Usmonov Farhodjon Komiljonovichning
fan doktori (DSc) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Biofaol qoplamaga ega “Implant.Uz” milliy tish implantatlarini qo‘llashni asoslash» 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2. DSc /Tib708.
Ilmiy rahbar: Xabilov Nig‘mon Luqmonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib59.01.
Rasmiy opponentlar Shomurodov Qahramon Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Keun Vu Li tibbiyot fanlari doktori, professor (Janubiy Koreya), Dalimova Suraya Nugmanovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navarra davlat universiteti (Ispaniya).
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tish nuqsonlarini tiklash uchun biofaol qoplamaga ega yangi tish implantidan foydalanishni klinik va eksperimental asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
biofaol qoplamaga ega tish implantatlari o‘rnatilgan tajriba hayvonlarida ALT, AST va ALP ko‘rsatkichlari normal darajalariga ega bo‘ldi, bu esa periimplant to‘qimasida yallig‘lanish reaksiyasi mavjud emasligi isbotlangan;
2 *106 rad quvvatga ega radiofaol gamma nurlanish ta’sirida sterilizasiya qilish natijasida, biofaol qoplamaga ega tish implantatlari o‘rnatilgan tajriba hayvonlari va bemorlarning so‘lagi hamda qonida anaerob va aerob mikroflora mavjud emasligi aniqlangan;
uchkal`siy fosfat + xitozandan iborat biofaol qoplamaga ega tish implantatlaridan foydalanilganda osteogenez bo‘yicha umumiy o‘zgarishlar qoplamaga ega bo‘lmagan tish implantlari bilan solishtirilganda yuqori natija aniqlangan;
OHIP-14 shkalasi bo‘yicha bemorlarda tishlarning qisman va to‘liq tishsizligida biofaol qoplamaga ega tish implantatlari bilan tiklanganda hayot sifatini yaxshilanishi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent davlat stomatologiya instituti ekspert kengashining 2024 yil 10 fevraldagi №26-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: birinchi ilmiy yangilikning mohiyati: eksperimental hayvonlarga ushbu “Implant.Uz” tish implantining zaharlilik, allergik va nojo‘ya ta’sirining yo‘qligi biofaol qoplamaga ega “Implant.Uz” tish implantidan foydalanishning tibbiy va biologik xavfsizligini isbotlaydi, bu esa kimyoviy va sifatli tarkibiga ko‘ra tirik organizm bilan biologik mos keladi. Ilmiy innovasiyalarning iqtisodiy samaradorligi: Shundan iboratki, eksperimental, morfologik va laboratoriya tadqiqotlarining ijobiy natijalari asosida tadqiqotning klinik bosqichlari o‘tkazildi va bu o‘z navbatida O‘zbekistonda ushbu innovasion ishlanmani hom ashyolar va ishlanmalardan foydalangan holda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni tavsiya qildi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ikkinchi ilmiy yangilikning mohiyati: AST va ALP parametrlarining o‘zgarishini tahlil qilish orqali dental implantlarning biofaol qoplamasining eksperimental hayvonlarning ichki organlariga ta’siri tahlil qilindi, bu esa kimyoviy va sifatli tarkibiga ko‘ra tirik organizm bilan biologik mos keladi. Ilmiy innovasiyalarning iqtisodiy samaradorligi: Shundan iboratki, eksperimental, morfologik va laboratoriya tadqiqotlarining ijobiy natijalari asosida tadqiqotning klinik bosqichlari o‘tkazildi va bu o‘z navbatida O‘zbekistonda ushbu innovasion ishlanmani mahalliy hom ashyolar va ishlanmalardan foydalangan holda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni tavsiya qildi.
uchinchi ilmiy yangilik: uchinchi ilmiy yangilikning mohiyati: mikrobiologik usullardan foydalangan holda stomatologik implantlarga tavsiya etilgan biofaol qoplamani optimal sterilizasiya qilish uchun zarur bo‘lgan radioaktiv nurlanish darajasini aniqlandi. Ilmiy innovasiyalarning iqtisodiy samaradorligi: Shundan iboratki, Mikrobiologik usullardan foydalangan holda mahalliy stomatologik implantlarga tavsiya etilgan biofaol qoplamani optimal sterilizasiya qilish asosida tadqiqotning klinik va eksperimental bosqichlari o‘tkazildi va bu o‘z navbatida O‘zbekistonda ushbu innovasion ishlanmani mahalliy hom ashyolar va ishlanmalardan foydalangan holda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni tavsiya qildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: to‘rtinchi ilmiy yangilikning mohiyati: suyak-implant chegarasidagi suyak zichligining 3D rentgen va densitometrik tadqiqotlari o‘rnatilgan implantning osseointegrasiyasi qay darajada sodir bo‘lganligini ko‘rsatadi. Xounsfild shkalasi qanchalik baland bo‘lsa, tish implantasiyasi va uning atrofidagi suyak o‘rtasidagi aloqa shunchalik qattiqroq bo‘ladi.. Ilmiy innovasiyalarning iqtisodiy samaradorligi: Ushbu innovasion ishlanma import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan. Janubiy Koreya kompaniyasi implanti biofaol qoplamaga ega “Osstem” TS III BA kompaniyasidan olib kelingan 1 dona implant va uning qo‘shimcha qismlarining narxi 1 896 000 so‘mni tashkil etadi, 1 dona mahalliy biofaol qoplamaga ega “Implant.Uz” tish implantati esa 1 146 000 so‘mga arzonroq (750 000 so‘mga teng), ya’ni import qilinganidan 2,5 barobar arzon. Agar qisman va to‘liq tishlari bo‘lgan bemorlarning ko‘pchiligida o‘rtacha implantologik davolash paytida implantlarning minimal soni 2 ta ekanligini hisobga olsak, mahalliy implantning iqtisodiy samarasi sezilarli darajada oshadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Ekonomicheskaya effektivnost` «Implant.Uz» pri vosstanovlenii defektov zubnogo ryada» uslubiy tavsiyalari tasdiqlandi va amaliyotga joriy etildi ( O‘zR SSV Ekspertlar kengashi 16.01.23 y.da 8n-r/91-son bilan Qaror). Ushbu uslubiy tavsiya tishlar nuqsonlarini olinmaydigan ortopedik tuzilmalar yordamida jarrohlik va ortopedik davolash sifatini oshirish imkonini berdi.
beshinchi ilmiy yangilik: beshinchi ilmiy yangilikning mohiyati: suyak va biofaol qoplamaga ega “Implant.Uz” tish implantining chegarasida yangi hosil bo‘lgan suyakning yot qo‘shimchalarsiz zich va qattiq birikkanligi, shuningdek implant yuzasi va suyak orasidagi bo‘shliqlarsiz bo‘lishi jag‘ suyaklari to‘qimalariga osseointegrasiyalashuvining ijobiy jarayonini isbotlaydi. Ilmiy innovasiyalarning iqtisodiy samaradorligi: eksperimental, morfologik va laboratoriya tadqiqotlarining ijobiy natijalari asosida tadqiqotning klinik bosqichlari o‘tkazildi va bu o‘z navbatida O‘zbekistonda ushbu innovasion ishlanmani mahalliy hom ashyolar va ishlanmalardan foydalangan holda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni tavsiya qildi.