Ravshanov Malik Naimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Yo‘l-transport majmuasi resurs salohiyati boshqaruvi samaradorligini oshirish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.13 – “Menejment” va 08.00.05 – “Xizmatlar ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Iqt517
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat trasnport universiteti, DSc.15/31.12.2020.I.09.04
Ilmiy maslahatchilar: Ikramov Murod Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor va Samatov G‘affor Allaqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Turaev Boxodir Xatamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Saidov Mash’al Samadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi yo‘l-transport majmuasi resurs salohiyati boshqaruvi samaradorligini oshirish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “iqtisodiy salohiyat” va “resurs sig‘imidan samarali foydalanish” tushunchalarining iqtisodiy mazmuni mazkur ta’riflardagi farqlarni aniqlash hamda turli iqtisodiy kategoriyalar bilan o‘zaro bog‘liqligini aniqlash, resurslardan samarali foydalanishda boshqaruv tizimini optimallashtirish va iqtisodiyotning oqilona resurs sig‘imini ta’minlash, iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmini joriy etish bilan bir qatorda innovatsion yondashuvni ta’minlovchi tadbirkorlik qobiliyatidan samarali resurs sifatida kengroq foydalanish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
avtoyo‘l-transport majmuasida faoliyat yurituvchi biznes tuzilmalari va transport xizmatlari ko‘rsatish sohasida manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish mexanizmi davlat-xususiy sheriklikni amaliyotga joriy etish asosida takomillashtirilgan;
yo‘l-transport majmuasida cheklangan resurslarni oqilona sarflash muammosini hal qilishda resurslarga egalik qilish, ularning taqsimoti va sarfi ustidan ma’muriy nazoratni ta’minlovchi “Respublika resurs sig‘imi monitoring Markazi”ni tashkil etish taklifi asoslangan;
M-39 «Olmaota – Bishkek – Toshkent – Termiz» xalqaro avtomagistralining muayyan qismida to‘lovli yo‘l qurishning nazariy texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilib, mazkur avtomobil yo‘lini xalqaro talablar asosida qayta qurish va boshqarishni yangi tashkil etiluvchi qo‘shma korxona shaklidagi aksiyadorlik jamiyati orqali amalga oshirish taklifi asoslangan;
O‘zbekiston transport tizimida jalb qilingan resurslar miqdorining soha qo‘shilgan qiymatiga ta’siri ekonometrik modellashtirish asosida pessimistik, dinamik va optimistik ssenariylar bo‘yicha 2030 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi yo‘l-transport majmuasi resurs salohiyati boshqaruvi samaradorligini oshirish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “iqtisodiy salohiyat” va “resurs sig‘imidan samarali foydalanish” tushunchalarining iqtisodiy mazmunini mazkur ta’riflardagi farqlarni aniqlash hamda turli iqtisodiy kategoriyalar bilan o‘zaro bog‘liqligini aniqlash, resurslardan samarali foydalanishda boshqaruv tizimini optimallashtirish va iqtisodiyotning oqilona resurs sig‘imini ta’minlash, iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmini joriy etish bilan bir qatorda innovatsion yondashuvni ta’minlovchi tadbirkorlik qobiliyatidan samarali resurs sifatida kengroq foydalanish nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Soha iqtisodiyoti va menejmenti” nomli darsligi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 20-oktyabrdagi 441-sonli buyrug‘i) va “Transport iqtisodiyoti” nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023-yil 14-iyuldagi 228-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy o’quv yurti talabalarining yo’l-transport tizimidagi “iqtisodiy salohiyat” va “resurs sig‘imidan samarali foydalanish” tushunchalarining takomillashtirilgan iqtisodiy mazmuni bo’yicha nazariy bilim va ko’nikmalarini yanada chuqurlashtirish imkoni yaratilgan;
avtoyo‘l-transport majmuasida faoliyat yurituvchi biznes tuzilmalari va transport xizmatlari ko‘rsatish sohasida manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish mexanizmini davlat-xususiy sheriklikni amaliyotga joriy etish asosida takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining Investisiyalar va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bo‘limi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2023 yil 29 noyabrdagi 2/8280-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi mamlakatdagi yo‘l-transport majmuasi davlat mulkini boshqarishda konsession munosabatlarni qo‘llash sohalari aniqlashtirish va manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish imkonini bergan;
yo‘l-transport majmuasida cheklangan resurslarni oqilona sarflash muammosini hal qilishda resurslarga egalik qilish, ularning taqsimoti va sarfi ustidan ma’muriy nazoratni ta’minlovchi “Respublika resurs sig‘imi monitoring Markazi”ni tashkil etish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining Strategik rejalashtirish va metodologiya boshqarmasi hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” Aksiyadorlik jamiyatining Iqtisodiy tahlil va prognozlash boshqarmasi ish faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2023 yil 29 noyabrdagi 2/8280-sonli hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2023 yil 28 noyabrdagi 06/4038-23-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi monitoring markazining tegishli boshqaruv algoritmi asosida mamlakat iqtisodiyot tarmoqlari tomonidan jamiyat resurslaridan oqilona foydalanish jarayonini monitoring qilish imkonini bergan;
M-39 «Olmaota – Bishkek – Toshkent – Termiz» xalqaro avtomagistralining muayyan qismida to‘lovli yo‘l qurishning nazariy texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilib, mazkur avtomobil yo‘lini xalqaro talablar asosida qayta qurish va boshqarishni yangi tashkil etiluvchi qo‘shma korxona shaklidagi aksiyadorlik jamiyati orqali amalga oshirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining Xalqaro tashuvlar va logistika boshqarmasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2023 yil 29 noyabrdagi 2/8280-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi avtomobil yo‘lini xalqaro talablar asosida qayta qurish hamda to‘lovli yo‘lni yangi tashkil etiluvchi qo‘shma korxona shaklidagi aksiyadorlik jamiyati tomonidan boshqarilishi uning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkonini beradi;
O‘zbekiston transport tizimida jalb qilingan resurslar miqdorining soha qo‘shilgan qiymatiga ta’siri ekonometrik modellashtirish asosida pessimistik, dinamik va optimistik ssenariylar bo‘yicha 2030 yilgacha ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ faoliyatida foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2023 yil 28 noyabrdagi 06/4038-23-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatning uzoq muddatli istiqboldagi daromadlari hajmi dinamikasini aniqlash hamda asosiy faoliyat ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash imkonini bergan.