Norkulov Suxrob Turakulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ta’lim muassasalarini raqamlashtirish asosida samaradorligini oshirish”, 08.00.16 – Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3151.
Ilmiy rahbar: Alimov Baxodir Batirovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.07.2022.I.16.05 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov Elmurod Abdusattorovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Vafoev Boburjon Rasulovich iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ta’lim muassasalarini raqamlashtirish asosida samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
masofaviy ta’lim natijalarini baholash tizimini takomillashtirish yo‘li bilan malaka oshiruvchilar sonini va malaka oshirish sifatini oshirish asoslab berilgan;
asinxron va sinxron tarmoq texnologiyalari asosida masofaviy ta’limni yo‘lga qo‘yish, bulutli texnologiyalardan foydalangan holda, raqamli ta’lim ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonlarini chuqurlashtirish taklif qilingan;
ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish orqali moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish yo‘llari (ilmiy-tadqiqotlarni davlat buyurtmalari asosida amalga oshirish tizimiga davlat-xususiy sherikchilik munosabatlarini keng ko‘lamda joriy qilish, ilmiy-tadqiqotlarni moliyalashtirish amaliyotiga franchayzingni joriy etish, tijorat banklari tomonidan tashqi investorlarni oliy ta’lim muassasalaridagi ilmiy-tadqiqotlarni moliyalashtirishga jalb etish amaliyotini joriy qilish) tavsiya etilgan;
masofaviy ta’lim auditoriyasini tashkil etish yo‘li bilan internet-texnologiyalari asosida interfaollikni ta’minlash, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida, masofaviy ta’lim texnologiyalaridan kompleks foydalanishni yo‘lga qo‘yish va masofaviy ta’lim natijalarini Bern modeli bo‘yicha baholashning maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan.
yangi interaktiv ta’lim axborot resurslarini ishlab chiqish va yaratish, shuningdek, ta’limning barcha darajalari uchun "onlayn talim" elementlarini joriy qilish, soha uchun yagona axborot makonini shakllantirish (tarmoqli davlat raqamli platformasini yaratish), uning doirasida talabalar va muassasalar o‘rtasida samarali hamkorlikni tashkil etish uchun elektron xizmatlar va tahliliy vositalarni ishlab chiqishga qaratilgan.
talaba faoliyatini qayd etuvchi, talabaning ehtiyojlarini inobatga olgan holda u to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘playdigan va tahlil qiladigan hamda identifikatsiyalangan “ta’lim platformalarini”ni yaratuvchi xizmatlarni joriy etish, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida funksiyalarni amalga oshiruvchi boshqa davlat organlarining davlat axborot tizimlari va resurslari bilan integratsiyalashuvni amalga oshirish ko‘zda tutilgan .
ta’lim muasssasalari boshqaruvining korporativ identifikatsiyasi va korporativ mas’uliyat uchun raqamli infratuzilmani yaratish orqali ta’lim muasssasasi faoliyati samaradorligini oshirish maqsad qilingan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot jarayonida olingan quyidagi ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
masofaviy texnologiyalarni joriy etish va masofaviy ta’lim natijalarini baholash tizimini takomillashtirish yo‘li bilan malaka oshiruvchilar sonini va malaka oshirish sifatini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2023-yil 10-martdagi 2/1520-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni qo‘llash natijasida temir yo‘l, metropoliten transporti xodimlari malakasini oshirish yo‘nalishida 2021-yilda malaka oshirish rejasi 143 foiz, 2022-yilda 121 foizga bajarildi.
raqamli texnologiyalarni ta’limni raqamlashtirish jarayonlariga tatbiq etish ko‘lamini kengaytirish yo‘li bilan Markazda ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish darajasini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi O‘zining temir yo‘llariga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning temir yo‘l transporti xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2023-yil 10-martdagi 2/1520-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni qo‘llash natijasida Markazda ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish darajasi 2022-yilda 2021-yilga nisbatan 58.4 foizga oshgan;
ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish orqali moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish orqali markazning pul tushumlari miqdorini oshirish zarurligi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi o‘zining temir yo‘llariga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning temir yo‘l transporti xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2023-yil 10-martdagi 2/1520-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni qo‘llash natijasida Markazning ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish orqali pul tushumlari miqdori 2022-yilda 2021-yilga nisbatan 1.942,9 mln. so‘mga oshgan;
masofaviy ta’lim auditoriyasini tashkil etish yo‘li bilan internet-texnologiyalari asosida interfaollikni ta’minlash, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish yo‘li bilan masofaviy ta’lim sifatini oshirishning maqsadga muvofiqligi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi o‘zining temir yo‘llariga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning temir yo‘l transporti xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2023-yil 10-martdagi 2/1520-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni qo‘llash natijasida masofaviy ta’lim auditoriyasi tashkil qilinib, interfaollikni nazarda tutuvchi vosita Pro Space K75 markali «Interfaol sensorlik paneli» bilan jihozlangan.