Daminov Feruz Asadullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Keksa va qari yoshdagi kuyish kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni kompleks davolashni takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Tib812.
Ilmiy rahbar: Karabaev Xudoyberdi Karabaevich, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Camarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023 Tib 102.03.
Rasmiy opponentlar: Sherbekov Ulugbek Axrorovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Fayazov Abdulaziz Djalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Jong Woo Kim - M.D. professor (Janubiy Koreya).
Yetakchi tashkilot: Akademik V. Vaxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: faol jarrohlik taktikasini ishlab chiqish va kompleks davolash usullarini takomillashtirish orqali kuyish kasalligi bo‘lgan keksa va qari yoshdagi bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jarohatning og‘irligiga, qurbonlarning yoshiga va yo‘ldosh kasalliklarning mavjudligiga qarab infuzion-transfuzion terapiya taktikasi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu ko‘p hollarda yurak-qon tomir, o‘pka tizimi, MNS, jigar va buyrak dekompensatsiyasi rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, tromboembolik asoratlar rivojlanishining oldini olishi asoslangan;
keksa va qari odamlarda kuyish kasalligini umumiy hamda mahalliy davolash usullari takomillashtirigan. Yo‘ldosh kasalliklari bo‘lgan keksalarda kuyish kasalligining o‘tkir davrida ITT, inotrop va xronotrop terapiya hajmi hamda tarkibi ishlab chiqilib, somatik kasalliklar va patologik holatlarning jarrohlik aralashuvlari hamda davolash natijalariga ta’sirini baholash amalga oshirilishi aniqlangan;
tadqiqotda katta yosh guruhidagi (60 yosh va undan katta) bemorlarda chuqur kuyishlarni davolash uchun faol jarrohlik usullarini qo‘llash imkoniyatlari va asoslari ko‘rsatilgan, erta jarrohlik nekrektomiya va autodermoplastika (jarohatdan keyingi 5-10-kunlarda) samaradorligi kuyish yaralarini plastik yopish uchun konservativ tayyorlash usuli (kuyishdan keyingi 20-25-kunlarda avaylovchi nekrektomiya) afzalligi asoslangan;
keksa va qari bemorlarda chuqur kuyishlarni jarrohlik yo‘li bilan davolashning turli usullari samaradorligini qiyosiy o‘rganish o‘tkazilib, birinchi marta kuygan keksa va qari yoshdagi bemorlarda kuyish kasalligining asoratlari chastotasi, strukturasi, o‘lim ko‘rsatkichlari, teri qoplamalarini tiklanish muddatlari, autotransplantatlarning lizisi chastotasi, kasalxonada yotish muddati chuqur kuyish maydoni hamda jarrohlik taktikasini tanlashga bog‘liqlik jihatlari  aniqlangan;
keksa va qari bemorlarda kuyish kasalligining keng qamrovli patogenetik terapiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu asoratlar va o‘lim sonini kamaytirishga, bu yoshda chuqur kuyish tana yuzasining 20% gacha bo‘lganda tuzalish chegarasini kengaytirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashining 2024-yil 12-mart 8-son xulosasiga ko‘ra:
Ilmiy yangilikning mohiyati: jarohatning og‘irligiga, qurbonlarning yoshiga va yo‘ldosh kasalliklarning mavjudligiga qarab infuzion-transfuzion terapiya taktikasi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu ko‘p hollarda yurak-qon tomir, o‘pka tizimi, MNS, jigar va buyrak dekompensatsiyasi rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, tromboembolik asoratlar rivojlanishining oldini olish imkonini bergan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: jarohatning og‘irligiga, qurbonlarning yoshiga va yo‘ldosh kasalliklarning mavjudligiga qarab infuzion-transfuzion terapiya taktikasi ishlab chiqilgan, yurak-qon tomir, o‘pka tizimi, MNS, jigar va buyrak dekompensatsiyasi rivojlanishiga yo‘l qo‘yilmagan, shuningdek, tromboembolik asoratlar rivojlanishining oldi olingan. Buning natijasida keksa va qari yoshdagi bemorlarda kuyish kasalligi bo‘lganda davolash natijalari yaxshilangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: RShTYoIM Samarqand filialida, Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining kombustiologiya bo‘limi amaliy faoliyatiga (Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ekspert Kengashining 2023 yil 28 avgustdagi 47-sonli xulosasi) tatbiq etilgan. Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini operatsiyadan keying  vaqtidagi, amaliyotdan keyingi asoratlar chastotasini va davolanishning reabilitatsiya davrini kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kuyish kasalligi bilan og‘rigan keksa va qari yoshdagi bemorlar ishga va jamiyatdagi faol hayotga qaytish, tibbiy yordamdan qoniqishi, umr ko‘rish davomiyligining oshishi, o‘lim va nogironlikning kamayishi imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: keksa va qari yoshdagi odamlar orasida kuyish kasalligida ishlab chiqilgan infuzion-transfuzion terapiya taktikasi natijasida bemorlarda yurak-qon tomir, o‘pka tizimi, MNS, jigar va buyrak dekompensatsiyasi rivojlanishiga yo‘l qo‘yilmagan standart bo‘yicha tavsiya etilgan dori vositalarini qo‘llash soni keskin kamaygan, shuningdek bemorlarning statsionar sharoitida davolanish davri qisqargan. Xulosa: keksa va qari yoshdagi odamlar orasida kuyish kasalligida ishlab chiqilgan infuzion-transfuzion terapiya taktikasi natijasida dori vositalarning no’jo‘ya ta’siri kuzatilmaganligi hisobiga, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 54 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 18 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirgan xolda foydalanish: «Keksa va qari yoshdagi kuyish kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni kompleks davolashni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektorining 2024 yil 13-yanvardagi     303-sonli xati.
ilmiy yangilikning mohiyati: keksa va qari odamlarda kuyish kasalligini umumiy hamda mahalliy davolash usullari takomillashtirigan. Yo‘ldosh kasalliklari bo‘lgan keksalarda kuyish kasalligining o‘tkir davrida ITT, inotrop va xronotrop terapiya hajmi hamda tarkibi ishlab chiqilib, somatik kasalliklar va patologik holatlarning jarrohlik aralashuvlari hamda davolash natijalariga ta’sirini baholash amalga oshirilgan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: ushbu yangilikning ilmiy ahamiyati shundaki, qariyalarda kuyish kasalligini umumiy va mahalliy davolash usullari kuchaytirilganligi hisobiga davolash natijalari yaxshilangan. Yo‘ldosh kasalliklari bo‘lgan keksalarda kuyish kasalligining o‘tkir davrida ITT, inotrop va xronotrop qo‘llab-quvvatlash hajmi va tarkibi ishlab chiqilganligi hisobiga dori vositalarning nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: RShTYoIM Samarqand filialida, Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining kombustiologiya bo‘limi amaliy faoliyatiga (Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ekspert Kengashining 2023 yil 28 avgustdagi 47-sonli xulosasi) tatbiq etilgan. Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini operatsiyadan keying  vaqtidagi, amaliyotdan keyingi asoratlar chastotasini va davolanishning reabilitatsiya davrini kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ushbu yangilikning ijtimoiy samaradorligi shundaki kuyish kasalligi bo‘lgan keksa va qari yoshdagi bemorlar orasida har doim bajarib turadigan ishiga erta qaytganligi bilan baholanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Kuyish kasalligi bo‘lgan keksa va qari yoshdagi bemorlarning shifoxonada qolish muddatini 17,5 kundan 12,08 kungacha kunga qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 210 ming so‘mga kamaytirgan (RPM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 76.000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha150 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); Xulosa: Kuyish kasalligi bo‘lgan keksa va qari yoshdagi bemorlarda operatsiyadan keyingi erta asoratlar kamayganligini hisobga olib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 58 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 23 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirgan xolda foydalanish: «Keksa va qari yoshdagi kuyish kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni kompleks davolashni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektorining 2024 yil 13-yanvardagi     303-sonli xati.
ilmiy yangilikning mohiyati: tadqiqotda katta yosh guruhidagi (60 yosh va undan katta) bemorlarda chuqur kuyishlarni davolash uchun faol jarrohlik usullarini qo‘llash imkoniyatlari va asoslari ko‘rsatilgan, erta jarrohlik nekrektomiya va autodermoplastika (jarohatdan keyingi 5-10-kunlarda) samaradorligi kuyish yaralarini plastik yopish uchun konservativ tayyorlash usuli (kuyishdan keyingi 20-25-kunlarda avaylovchi nekrektomiya) bilan solishtirilib ko‘rsatilgan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Og‘irlashgan premobid fonga ega keksa va qari yoshdagi bemorlarda autodermoplastika uchun yaralarni konservativ tayyorlash bilan solishtirganda bir vaqtning o‘zida (yoki kechiktirilgan) autodermoplastika bilan erta jarrohlik nekrektomiyasi teri qoplamalarining tiklanish vaqtini 2-3 kunga kamaytiradi, statsionar davolanish muddatini 14 kunga qisqartirish, kuyish asoratlari chastotasini 42,0 foizga va letallikni 11,09 foizga kamaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: RShTYoIM Samarqand filialida, Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining kombustiologiya bo‘limi amaliy faoliyatiga (Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ekspert Kengashining 2023 yil 28 avgustdagi 47-sonli xulosasi) tatbiq etilgan. Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini operatsiyadan keying  vaqtidagi, amaliyotdan keyingi asoratlar chastotasini va davolanishning reabilitatsiya davrini kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi Operatsiya jarayonida erta jarrohlik nekrektomiyasini bajarish oqibatida operatsiya davomiyligi qisqargan, shuningdek operatsiyadan keyingi davrda bemorlarda og‘riq kam kuzatilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorlarning statsionarda bo‘lish vaqti kamaygan; 2) bemorlarda operatsiyadan keyingi og‘riq kam kuzatilganligi hisobiga og‘riq qoldiruvchi dorilarga ehtiyoj kam kuzatilgan. Xulosa: Katta yosh guruhidagi (60 yosh va undan katta) bemorlarda chuqur kuyishlarni davolash uchun faol jarrohlik usullarini qo‘llash imkoniyatlari, erta jarrohlik nekrektomiya va autodermoplastika 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 72 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 27 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirgan xolda foydalanish: «Keksa va qari yoshdagi kuyish kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni kompleks davolashni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektorining 2024 yil 13-yanvardagi     303-sonli xati.
ilmiy yangilikning mohiyati: keksa va qari bemorlarda chuqur kuyishlarni jarrohlik yo‘li bilan davolashning turli usullari samaradorligini qiyosiy o‘rganish o‘tkazilib, birinchi marta kuygan keksa va qari yoshdagi bemorlarda kuyish kasalligining asoratlari chastotasi, strukturasi, o‘lim ko‘rsatkichlari, teri qoplamalarini tiklanish muddatlari, autotransplantatlarning lizisi chastotasi, kasalxonada yotish muddati chuqur kuyish maydoni hamda jarrohlik taktikasini tanlashga bog‘liqlik jihatlari  o‘rganilgan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Og‘irlashgan premorbid fonga ega bo‘lgan keksa va qari yoshdagi chuqur kuygan barcha bemorlarda organizmning yurak-qon tomir va nafas olish tizimlari patologik jarayonda ishtirok etadi, bu esa kuyish kasalligi kechishining og‘irlik darajasini aniqlaydi. Mavjud surunkali kasalliklar vaziyatni chuqurlashtiradi, bu esa bemorning ahvolini sezilarli darajada og‘irlashtiradi, asoratlarga olib keladi va davolanish natijalarini yomonlashtiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: RShTYoIM Samarqand filialida, Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining kombustiologiya bo‘limi amaliy faoliyatiga (Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ekspert Kengashining 2023 yil 28 avgustdagi 47-sonli xulosasi) tatbiq etilgan. Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini operatsiyadan keying  vaqtidagi, amaliyotdan keyingi asoratlar chastotasini va davolanishning reabilitatsiya davrini kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi Katta yosh guruhidagi bemorlarda qon aylanish va nafas olish tizimlarini qat’iy monitoringi bilan kuyish shokini ishlab chiqilgan infuzion-transfuzion va kardial terapiyasi taktikasi 69,31 % hollarda bemorlarni shokdan chiqarishga imkon berdi. Markaziy gemodinamika ko‘rsatkilariga ko‘ra kam produktiv gidrodinamik rejimning samaraliroq normodinamik rejimga o‘tishi o‘tkazilayotgan terapiyaning ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorning shifoxonadagi davri uchun: bemorning shifoxonada qolish muddatini 10 kundan 8 kungacha kunga qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 210 ming so‘mga kamaytirgan (RPM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 76.000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 150 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirgan (1 kunga o‘rtacha reabilitatsiya uchun ishlatiladigan 35.000 so‘m dori vositalari sarflanadi); 2) bemorning shifoxonadan tashqaridagi davri uchun (boshqa tibbiy muassasalarda davolanishi, masalan rentgen-radiologiya bo‘limida) bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan. Xulosa: Og‘irlashgan premorbid fonga ega bo‘lgan keksa va qari yoshdagi chuqur kuygan 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 72 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 27 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirgan xolda foydalanish: «Keksa va qari yoshdagi kuyish kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni kompleks davolashni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektorining 2024 yil 13-yanvardagi     303-sonli xati.
ilmiy yangilikning mohiyati: keksa va qari bemorlarda kuyish kasalligining keng qamrovli patogenetik terapiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu asoratlar va o‘lim sonini kamaytirishga, bu yoshda chuqur kuyish tana yuzasining 20% gacha bo‘lganda tuzalish chegarasini kengaytirishga imkon bergan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Erta jarrohlik nekrektomiyasida (o‘rtacha 8,9±1,0 kuni) kuyish kasalligining rivojlanishi patogenetik jihatdan to‘xtatiladi, uning rivojlanish manbalari yo‘qotiladi, operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasi 42,0 foizga kamayadi. Konservativ tayyorlash guruhi ko‘rsatkichi – 31,52 % bilan solishtirganda jarrohlik nekrektomiyasi o‘tkazilgan bemorlar guruhda transplantatlarini lizisi kam kuzatildi – 25,82 %. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: RShTYoIM Samarqand filialida, Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining kombustiologiya bo‘limi amaliy faoliyatiga (Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ekspert Kengashining 2023 yil 28 avgustdagi 47-sonli xulosasi) tatbiq etilgan. Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini operatsiyadan keying  vaqtidagi, amaliyotdan keyingi asoratlar chastotasini va davolanishning reabilitatsiya davrini kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi erta jarrohlik nekrektomiyasi va autodermoplastika o‘tkazgan bemorlar reabilitatsiyasi tezlashgan, har kunlik turmush tarziga erta qaytishgan, ishlash qobiliyati erta tiklangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat erta jarrohlik nekrektomiyasi va autodermoplastika bajarilishi xisobiga sarf xarajatlarni 24.5% kamatirish imkonini bergan. Xulosa: Operatsiya xonasi yuqori texnologiyali jihozlar bilan jihozlanishi va erta jarrohlik nekrektomiyasi va autodermoplastika amaliyotga tatbiq etilishi hisobiga 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 68 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 24 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirgan xolda foydalanish: «Keksa va qari yoshdagi kuyish kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni kompleks davolashni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektorining 2024 yil 13-yanvardagi 303-sonli xati.

Yangiliklarga obuna bo‘lish