Sanetullaev Ernazar Esbosinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahsuldor qatlamlarni ochishda yuvuvchi suyuqliklarni samarali tarkibini qo‘llagan holda fil`trlash va sig‘im xususiyatlarini saqlab qolishni ta’minlash», 02.00.11 - Kolloid va membrana kimyosi, 04.00.11 - Quduqlarni burg‘ilash va o‘zlashtirish texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3818.
Ilmiy rahbarlar: Adizov Bobirjon Zamirovich, texnika fanlari doktori, professor; Umedov Sherali Xallokovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019. K/T.35.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdikamalova Aziza Baxtiyarovna, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Raximov Komilxodja Anvarxodjaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahsuldor qatlamlarni tabiiy kollektorlik xossalarini saqlab qolgan holda mahsuldor gorizontlarni ochishda qo‘llaniladigan engil burg‘ilash eritmalari uchun mahalliy xomashyolar asosida reagent olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor gossipol qatroni, vermikulit va polimerlar asosida VEPR reagenti olinib, u yupqa plenka hosil qilishi va burg‘ilash eritmasining fil`tratsiyasini pasaytirishi aniqlangan;
VEPR reagentini gilli burg‘ilash eritmasiga 10% miqdoda qo‘shilishi uning zichligini 30% gacha kamaytirishi, fil`tratsion ko‘rsatkich 3-4 sm3/30 min gacha yaxshilanishi aniqlangan;
quduq devorlarida hosil bo‘lagn zich yupqa plenka xlorid kislota ta’sirida parchalanganda mahsuldor qatlamni tabiiy kollektorlik xossalari saqlanib qolinishi aniqlangan;
tabiiy mineral vermikulitli VEPR reagentini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
mahsuldor qatlamni burg‘ilab ochishda qo‘llaniladigan engillashtirilgan burg‘ilash eritmasini tayyorlash texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahalliy xomashyolar asosida yuvish suyuqliklarining yangi engil tarkibini olish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalar asosida:
mahsuldor qatlamlarni ochishda qo‘llaniladigan engillashtirilgan burg‘ilash eritmasi tayyorlash uchun mahalliy xomashyolar asosida vermikulitli engillashtiruvchi polimerli reagentni olish texnologiyasi “O‘zbekneftgaz” AJning “2025-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2023-yil 9 yanvardagi 04-24-13-son ma’lumotnomasi). Natijada, birinchi kimyoviy ishlov berishdan so‘ng burg‘ilash eritmasining suv beraolish qobiliyati 14 sm3/30 minutdan 11 sm3/30 minutgacha pasaytirish imkonini beradi;
VEPR va qatlam suvlari asosida engillashtirilgan burg‘ilash eritmasini tayyorlash texnologiyasi “O‘zbekneftgaz” AJning “2025-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2023-yil 9 yanvardagi 04-24-13-son ma’lumotnomasi). Natijada, VEPR asosida 155 m3 hajmda burg‘ilash eritmasi tayyorlangan va 2500-3000 m oraliqni burg‘ilashda 75-85OS haroratda ham o‘z xususiyatlarini saqlab qolish imkonini beradi.