Tashmuxamedova Dilorom Gafurdjanovnaning
sotsiologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Virtual tarmoqlar O‘zbekiston yoshlarining ijtimoiy rolini shakllanish omili sifatida» 22.00.01 – Sotsiologiya nazariyasi, metodologiyasi va tarixi. Sotsiologik tadqiqot usullari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/S29.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Seitov Azamat Pulatovich sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Qalandar Xodjaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Matibaev Taspolat Baltabaevich sotsiologiya fanlari doktori, professor; Saifnazarov Ismoil falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlarning virtual tarmoqlar ta’siridagi ijtimoiylashuv va transformatsiya jarayonlarini tahlil qilish, shuningdek, axborot jamiyati davrida yoshlar siyosatini amalga oshirish samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston yoshlariga tatbiq qilgan holda virtual tarmoq hamjamiyatlarini (biz-jamiyat, jamoaviy xotira, yangi mifologiya va ijtimoiy amaliyotlar, raqamli marosim va tadbirlar, virtual ishtiyoq, inklyuziya, virtual xulq-atvor va o‘zini namoyon qilish va boshqalarni) tavsiflovchi konseptual apparat ishlab chiqilgan;
“innovatsion shaxs” atamasi ilmiy muomalaga kiritilgan va o‘zbek internet-faol yoshlari portreti tavsifi berilgan (raqamli savodxonlik, onlayn makonda faol hayot tarzi, onlayn ta’limga ustunlik berish, virtual obro‘-e’tiborni shakllantirish va onlayn muhitda o‘zini namoyon qilish, shu jumladan virtual munosabatlarni shakllantirish va boshqalar), O‘zbekistonda onlayn madaniyat va yangi ijtimoiy amaliyotlarni rivojlantirishdagi uning roli ko‘rsatilgan;
internetga qaram bo‘lgan yoshlar tomonidan ma’lumotni o‘zlashtirishning “oqimli” tabiati aniqlangan, bu kognitiv nazorat resurslarini va axborotni qayta ishlashning tahliliy bosqichini minimallashtiradi hamda ommaviy axborot vositalarining ko‘p vazifaliligini shakllantirishga yordam beradi, natijada yoshlarning ijtimoiy faolligi past bo‘lgan yangi xatti-harakatlar modellari va psixologik qiyinchiliklar paydo bo‘ladi, shuningdek, e’tiborning yomonlashishi, impulsivlik va vazifalarni boshqarish bilan bog‘liq muammolar;
sotsiologik tadqiqotlar asosida Internet hamda virtual tarmoqlarning yoshlarga ta’sir etuvchi shakl va yo‘nalishlari, “poytaxt – viloyat markazi – qishloq” hududiy kesimida “internet-yoshlar” munosabatini geterogen-areal tabiati ochib berilgan;
oila institutini transformatsiyasi va anʼanaviy oila modelidan bolalarning ijtimoiylashuvi asosan internet resurslari va virtual tarmoqlar ta’sirida bo‘ladigan oila turiga o‘tishning yangi omillari aniqlangan; anʼanaviy "otalar-bolalar" binar muxolifatida ikki avlod orasida yangi turdagi uzoqlashish tufayli sezilarli o‘zgarishlar aniqlangan; raqamli davrda anʼanaviy oila institutining transformatsiyasi sharoitida o‘zbek xalqining qadriyatlari va anʼanalari integratsiyalashuvi muammosi ko‘tarilgan;
tadqiqot va statistik ma’lumotlar asosida kompyuter ekonometrik model natijalariga ko‘ra O‘zbekistonda mintaqalar kesimida aholini Internet tarmoqlariga ulanish bo‘yicha prognozlar ishlab chiqilgan. Aniqlanishicha, elektron aloqa tizimlarining keng tarqalishi va yalpi hududiy mahsulotning o‘sishiga yaqin besh yilda biz internetning kirib borishini kutishimiz mumkin: a) barcha yoshlarni to‘liq qamrab olish, b) ijtimoiy tarmoqqa kirishning barcha oqibatlarining bunday ko‘lamda (ijobiydan salbiygacha) faollashuvi. Yoshlar va ularning ijtimoiylashuvining bevosita ishtirokchilari (ota-onalar va o‘qituvchilar)ning raqamli savodxonligini, kibermakon xavfsizligi darajasini oshirish bo‘yicha takliflar shakllantirilgan;
O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini yanada takomillashtirish bo‘yicha dastlabki tavsiyalar va amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning ba’zilari xalqaro va milliy darajada amaliyotga tatbiq etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muallifning Internet tarmog‘idan foydalana olishini ta’minlash, bola va yoshlarning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilish, ularning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun eng maqbul shart-sharoitlar yaratish masalalariga oid takliflari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy komissiyasi tomonidan Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 33-moddasi uchinchi qismi, 78-moddasining ikkinchi va to‘rtinchi qismi, hamda 79-moddada qabul qilingan (2023 yil 23 iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Konstitutsiyaviy komissiya raisining 0203/948-sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijalar ushbu sohada ustuvor tamoyillarni konstitutsiya darajasida belgilash va qonunchilikni rivojlantirish uchun zamin yaratadi.
Raqamli savodxonlikni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni tashkil etish, bolalar, ota-onalar va o‘qituvchilar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning xavfsiz Internetdan foydalanish huquqlarini ta’minlash, bolalarni sog‘lig‘iga zararli axborotdan himoya qilish mexanizmlariga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi tomonidan BMTning bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan tavsiyalarini bajarish bo‘yicha Milliy harakatlar rejasining 60-bandini ishlab chiqishda foydalanildi. (2023-yil 20-iyundagi 02-03/948-sonli O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbekistonda bolalarning raqamli va mediasavodxonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish uchun asos bo‘ladi.
Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar etkazuvchi axborotdan himoya qilish mexanizmlarini tartibga soluvchi normalarni “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritishga oid shakllangan takliflari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Qonun loyihalari ijrosi va huquqni qo‘llash hujjatlarini qabul qilish holati monitoringi natijalari to‘g‘risida”gi qaroriga kiritilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari qo‘mitasining 2023-yil 16-iyundagi 38-sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijalar bolalarni ularning jismoniy va ruhiy salomatligiga zarar etkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir aniq choralarni qabul qilishga asos bo‘ladi.
Dissertant tomonidan ishlab chiqilgan, o‘zbek xalqining anʼanaviy va innovatsion oilani qiyosiy tahlil qilishga asoslangan oila modellarining tavsifi O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan 2023-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturining "milliy qadriyatlar, axloqiy me’yorlar va ijtimoiy urf-odatlar targ‘iboti" 43-qismini ishlab chiqishda, ya’ni mentalitet, azaliy qadriyatlar va ajdodlar anʼanalarini saqlab qolish va Markaz faoliyatini ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ib qilishga qaratilgan munozarali platforma va mobil ilovalar yaratish uchun foydalanildi (02-17/599-sonli, 2023-yil 20-iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi ma’lumotnomasi). Olingan natijalar oilalarni mustahkamlashga, o‘zbek xalqining ma’naviy va madaniy qadriyatlarini singdirishga, ularni asrab qolishga doir tadbirlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Kibermakonda bolalarning ruhiy xotirjamligini ta’minlash hamda virtual olamdagi tahdidlarning oldini olish maqsadida psixologik yordam va maslahat berib borish, maktablarda o‘quvchilarni Internetning salbiy ta’siridan himoya qilishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan va amalga oshirish uchun “Raqamli asrdagi bolalar: ijtimoiy va ruhiy farovonlik masalalari" mavzuidagi xalqaro konferensiya yakunlari bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 2023-yil 10-noyabrdagi 24-12/2447-sonli xat). Olingan natijalar virtual olamning salbiy ta’siri tufayli psixologik yordamga muhtoj “Yaxshi buyumlar interneti”ni joriy etish bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirishga asos soldi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Internet, ijtimoiy tarmoqlar va axborot texnologiyalarining O‘zbekistondagi o‘smirlar farovonligi va salomatligiga ta’siri" mavzusida Toshkent, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari maktablarida o‘tkazilgan pilot tadqiqot natijalaridan, shuningdek, mamlakatimizda yoshlarning psixoaktiv moddalarni iste’mol qilish holati, bu borada profilaktika qilish bo‘yicha xorijiy tajriba, bolalar va o‘smirlarning raqamli va mediasavodxonligini oshirishning dolzarbligi va ahamiyati haqidagi xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlar tayyorlash instituti tomonidan “O‘zbekiston yoshlarining dolzarb muammolari” mavzusidagi kompleks sotsiologik tadqiqot vositalarini ishlab chiqish va xulosalar tayyorlash jarayonida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlar tayyorlash institutining 2023-yil 17-iyundagi 14-147/17-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy-tadqiqot ishida olingan uslubiyot kelajakda bu sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini keng ko‘lamda olib borish, ishlab chiqilgan ilmiy amaliyotda qo‘llashga xizmat qiladi.