Abdikadirova Nigora Sabirjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston yoshlari bo‘sh vaqtini o‘tkazish tizimini takomillashtirish mexanizmlari” 22.00.02 – “Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/S17.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Matibaev Tasbolat Baltabaevich sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: sotsiologiya fanlari doktori, professor Abdulaxat Qaxxorov, falsafa fanlari doktori, professor Ismoil Saifnazarov.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston yoshlari bo‘sh vaqtini tashkil qilish tizimini dinamik va ratsional jihatlarini sotsiologik o‘rganish orqali tizimdagi mavjud mexanizmni takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yoshlarni rekreatsiya (ishchanlik faoliyatini tiklash) qilishda bo‘sh vaqt va hordiqni tashkil qilishning individual va ijtimoiy ehtiyojlarini e’tiborga olib mahallalarda “Yoshlar ishlari agentligi” bilan hamkorlikda rekreator xizmatlarini ko‘rsatishga qaratilgan ijtimoiy-tibbiy, moddiy-texnikaviy va tashkiliy vositalar majmui ishlab chiqilgan;
bo‘sh vaqtni inson kapitali tarkibiga bosqichma bosqich kiritish algoritmini ishlab chiqish yoshlarda o‘zini o‘zi rivojlantirishga qaratilgan kreativ faollik va intellektual bandlik tamoyillarini yo‘lga qo‘yilishi sotsiologik asoslantirilgan;
farovonlik indeksi asosida bo‘sh vaqtni vektorli-dinamik (elituvchi kuch) imkoniyatlarini aniqlashda sotsiometrik usulini qo‘llash orqali yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etuvchi motivatsion ish tizimidan iborat ijtimoiy mezonlar (vaqtni boshqarish, bo‘sh vaqtni rejalashtirish, vazifalarni belgilab olish, samarali dam olish) aniqlashtirilgan;
bo‘sh vaqtni barqarorlashtirish va samarali tashkil etishda yoshlarning jismoniy va aqliy harakatlari mutanosibligini monitoring qilishga yo‘naltirilgan induktiv-diagnostika uslubini yo‘lga qo‘yilishi yoshlarning shaxsiy rivojlanishiga, ma’naviy o‘sishiga, ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarishiga olib kelishi sotsiologik asoslantirilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida quyidagi faoliyatlarda qo‘llanildi:
yoshlarni rekreatsiya (ishchanlik faoliyatini tiklash) qilishda bo‘sh vaqt va hordiqni tashkil qilishning individual va ijtimoiy ehtiyojlarini e’tiborga olib mahallalarda “Yoshlar ishlari agentligi” bilan hamkorlikda rekreator xizmatlarini ko‘rsatishga qaratilgan ijtimoiy-tibbiy, moddiy-texnikaviy va tashkiliy vositalar majmui ishlab chiqilganligidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzodning saylovoldi dasturining 3 yo‘nalish 16-xatboshisidagi “Jamiyatdagi ijtimoiy mavqeyidan qat'iy nazar, har bir insonga oliy ma’lumot olish imkoniyatini kengaytirish choralarini ko‘ramiz. Markazdan uzoq qishloqlarda yashab, a’lo baholar bilan o‘qigan, ota-ona qaramog‘isiz qolgan, kam ta’minlangan iqtidorli yoshlarning davlat hisobidan oliy ta’lim olishini kafolatlaymiz”, 4 yo‘nalishi 10-11-xatboshisidagi “Biz, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini yanada ommalashtirishga, jismoniy-tarbiya va sportni rivojlantirishga birlamchi vazifa sifatida e’tibor qaratamiz. Bunda har bir fuqarolar yig‘ini hududida sport bilan shug‘ullanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.” bandlarni kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2023 yil 18 avgustdagi № 01-30/300-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarning bo‘sh vaqtlarni mazmunli va samarali tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan infrastruktura va ijtimoiy ob'ektlarni monitoring qilish va aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish uchun ushbu ob'ektlar sonini ko‘paytirish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi tomonidan deputatlik so‘rovlarini ishlab chiqilgin. Shuningdek, O‘zbekiston “Adolat” SDPning 2023 yil 29 maydagi XI Qurultoyida partiya ustavining 3.2. partiyaning vazifalar bo‘limining 12-bandiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.
bo‘sh vaqtni inson kapitali tarkibiga bosqichma bosqich kiritish algoritmini ishlab chiqish yoshlarda o‘zini o‘zi rivojlantirishga qaratilgan kreativ faollik va intellektual bandlik tamoyillarini yo‘lga qo‘yilishi sotsiologik asoslantirilganlik ma’lumotidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan mamlakat yoshlariga yo‘llagan bayram tabrigida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan 2023 yil birinchi yarim yillik chora-tadbirlar rejasining IV qism V.b “Yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda Adiblar xiyobonidan samarali foydalanish, shuningdek, yosh iste’dod egalarini kashf etish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Respublikamizning barcha hududlarida “Xiyobon oqshomlari” nomli she’riyat kechalarini tashkil etish” bandini ishlab chiqishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 17.08. 2023 yildagi №03/15-08/17-1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Toshkent viloyati Chirchiq shahri O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Farg‘ona shahri va Nukus shahridagi O‘zDJSU filiallari, O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universitetida yoshlarda mehnat va ijodiy faoliyatida faol innovatsion va ishlab chiqarishga bo‘lgan mayllarini shakllantirishda inson kapitalidan samarali foydalanish algoritmi tajriba-sinov tariqasida amaliyotda qo‘llanilgan va ijobiy natijalarga erishilgan. Ushbu natijalarni respublikadagi mavjud barcha Oliy ta’lim tashkilotlarida joriy qilish bo‘yicha vazirlikning strategik rejasini ishlab chiqilgan;
farovonlik indeksi asosida bo‘sh vaqtni vektorli-dinamik (elituvchi kuch) imkoniyatlarini aniqlashda sotsiometrik usulini qo‘llash orqali yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etuvchi motivatsion ish tizimidan iborat ijtimoiy mezonlar (vaqtni boshqarish, bo‘sh vaqtni rejalashtirish, vazifalarni belgilab olish, samarali dam olish) aniqlashtirilganlik ma’lumotidan O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi PQ-92-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha 2022 yil birinchi choragida uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida 9 309 ta mahallalarda 7 738 nafar yoshlar yetakchilarini tanlab olishda va mahalladagi yoshlar yetakchisining xizmat yo‘riqnomasi ishlab chiqishda foydalanildi. Shuningdek, “Yoshlarning bo‘sh vaqti – yetakchining ish vaqti” tamoyili asosida mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan 331184 ta kunlik tadbirlarning ssenariysini ishlab chiqishda foydalanildi. Bundan tashqari dissertantning ilmiy asoslantirilgan takliflari bilan agentligining 2022 yil ikkinchi yarim yillik ish rejasiga 2, 13, 14, 19, 23, 24-bandlar kiritildi (O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining 2023 yil 13 sentyabrdagi № 4-13-21-2592-sonli ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi bilan hamkorlikda 2021 yil mart oyida o‘tkazilgan “Yoshlarning bo‘sh vaqti – yetakchining ish vaqti” mavzusida agentlik va yoshlar ittifoqi yetakchilari orasida o‘tkazilgan ekspertlik so‘rovi o‘tkazish orqali yoshlar bo‘sh vaqtini tashkil qilish mexanizmlarini intensiv ishlashiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etishga doir takliflar O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashining hududiy bo‘linmalariga va Kegashlariga taqdim etilgan;
bo‘sh vaqtni barqarorlashtirish va samarali tashkil etishda yoshlarning jismoniy va aqliy harakatlari mutanosibligini monitoring qilishga yo‘naltirilgan induktiv-diagnostika uslubini yo‘lga qo‘yilishi yoshlarning shaxsiy rivojlanishiga, ma’naviy o‘sishiga, ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarishiga olib kelishi sotsiologik asoslantirilganlik ma’lumotidan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 apreldagi “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-201-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosiga qaratilgan vazirlikning chora-tadbirlar rejasining 4, 5-bandida “Olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha uch bosqichli (birinchi bosqichda – tuman (shahar), ikkinchi bosqichda – viloyat musobaqalari va uchinchi bosqichda – respublika (final) musobaqalari) umumrespublika sport musobaqalarini o‘tkazish tizimini ishlab chiqishda, tashkilotchilar uchun maxsus ko‘rsatmalar va baholash mezonlarini ishlab chiqishda foydalanildi hamda musobaqaning Surxondaryo, Samarqand, Farg‘ona, Xorazm, Sirdaryo viloyatlarida o‘tkazilgan tuman va viloyat bosqichlarida amaliyotda qo‘llanildi (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023 yil 25 sentyabrdagi № 04-01/04/20/9934-sonli ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining “Mahallalarda yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ga 3, 5, 8, 9, 15, 19, 21-bandlari kiritilgan. Bu vazirlik tomonidan mahallalarda ommaviy sport o‘yinlarini tashkil qilish orqali yoshlar bo‘sh vaqtini samarali tashkil qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish orqali ularning jismoniy va ma’naviy rivojlanish bosqichlarini ta’minlash va vazirlik tomonidan amalga oshirilayotgan ommaviy tadbirlari samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan.