Xamzaev Rafik Azimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonning markaziy va janubiy hududlari qarsildoq qo‘ng‘izlari (Coleoptera: Elateridae) faunasi, ekologiyasi va xo‘jalik ahamiyati», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/B742.
Ilmiy rahbar: Xalimov Fazlitdin Zakirovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.02.08.
Rasmiy opponentlar: Eshova Xolisa Saidovna, biologiya fanlari doktori, professor; Medetov Maxsetbay Japakovich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonning markaziy va janubiy hududlarida tarqalgan qarsildoq qo‘ng‘izlar (Elateridae) oilasining taksonomik tarkibini aniqlash va ekologik xususiyatlari hamda qishloq xo‘jaligidagi ahamiyatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonning markaziy va janubiy hududlari turli biotsenozlarida qarsildoq qo‘ng‘izlarning taksonomik tarkibi 6 ta kenja oila, 8 ta triba, 14 ta avlodga mansub 58 ta turdan iboratligi aniqlangan;
O‘zbekiston faunasi uchun qarsildoq qo‘ngizlarning 10 turi ilk bor qayd qilingan hamda ularning tarqalish hududlari bo‘yicha xaritalari tuzilgan;
qarsildoq qo‘ng‘izlarning agrosenozlar, tog‘ va tog‘oldi hamda cho‘l va chala cho‘l biotsenozlarida tarqalish xususiyatlari, ekologik ixtisoslashuvi, biotopik taqsimlanish xususiyatlari ochib berilgan;
O‘zbekistonning markaziy va janubiy hududlarining turli biotsenozlarida qarsildoq qo‘ng‘izlarning mavsumiy dinamikasi, simqurtlar populyasiyasining agrosenozlardagi zichligi va oziqlanish xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonning markaziy va janubiy hududlari qarsildoq qo‘ng‘izlari faunasi, ekologiyasi va xo‘jalik ahamiyati yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekistonning markaziy va janubiy hududlari biotsenozlaridan yig‘ilgan qarsildoq qo‘ng‘izlar kolleksiyasi Samarqand viloyat O‘lkashunoslik muzeyi fondiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 30 sentyabrdagi 04-18/5339-son ma’lumotnomasi). Natijada, muzeydagi umurtqasiz hayvonlar kolleksiya fondi turlar xilma-xilligi 11% ga boyitilib, muzeyning tabiat bo‘limiga tashrif buyuruvchilar sonini 3,2% oshirish imkonini bergan;
O‘zbekistonning markaziy va janubiy hududlarida tarqalgan qarsildoq qo‘ng‘izlar oilasining bioxilma-xilligi, ekologik xususiyatlari hamda zoogeografik tarqalishiga ko‘ra farqlanuvchi 16 turga mansub 102 ta namunadan iborat kolleksiya M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Zoologiya muzeyi faoliyatiga joriy qilingan (M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Zoologiya muzeyining 2023 yil 28 apreldagi ma’lumotnomasi). Natijada, muzey fondiga kiritilgan qarsildoq qo‘ng‘izlarning bioxilma-xilligi, ekologiyasi va zoogeografiyasini baholash imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish