Abdurazakova Nargiza Rixsibaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): «Aksiyadorlik jamiyatlarining investision faoliyati samaradorligini oshirish yo‘nalishlari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2555
Ilmiy rahbar: Bauetdinov Majit Janizaqovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Raya Xodjabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Normamatov Ixtiyar Baxtiyarovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aksiyadorlik jamiyatlarida investision faoliyat samaradorligini oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “aksiyadorlik jamiyatlari investision faoliyati” tushunchasi investor sifatida maydonga tushuvchi aksiyadorlik jamiyatining iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy vakolatlari doirasida, o‘z tasarrufidagi mavjud yoki aksiyalar emissiyasi ko‘rinishida jalb etilishi mumkin bo‘lgan investisiya resurslarini o‘z tashabbusi va tavakkalchiligi asosida foyda yoki boshqa ko‘rinishdagi nafli samaraga ega bo‘lishga yo‘naltirish bilan bog‘liq xatti-harakatlar majmui nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida muntazam va davriy ravishda kompaniya boshqaruvchilari tomonidan qabul qilinuvchi turli investisiya loyihalari bo‘yicha qarorlarning aksiyadorlik jamiyatining strategik maqsadlariga muvofiqligini nazorat qilish hamda tegishli vositalar yordamida ta’minlab borish orqali investision faoliyat samaradorligini oshirish asoslangan;
“Maxam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyatida uzoq muddatli investision faoliyat hamda investision loyihalarni samaradorligini oshirish ko‘rsatkichlari dinamikasini namoyon etuvchi ekonometrik model asosida investision faoliyat asosiy ko‘rsatkichlarining 2027-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan;
“Qoraqalpoqdonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati investision faoliyat tahlili asosida korxona investision faoliyati samaradorligini oshirishning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aksiyadorlik jamiyatlarida investision faoliyat samaradorligini oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “Aksiyadorlik jamiyatlari investision faoliyati” tushunchasi investor sifatida maydonga tushuvchi aksiyadorlik jamiyatining iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy vakolatlari doirasida, o‘z tasarrufidagi mavjud yoki aksiyalar emissiyasi ko‘rinishida jalb etilishi mumkin bo‘lgan investisiya resurslarini o‘z tashabbusi va tavakkalchiligi asosida foyda yoki boshqa ko‘rinishdagi nafli samaraga ega bo‘lishga yo‘naltirish bilan bog‘liq xatti-harakatlar majmui nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-usulbiy materaillardan oliy o‘quv yurti talabalari uchun tavsiya etilgan “Moliya bozori va moliyaviy texnologiyalar” nomli darslik tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 29 sentyabr 438-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda aksiyadorlik jamiyatining iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy vakolatlari doirasida foyda yoki boshqa ko‘rinishdagi nafli samaraga ega bo‘lishga yo‘naltirish bilan bog‘liq xatti-harakatlar majmui nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “aksiyadorlik jamiyatlari investision faoliyati” tushunchasi yuzasidan kengroq bilim va ko‘nikmalar hosil qilish imkoni yaratilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida muntazam va davriy ravishda kompaniya boshqaruvchilari tomonidan qabul qilinuvchi turli investisiya loyihalari bo‘yicha qarorlarning aksiyadorlik jamiyatining strategik maqsadlariga muvofiqligini nazorat qilish hamda tegishli vositalar yordamida ta’minlab borish orqali investision faoliyat samaradorligini oshirish taklifi “Maxam-Chirchiq” va “Qoraqalpoqdonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan “Korxonada investision faoliyat samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“Maxam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyatining 2023 yil 21 iyundagi № 36/251-son va “Qoraqalpoqdonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining 2023 yil 14 iyundagi №02-05/176-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi investision faoliyat samaradorligini aniqlash hamda investision loyihalarni moliyalashtirishning dastlabki bosqichida tanlash, investision strategiyani kam risk bilan shakllantirish hamda unga ta’sir etuvchi omillarni 80 foizgacha bo‘lgan aniqlik bilan yaratish imkonini bergan;
“Maxam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyatida uzoq muddatli investision faoliyat hamda investision loyihalarni samaradorligini oshirish ko‘rsatkichlari dinamikasini namoyon etuvchi ekonometrik model asosida investision faoliyat asosiy ko‘rsatkichlarining 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz parametrlari “Maxam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Korxonada investision faoliyat samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“Maxam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyatining 2023 yil 21 iyundagi №36/251-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida korxonada uzoq muddatli investision faoliyat hamda investision loyihalarni samaradorligini oshirish ko‘rsatkichlari dinamikasining faoliyat asosiy ko‘rsatkichlariga muvofiqligi hamda risk va kutilayotgan daromadlilikdan standart chetlanish darajasi yuqori bo‘lgan loyihalarni aniqlash bo‘yicha metodikani sinovdan o‘tkazish imkoni yaratilgan;
“Qoraqalpoqdonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati investision faoliyat tahlili asosida korxona investision faoliyati samaradorligini oshirishning 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari “Qoraqalpoqdonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Korxonada investision faoliyat samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“Qoraqalpoqdonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining 2023 yil 14 iyundagi № 02-05/176-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida istiqbolda korxona investision faoliyati samaradorligidagi o‘zgarishlarning asosiy faoliyat parametrlariga muvofiqligi hamda qaror qabul qilishning dastlabki bosqichi hamda moliyalashtirish jarayonidagi samaradorlik ko‘rsatkichlarini tafovutini aniqlash imkoni yaratilgan.