Nurullaev Azamxon Komiljon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tog‘ va tog‘oldi hududi eroziyaga uchragan tuproqlar holatini GAT texnologiyalari asosida baholash (Boysun tumani tuproqlari misolida)», 03.00.13 – Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/B1070.
Ilmiy rahbar: Djalilova Gulnora Tulkunovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekistonm milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, PhD.03/5.05.2023.B/Qx.01.17.
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Maksud Ismoilovich qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Xaqberdiev Obid Eshniyozovich biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tog‘ va tog‘oldi hududi tuproqlarining eroziyaga uchraganlik holatini eroziyani vujudga keltiruvchi tabiiy omillarini hisobga olgan holda modellar asosida baholash (Boysun tumani tuproqlari misolida) dan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadqiqot hududi SRTM tasvirlarini qayta ishlash tuproqlarining vertikal mintaqalanish qonuniyatiga ko‘ra tarqalish areallari va chegaralarini aniqlashda samarali ekanligi isbotlangan;
GATda yaratilgan relefning morfometrik ko‘rsatkichlari aks ettirilgan kartografik modellar notekis relef sharoitida eroziya jarayonlarini baholashda qiyalik nishabligi va ekspozisiyasi bo‘yicha aniq ma’lumotlar berishi isbotlangan;
ilk bor yaratilgan sun’iy yomg‘irlatish modeli notekis relef sharoitida eroziya jarayonlarini baholashda turli jadallikdagi, miqdordagi yog‘in va qiyalik nishabligi orasidagi bog‘liqlik qonuniyatlarini aniqlashda real ma’lumotlar berishi ilmiy asoslangan;
GATda yaratilgan kartografik modellar va sun’iy yomg‘irlatish modeli natijalari asosida tuproqlarning eroziyaga uchrashi hamda xavflilik darajasiga ko‘ra baholash mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tog‘ va tog‘oldi hududi eroziyaga uchragan tuproqlar holatini zamonaviy yondashuvlar asosida baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Surxondaryo viloyati Boysun tumani relefining morfometrik xususiyatlarini tavsiflovchi uch o‘lchamli TIN modeli va u asosida yaratilgan kartografik modellar Boysun tumani Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 27 noyabrdagi 04/29-05/6088-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, hududning tog‘ va tog‘oldi tuproqlarida kechuvchi eroziya jarayonlarini aniqlash, eroziyaga moyil hududlarni baholash, eroziyaga uchragan tuproqlarning holatini yaxshilash va muhofazalash, tuproq eroziyasi bo‘yicha elektron monitoring tizimini yaratish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan;
GNSS (Trimble) uskunasi yordamida belgilangan tayanch nuqtalardagi tuproq kesmalarining morfogenetik xususiyatlari keltirilgan atributiv ma’lumotlar bazasi Boysun tumani Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 27 noyabrdagi 04/29-05/6088-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tuproqlar klassifikatsiyasi va tasnifini mukammalashtirish, geografik qonuniyatlarga aniqlik kiritish, geoaxborot tizimlari asosida qishloq xo‘jalishi erlarini monitoring qilishning takomillashgan mexanizmini ishlab chiqish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan;
“Boysun tumani tog‘li hududlarda tuproq eroziyasini keltirib chiqaruvchi omillarning diagnostik belgilari” nomli dasturiy ta’minot Boysun tumani Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 27 noyabrdagi 04/29-05/6088-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur dasturiy ta’minot orqali tuproq axborot tizimlari ma’lumotlar bazasini shakllantirish imkonini bergan;
yaratilgan “Sun’iy yomg‘irlatish sharoitida tuproq yuvilishini aniqlash modeli” laboratoriya uskunasi Boysun tumani Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 27 noyabrdagi 04/29-05/6088-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur laboratoriya uskunasi yordamida talabalar, ilmiy xodimlar va turli erdan foydalanuvchilar uchun tuproq eroziyasi jarayonlari to‘g‘risida nazariy va amaliy bilimlar olish imkonini bergan.