Isaqulova Marxabo Nemat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zol-gel texnologiyasi asosida anorganik materiallar ishlab chiqish va ularni kimyoviy sensorlarda ishlatish», 02.00.02 - Analitik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/K326.
Ilmiy rahbar: Nasimov Abdullo Muradovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.02.05.
Rasmiy opponentlar: Sultonov Marat Mirzaevich, kimyo fanlari doktori, proffessor; Rahmatov Xudoyor Boboniyozovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimiyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zol-gel texnologiyasi asosida anorganik materiallar ishlab chiqish, ularni kimyoviy sensorlarda ishlatish, NH3 va SO2 gazini selektiv aniqlovchi optik sensorlar yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘p komponentli gazlar aralashmalari tarkibidan NH3 gazini mikrokonsentratsiyalarigacha aniqlovchi BKQ@TEOS tarkibli qatlam hosil qilindi. Shuningdek, SO2 gazini mikrokonsentratsiyalarigacha aniqlash uchun esa BTK@TEOS tarkibli qatlam hosil qilingan va bu qatlamlar asosida optik sensorlar yaratilgan;
SO2 va NH3 gazini aniqlovchi optik sensorlarga kislotali (CO2, va boshqalar) va ishqoriy (aminlar) muhit beruvchi gazlar ta’siri aniqlangan;
turli xil indikatorlardan foydalanib SO2 va NH3 gazi konsentratsiyasini keng diapozonda aniqlovchi gaz sezgir materialning metrologik va ekspluatatsion parametrlariga turli omillarning ta’siri aniqlangan;
ammiak va oltingugurt(IV) oksidi uchun sensorlar kimyoviy sezgir qatlamining kompozisiyalari optimallashtirildi va kimyoviy sensorlar uchun belgilangan xususiyatlarga ega “smart” membranalar olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zol-gel texnologiyasi asosida yaratilgan sulfit angidrid va ammiak gazlarini aniqlovchi sensorlar ishlash jarayonining ilmiy texnologik asoslari ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sulfit angidrid gazini aniqlovchi sensor “Elektrokimyozavod” qo‘shma korxonasi aksiyadorlik jamiyati qoshidagi “Elkimyo-agroximoya” MChJda amaliyotga joriy etilgan (“Elkimyo-agroximoya AJ ning 2022 yil 26 iyundagi 159-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan optik sensor zavod chiqindilaridagi SO2 gazini aniqlash imkonini bergan;
sulfit angidrid gazini aniqlovchi sensor “Elektrokimyozavod” qo‘shma korxonasi aksiyadorlik jamiyatida qoshidagi “Elkimyo-agroximoya” MChJda SO2 ni monitoringini o‘tkazishda amaliyotga joriy etilgan (“Elkimyo-agroximoya AJning 2022-yil 26-iyundagi 159-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘lgan SO2 ni monitoringini amalga oshirish imkoni yaratilgan.