini I darajagacha tiklanishiga yordam berdi. Oyoq panja mikozini davolash uchun ishlab chiqilgan kompleks davo terapevtik samaradorlikni oshirishga, mikologik sog‘ayish muddatini qisqarishiga, asoratlar va qaytalanishlar sonini kamayishiga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishlab chiqilgan kompleks davolash usuli mikologik negativatsiya muddatini 2 martaga kamaytirgan, davolanish samardorligini 88,2%ga oshirgan. Bemorlarning davolanishi uchun pullik xarajatlari 1,5 barobarga kamaygan, ya`ni shifoxonada yotib davolanish jarayoniga sarf qilinadigan harajatlar to‘lov miqdorini 67 nafar bemorga 55.275.000 so‘mga kamaytirgan va iqtisod qilingan. Xulosa: oyoq panja mikozi kasalligida to‘g‘ri tanlangan davoni qo‘llash, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larni 820 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 825 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.