Duskobilov Umidjon Sharofiddinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Inflatsion targetlashga o‘tish sharoitida monetar siyosat instrumentlaridan foydalanish metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Iqt326.
Ilmiy maslahatchi: Karimov Norboy Ganievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Alimardonov Ilhom Muzrobshoxovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Berdiyarov Bahriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Xoshimov Elmurod Abdusattorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi inflatsion targetlashga o‘tishda monetar siyosat instrumentlaridan foydalanishning metodologik jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarining depozit operatsiyalarini yanada rivojlantirish maqsadida inflatsiyani chegiruvchi va asosiy stavkada daromad keltiruvchi (inflatsiya + asosiy stavka) muddatli depozit stavkasini joriy etish taklif etilgan;
asosiy savdo-hamkor mamlakatlar bilan o‘zaro eksport-import operatsiyalari samaradorligini nazorat qilishda real samarali almashuv kursidan foydalanish taklif etilgan;
milliy valyuta kursining qisqa muddatli tebranishlarini barqarorlashtirish hamda pulga bo‘lgan umumiy talab va taklif mutanosibligini ta’minlash maqsadida oltin-valyuta zaxiralari neytralligiga asoslangan valyuta intervensiyalarini amalga oshirish taklif etilgan;
markaziy bank va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan moliyaviy tizim barqarorligini ta’minlash hamda iqtisodiyotdagi likvidlilikning inflatsion bosimga ta’sirini me’yorlashtirish maqsadida muvofiqlashtirilgan monetar-fiskal siyosat yuritish taklif etilgan;
O‘zbekistonda monetar siyosat transmission mexanizmining foiz, kredit va valyuta kursi kanallarini strukturali vektorli avtoregressiya (SVAR) modeliga kiritish asosida inflatsiyaning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Inflatsion targetlashga o‘tishda monetar siyosat instrumentlaridan foydalanishning metodologik jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
tijorat banklarining depozit operatsiyalarini yanada rivojlantirish maqsadida inflatsiyani chegiruvchi va asosiy stavkada daromad keltiruvchi (inflatsiya + asosiy stavka) muddatli depozit stavkasini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va «Turonbank» aksiyadorlik tijorat banki tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki AJning 2024-yil 19-fevraldagi 02/2-1318/17-sonli hamda «Turonbank» ATBning 2023-yil 30-avgustdagi 19/04-270-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiq etilishi bank mijozlarining inflatsion kutilmalarini barqarorlashtirishi orqali «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» aksiyadorlik jamiyatiga 2024-yil 1-fevral holatiga 22,6 foizdan, «Turonbank» aksiyadorlik tijorat bankiga 2023-yil 1-avgust holatiga 23 foizdan barqaror depozit mablag‘larini jalb qilish imkonini bergan;
asosiy savdo-hamkor mamlakatlar bilan o‘zaro eksport-import operatsiyalari samaradorligini nazorat qilishda real samarali almashuv kursidan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va «Turonbank» aksiyadorlik tijorat banki tomonidan tashqi savdo sharoitlarining bank valyutaviy operatsiyalariga ta’sirini baholashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki AJning 2024-yil 19-fevraldagi 02/2-1318/17-sonli hamda «Turonbank» ATBning 2024-yil 18-martdagi 12/06-28-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida 2023-yilda so‘mning real almashuv kursi indeksidagi 0,8 foizli mustahkamlanishni tahlil qilinishi bank tomonidan eksport va import bo‘yicha amalga oshirilgan valyutaviy operatsiyalar samaradorligini baholash imkonini bergan;
milliy valyuta kursining qisqa muddatli tebranishlarini barqarorlashtirish hamda pulga bo‘lgan umumiy talab va taklif mutanosibligini ta’minlash maqsadida oltin-valyuta zaxiralari neytralligiga asoslangan valyuta intervensiyalarini amalga oshirish taklifi ««O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi O‘RQ-582-son Qonunining 36-moddasiga kiritilgan qo‘shimchalarni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2024-yil 23- yanvardagi 4-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida valyuta kursining ichki va tashqi shoklar ta’siriga moslashuvchanligini oshirish hamda rasmiy valyuta zaxirasining daxlsizligini ta’minlash imkoni yaratilgan;
Markaziy bank va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan moliyaviy tizim barqarorligini ta’minlash hamda iqtisodiyotdagi likvidlilikning inflatsion bosimga ta’sirini me’yorlashtirish maqsadida muvofiqlashtirilgan monetar-fiskal siyosat yuritish taklifi ««O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi O‘RQ-582-son Qonunining 51-moddasiga kiritilgan qo‘shimchalarni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2024-yil 23-yanvardagi 4-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiq etilishi iqtisodiyotdagi umumiy likvidlilik muvozanatini ta’minlash va tartibga solish samaradorligini oshirish imkonini bergan;
O‘zbekistonda monetar siyosat transmission mexanizmining foiz, kredit va valyuta kursi kanallarini strukturali vektorli avtoregressiya (SVAR) modeliga kiritish asosida inflatsiyaning 2030-yilga qadar qilingan prognoz ko‘rsatkichlari «Turonbank» ATB tomonidan amaliyotga joriy etilgan («Turonbank» ATBning 2024-yil 18-martdagi 12/06-28-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi «Turonbank» ATBga foiz, kredit, valyuta siyosati bo‘yicha qarorlarini shakllantirish hamda o‘rta muddatli ustuvor yo‘nalishlariga tuzatishlar kiritish va takomillashtirish imkonini bergan.