Zuparova Zulfiya Axror qizining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mahalliylashtirilgan to‘q qizil exinatseya er ustki qismidan qattiq va suyuq dori shakllari texnologiyasini ishlab chiqish», 15.00.01 - Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Far.37.
Ilmiy maslahatchi: Olimov Nemat Kayumovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy tadqiqot instituti, DSs.04/30.09.2022.Fag.134.01.
Rasmiy opponentlar: Foziljonova Malika Shuxratjonovna, farmatsevtika fanlari doktori, dotsent; Xalilov Ravshanjon Muratdjonovich, texnika fanlari doktori; Maksudova Firuza Xurshidovna farmatsevtika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliylashtirilgan to‘q qizil exinatseya er ustki qismidan immunomodullovchi ta’sirga ega dori shakllarining muayyan tarkiblarini tanlash va texnologiyalarini ishlab chiqish hamda fizik-mexanik xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mahalliylashtirilgan to‘q qizil exinatseya quruq ekstrakti asosida immunomodullovchi ta’sirga ega kapsula dori vositasining muayyan tarkibi, sifat me’yorlari va texnologiyasi ishlab chiqilgan;
maxalliylashtirilgan to‘q qizil exinatseya er ustki qismi xomashyosi asosida olingan kapsulalarning immunomodullovchi farmakologik ta’siri va bezararligi isbotlangan;
to‘q qizil exinatseya o‘simligining er ustki qismi xomashyosidan biologik faol moddalarga boy sharbat olish va quritishdagi mo‘’tadil texnologik sharoitlar ilmiy asoslangan;
ilk bor yangi yig‘ilgan to‘q qizil exinatseya o‘simligidan olingan sharbat va uning asosidagi quritilgan kukunidan tabletka texnologiyasi ishlab chiqilgan va tarkibi zamonaviy matematik modellashtirish usuli asosida aniqlangan;
dorivor to‘q qizil exinatseyadan immun tizimini rag‘batlantiruvchi «Immunatseya bio fitochoy» va «Immunatseya bio fitochoy vitamin S bilan» biologik faol qo‘shimchalarining optimal texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliylashtirilgan to‘q qizil exinatseya er ustki qismidan qattiq va suyuq dori shakllari texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Immunatseya» kapsula dori vositasi uchun korxona farmakopeya maqolasi O‘zR SSV «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi» DUK (hozir O‘zR SSV huzuridagi «Farmatsevtika mahsulotlari havfsizligi Markazi» Davlat muassasasi)ga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan va tasdiqlangan (KFM 42 Uz-01800754-4852-2022). Natijada, mahalliy xomashyo asosida immunomodullovchi dori vositasini ishlab chiqarish imkonini bergan;
«Immunatseya» kapsulalari uchun tajriba-sanoat reglamenti ishlab chiqilib, Toshkent farmatsevtika instituti va «Sharq darmon» MChJ tomonidan tasdiqlangan (OPR:03879-300504946-2022). Mazkur hujjatning tasdiqlanishi natijasida immunomodullovchi dori vositasi uchun me’yoriy hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilishi va ro‘yxatga olinishi ta’minlash imkonini bergan;
o‘tkazilgan klinik oldi sinovlar natijasida «Immunatseya» kapsulalarining spesifik faolligi va bezararligi isbotlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada, «Immunatseya» kapsulalari immunomodullovchi ta’sirga ega dori vositasi sifatida tibbiyot amaliyotida qo‘llash imkonini bergan;
«Immunatseya» kapsulalari O‘zR SSV «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi» DUK tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan (DV/M 04037/02/22). Ushbu me’yoriy hujjatning tasdiqlanishi farmatsevtika bozorida import o‘rnini bosuvchi mahalliy immunomodullovchi dori vositalari assortimentini kengaytirish imkonini bergan;
«Immunatseya bio» tabletkalari biologik faol qo‘shimchasi uchun texnik shartlar (Ts 309975419-01:2023) hamda uni ishlab chiqarish bo‘yicha texnologik yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan (TI 309975419-01:2023). Natijada, xalq tabobati va zamonaviy tibbiyotda immun tizimini rag‘batlantiruvchi biologik faol qo‘shimchalar xilma-xilligini kengaytirish imkonini bergan;
«Immunatseya bio fitochoy» (Ts 309975419-02:2023) va «Immunatseya bio fitochoy vitamin S bilan» (Ts 309975419-06:2023) fitochoylari uchun texnik shartlar O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan. Natijada, «Pharm ZZZ» MChJ tomonidan immunomodullovchi ta’sirga ega biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarish imkonini bergan.