Mamatmusaeva Nilufar Erkinovnaning  
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Silga qarshi biomayrin preparati hamda gossipol asosidagi dori preparatlarining kapsula dori shaklining tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqish», 15.00.01 - Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Far27.
Ilmiy maslahatchi: Sagdullaev Baxodir Taxirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy tadqiqot instituti, DSs.04/30.09.2022.Fag.134.01.
Rasmiy opponentlar: Olimov Ne’mat Qayumovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Sotimov G‘ayrat Baxtiyorovich, texnika fanlari doktori; Abdijalilova Zilolaxon Xikmatullaevna, farmatsevtika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika  ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ta’siri uzaytirilgan yuqori samarali silga qarshi Biomayrin preparati, shuningdek, gossipol asosidagi Rometin va Megosin preparatlarini kapsula dori shakllarining mo‘’tadil tarkibini tanlash va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Biomayrin preparati substansiyasining texnologik xossalari tadqiq etildi, mo‘’tadil tarkib tanlandi va kapsula ko‘rinishidagi dori shakli ishlab chiqilgan,
murakkab tarkibli silga qarshi “Biomayrin” kapsula dori shaklining tarkibi va texnologiyalari ishlab chiqilgan xamda ta’siri uzaytirilganlik xossasi tadqiqotlar natijasida aniqlangan;
“Rometin” va “Megosin” oshqozon va ichakda eruvchan kapsulalarining tarkibi va texnologiyalari ishlab chiqilgan;
Biomayrin, Rometin va Megosin substansiyalarini fizik-texnologik xossalari o‘rganildi hamda namlik va yorug‘lik kabi fizik xossalar dori preparatlarining sifat ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;
tarkibida Rometin va Megosin preparatlari saqlovchi oshqozon va ichakda eruvchan kapsula dori shakllarining spesifik faolligi va bezararligi aniqlangan;
 “Biomayrin”, “Rometin” va “Megosin” kapsula dori shakllari uchun sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlarining turg‘unligini ta’minlovchi saqlanish sharoitlari va yaroqlilik muddatlari aniqlangan;
ichak yallig‘lanishini davolashga mo‘ljallangan “Megosin” kapsulasining davolash samarasi klinik oldi sinovlarda “Al`tan” va “Mesalazin” dori vositalaridan xamda gripp virusiga qarshi “Rometin” kapsulasining davolash samarasi klinik sinovlarda “Arbidol” va “Ergoferon” dori vositalaridan qolishmasligi aniqlangan;
“Biomayrin”, “Rometin” va “Megosin” kapsula dori shakllari uchun me’yoriy hujjatlar (VFM, TSR) to‘plami ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xomashyolar asosida oshqozonda va ichakda eruvchi “Biomayrin”, “Rometin” va “Megosin” kapsula dori shakllarining tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
silga qarshi “Biomayrin” preparatining me’yoriy hujjati O‘zR SSV “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizlik markazi” davlat muassasasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va tasdiqlangan (VFM 42Uz-5231-2022 30.11.2022 y.) Natijada, silga qarshi dori vositasini sifatini to‘liq kafolatlash imkonini yaratgan;   
O‘zR SSV “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi tomonidan “Biomayrin” kapsulasi ro‘yxatdan o‘tganligi sababli sanoatda ishlab chiqarish uchun ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi olingan (DV/M 04312/11/22; 30.11.2022 y.).  Natijada yangi, ta’siri uzaytirilgan, kam zaharli ta’sirga ega silga qarshi dori vositasini sanoat miqyosida  ishlab chiqarish imkonini bergan;
“Biomayrin” kapsulasining fizik-texnologik, kimyoviy va biofarmatsevtik natijalari FA-A11-T059 “Silga qarshi Biomayrin preparatining kapsula dori shaklini ishlab chiqish va klinik sinovlar uchun ruxsat olish” (2015–2017) ilmiy-amaliy loyihasida “Biomayrin” kapsulasining me’yoriy hujjatlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023 yil 3 oktyabrdagi 4/1255-2095-son ma’lumotnomasi). Natijada,  Biomayrin kapsulasi uchun “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasiga me’yoriy hujjatlar to‘plamini tayyorlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish