Taraleva Tatyana Aleksandrovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumot.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi) «Sportning siklik turlari bilan shug‘ullanuvchi istiqbolli sportchilarni saralash jaraenida mashg‘ulotlar samaradorligini baholash» 14.00.38 – Sport tibbiyoti (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2596.
Ilmiy rahbar: Sadikov Abdushukur Abdujamilevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika sport tibbiyoti ilmiy- amaliy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazi, PhD.10/30.12.2019.Tib.69.01.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Roza Tolanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kurtieva Shadie, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi morfofunksional va adaptiv-kompensator xususiyatlarni hisobga olgan holda, mashg‘ulotlar samaradorligini baholash va siklik sport turlari bo‘yicha istiqbolli sportchilarni tanlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekto-mezomorf tana tuzilishi turiga ega bo‘lgan velosport va akademik eshkak eshish bilan shug‘ullanadigan sportchilarning musobaqalarga tayyorgarlik davri uchun qisqa muddat talab qilinishi organizmning jismoniy yuklamalarga engil moslashish darajasi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
erkak jinsiga mansub sportchilarda ekto-mezomorf tana tuzilishi tipi ayol sportchilarga nisbatan ko‘proq uchraganligi tufayli sportchilar mashg‘ulotlar jarayoni natijadorligi, hamda sport formasi cho‘qqisiga erishishida gender tafovutlar aniqlangan;
yurak urish tezligi o‘zgaruvchanligining avtonom va markaziy konturlarining muay’yan muvozanatda faoliyat olib borishi sportchilar organizmining jismoniy yuklamalarga adekvat moslashuvini aks ettirganligi tufayli uni mashg‘ulot jarayonining samaradorligini baholash indikatori hamda konturlar o‘rtasidagi nomutanosiblik mashg‘ulot rejimining noadekvatligi va dezadaptatsiya holati belgisi ekanligi isbotlangan;
ilk bor sportchining musobaqaga tayyorgarlik darajasini baholashda, ular organizmi morfofunksional parametrlari va yurak-qon tomir tizimining adaptiv-kompensator imkoniyatlarini hisobga olgan holda, tabaqalashtirilgan yondashuv modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi ekspert kengashining 2024 yil 25 yanvardagi 1-son xulosasiga ko‘ra (O‘zbekiston Dzyudo, Triatlon, federatsiyalariga Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining 2023 yil 08 fevraldagi IT 2-sonli va 2023 yil 27 iyundagi IT-3-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilikning mohiyati: ekto-mezomorf tana tuzilishi turiga ega bo‘lgan velosport va eshkak eshish bilan shug‘ullanadigan sportchilarning musobaqalarga tayyorgarlik davri uchun qisqa muddat talab qilinishi organizmning jismoniy yuklamalarga engil moslashish darajasi bilan bog‘liqligi isbotlandi. Ilmiy yangilikning ilmiy ahamiyati: morfometrik parametrlarni hisobga olgan holda moslashishni baholash sportchilarni musobaqalarga muvaffaqiyatli tayyorlash va yuqori natijalarga erishish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan natijalar O‘zbekiston Dzyudo federatsiyasining 2023-yil 2-fevraldagi №194-sonli buyrug‘i va Triatlon federatsiyasining 2023 yil 01-iyuldagi 1 l/s -sonli buyrug‘iga asosan sport shifokorlarining amaliy faoliyatiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: sportchilarning somatotipi bilan bog‘liq ravishda moslashish darajasini baholash, elita sportchilarining sport ko‘rsatkichlarini yaxshilash va ularni tezlashtirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: har bir sportchining mashg‘ulotlari uchun (oziq-ovqat, turar joy, sport anjomlari, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va musobaqalarni o‘tkazish harajatlari) byudjetdan oyiga 3 100 000 so‘m ajratiladi. Agar sportchi musobaqalarda sport natijalarini ko‘rsatmasa, moliyaviy sarmoya o‘zini oqlamaydi. Tejalgan iqtisodiy harajatlar umumiy hisobda har bir sportchining musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etishida, iqtisodiy samaradorlik 3 100 000 so‘mni tashkil qiladi. Somatotipni baholash uchun deyarli moliyaviy harajatlar talab etilmaydi, chunki har bir federatsiyada tarozilar, antropometr va o‘lchash tasmasi mavjud. Xulosa: moslashuv-kompensator mexanizmlar nuqtai nazaridan sportchining tayyorgarlik darajasini o‘z vaqtida baholashdan foydalanish musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish vaqtini va sport mashg‘ulotlariga sarflanadigan byudjet mablag‘larini qisqartirish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilikning mohiyati: ekto-mezomorf tana tipining paydo bo‘lish chastotasi erkak sportchilarda ayollarga nisbatan yuqori bo‘lib, bu eng yuqori jismoniy tayyorgarlikka erishishda mashg‘ulot jarayonining samaradorligida gender farqlari mavjudligini belgilaydi. Ilmiy yangilikning ilmiy ahamiyati: moslashuv, gender xususiyatlari va jinsini hisobga olgan holda, sportchilarni musobaqalarga tayyorlashda jismoniy yuklamalarni individuallashtirishga yordam beradi, sport natijadorligini oshiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan natijalar O‘zbekiston Dzyudo federatsiyasining 2023-yil 12-fevraldagi №194-sonli buyrug‘i va Triatlon federatsiyasining 2023 yil 01-iyuldagi 1 l/s -sonli buyrug‘iga asosan sport shifokorlarining amaliy faoliyatiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida sportchilarning gender xususiyatlarini va tana tuzilishining turini hisobga olgan holda individual yondashuv sportning eng yuqori shakliga tez erishish va musobaqalarda muvaffaqiyatli chiqishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: shundan iboratki, gender xususiyatlari va morfologir tuzilishi hisobga olgan holda individual mashg‘ulot rejimi bilan zo‘riqish xavfi kamayadi. Qo‘shimcha tibbiy xizmatlar uchun har bir sportchi uchun iqtisodiy samaradorlik 4 630 000 so‘mlik harajatlarni tashkil etdi. Xulosa: sportchilarning individual morfologik xususiyatlarini, shuningdek, erkaklar va ayollarning mashg‘ulot yuklamalariga har xil moyilligini hisobga olgan holda, zo‘riqish holatlari kamaydi.
uchinchi ilmiy yangilikning mohiyati: yurak urish tezligi o‘zgaruvchanligining avtonom va markaziy konturlarining muay’yan muvozanatda faoliyat olib borishi sportchilar organizmining jismoniy yuklamalarga moslashuvini aks ettirganligi tufayli uni mashg‘ulot jarayonining samaradorligini baholash indikatori hamda konturlar o‘rtasidagi nomutanosiblik mashg‘ulot rejimining noadekvatligi va dezadaptatsiya holati belgisi sifatida isbotlandi. Ilmiy yangilikning ilmiy ahamiyati: cportchilar organizmining jismoniy yuklamalarga adekvat moslashuvini baholash asosida mashg‘ulot rejimining noadekvatligi va dezadaptatsiya holati belgisi taxmin qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan natijalar O‘zbekiston Dzyudo federatsiyasining 2023-yil 12-fevraldagi №194-sonli buyrug‘i va Triatlon federatsiyasining 2023 yil 01-iyuldagi 1 l/s -sonli buyrug‘iga asosan sport shifokorlarining amaliy faoliyatiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: avtonom va markaziy YuUTO‘ konturlarining parametrlarini baholash o‘ta charchash, zo‘riqish, tananing patologiya oldi holati va vaqtinchalik sport mashg‘ulotlariga layoqatsizligini oldini olishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: sport mashg‘ulotlariga layoqatsizligining davomiyligi har bir sportchiga o‘rtacha 7 kun, vaqtinchalik sport mashg‘ulotlariga layoqatsizlik nafaqasining o‘rtacha miqdori kuniga 200 000 so‘mni tashkil etadi. Binobarin, o‘ta charchash, o‘ta zo‘riqish va organizmning patologiya oldi holatining o‘z vaqtida oldini olishning har bir holatda 1 400 000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini beradi. Xulosa: sportchilarning tanasida YuUTO‘ parametrlarining erta o‘zgarishini aniqlash tanadagi funksional va fiziologik kasalliklarning oldini olish, sport mashg‘ulotlariga layoqatsizlik kunlarini kamaytirish va shu bilan byudjet mablag‘larini tejash imkonini beradi.
to‘rtinchi yangilikning mohiyati: ilk bor sportchining musobaqaga tayyorgarlik darajasini baholashda, ular organizmi morfofunksional parametrlari va yurak-qon tomir tizimining adaptiv-kompensator imkoniyatlarini hisobga olgan holda, tabaqalashtirilgan yondashuv usuli ishlab chiqildi. Ilmiy yangilikning ilmiy ahamiyati: sportchilarning tayyorgarligini baholashga tabaqalashtirilgan yondashuv bizga musobaqalar oldidan muvaffaqiyat yoki zo‘riqishni bashorat qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan natijalar O‘zbekiston Dzyudo federatsiyasining 2023-yil 12-fevraldagi №194-sonli buyrug‘i va Triatlon federatsiyasining 2023 yil 01-iyuldagi 1 l/s -sonli buyrug‘iga asosan sport shifokorlarining amaliy faoliyatiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan modeldan foydalanish xalqaro musobaqalarda ishtirok etish va g‘alaba qozonish uchun istiqbolli sportchilarni tanlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: sportchilarning tayyorgarlik darajasini baholash uchun mo‘ljallangan FIRST BEAT apparatining narxi 24 800 000 so‘m. Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida ushbu apparat yordamida 1 nafar sportchini tekshirish narxi - 150 000 so‘m. RSTIAMda 1 yil ichida bir federatsiyaning o‘rtacha 30 nafar sportchida jami 54 000 000 so‘mlik tayyorgarlik darajasi baholanishi belgilanadi. Agar Federatsiya tomonidan FIRST BEAT apparati xarid qilsa, sportchilarning tayyorgarlik darajasini baholashda bitta sportchi uchun byudjetni tejash 973.300 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: yurak-qon tomir tizimining adaptiv-kompensator xususiyatlariga asoslanib, istiqbolli sportchilarni tanlash sportni to‘g‘ri tanlashga, sportning kichik turlari bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlanishiga va yuqori sport natijalariga erishishga yordam beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish