Mirzaev Kamol Karimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jarohatlanganlar ommaviy murojaat qilgan sharoitda oyoq-qo‘llarning o‘qdan yaralangan yiringli-septik asoratlarini oldini olish va davolashning zamonaviy tamoyillari», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Tib768.
Ilmiy maslahatchi: Djumabaev Erkin Satkulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Dadaev Shirin Amanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sabirov Djaxongir Ruzievich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Salaxiddinov Kamoliddin Zuxriddinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qo‘l-oyoqlarning limfotrop terapiyani qo‘llash va tinchlik davrda jarohatlanganlarning ommaviy oqimiga tibbiy yordam ko‘rsatish usullarini takomillashtirish orqali o‘q jarohatlarini kompleks davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tinchlik davrida o‘qotar quroldan foydalangan holda qurolli to‘qnashuvlar paytida ko‘pincha oyoq-qo‘llarning shikastlanishi, bunda qon ketishini to‘xtatish uchun jgutdan foydalanish bosib turuvchi bog‘lamlardan foydalanishga qaraganda ko‘proq asoratlar bilan birga kelishi isbotlangan;
o‘q jarohatlarida to‘qimalardagi morfostrukturaviy o‘zgarishlar aniqlangan va elektron mikroskopiya orqali tasdiqlangan, bu esa o‘q jarohatlarini davolashda patogenetik jihatdan asoslangan usul deb hisoblanishi mumkin bo‘lgan limfotrop terapiyaning samaradorligini isbotlagan;
jabrlanganlarni davolashda yangi yondashuvlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘lgan o‘q jarohatlarida yumshoq to‘qimalar va limfatik tomirlarda ul`trastrukturali hujayraviy o‘zgarishlarning morfologik dinamikasi aniqlangan;
qo‘l-oyoqlarning o‘q jaroxatlarida antibiotiklarni regional limfotrop yuborish va limfa drenajini rag‘batlantirish orqali qon, limfa tugunlari va yumshoq to‘qimalarda ularning uzoqroq muddat to‘yinishiga erishilishi tajribaviy sharoitda isbotlangan;
suyaklarning shikastlanishi bilan birga uchragan qo‘l-oyoqlar yumshoq to‘qimalarining o‘q jarohatlarida antibiotiklarni limfotrop yuborish va limfa drenajini rag‘batlantirish yordamida birlamchi cho‘ktiriluvchi va ekstrafokal osteosintez usulini qo‘llash orqali kompleks davolash usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2024 yil 26 martdagi 06/14-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2024 yil 27 martdagi 01-06/1021-son xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: tinchlik sharoitida o‘qotar qurollardan foydalangan holda qurolli to‘qnashuvlar paytida ko‘pincha oyoq-qo‘llarning shikastlanishi sodir bo‘lishi, qon ketishini to‘xtatish uchun siquvchi tasmadan foydalanish bosub turuvchi bog‘lamlardan foydalanishga qaraganda ko‘proq asoratlar bilan birga kechishi isbotlanganligi RShTYoIM Andijon filialida 2023 yil 23 dekabrdagi 168-sonli buyruq bilan, RShTYoIM Namangan filialida 2023 yil 19 dekabrdagi 284/7-sonli buyruq bilan va Farg‘ona harbiy gospitalida 21 dekabrdagi 241-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • jarohatlanganlar ommaviy murojaat qilgan sharoitda oyoq-qo‘llarning o‘qdan yaralangan yiringli-septik asoratlarni jarrohlik yo‘li bilan davolashga yondashuvni individuallashtirish; • qon ketishini to‘xtatish uchun siquvchi tasma (jgut) o‘rniga bosub turuvchi bog‘lamlardan foydalanish orqali turli qon ketishlar oldini olishga imkon berishi orqali davo taktikasini optimallashtirish; • yaqin va uzoq davr davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va xatolar sonini keskin kamaytirish; • asoratlarning chastotasini kamaytirish natijasida bemorlarning taktikaviy amaliyotdan oldingi va keyingi davr reabilitatsiya vaqti tezroq amalga oshib, ushbu holatlardagi bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga erishiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: qo‘yidagilardan iborat: taklif etilayotgan usullarni kompleks qo‘llash orqali kuzatilayotgan bemorlarning barcha holatlarida asoratsiz davolanadi. Bunda majmuaviy davo usullarini qo‘llash natijasida bemorlarning statsionarda bo‘lish muddatini 11 kunga va ambulatoriya sharoitida reabilitatsiyani 5 kunga qisqartirdi. Buning natijasida 1 bemorning statsionarda bo‘lishi 1 kunlik jami xarajatlarining o‘rtacha miqdori (dori-darmonlar, tekshiruvlar bilan birgalikda) 353 250 so‘mni tashkil etsa, 11 kunlik xarajat 3 885 750 so‘mni tashkil etadi (RShTYoIM Andijon filiali, RShTYoIM Namangan filiali va Farg‘ona harbiy gospitali preyskurantiga ko‘ra). Shundan kelib chiqib mazkur amaliyotlar natijasida: 1 nafar bemordan 3 885 750 so‘m iqtisod qilinsa, bunda yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 38 857 500 so‘mni tashkil etadi (10 nafar bemor uchun). Xulosa: taklif etilayotgan kompleks usullarni amaliyotga joriy etilishi bir bemor uchun 3 885 750 so‘m iqtisod qilinishiga olib keldi. Buning natijasida yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 38 857 500 so‘mni tashkil etadi (10 nafar bemor uchun). Shunda yillik byudjet mablag‘laridan 31 086 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 7 771 500 so‘m miqdorda iqtisod qilindi.
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘q jarohatlarida to‘qimalardagi morfostrukturaviy o‘zgarishlar aniqlangan va elektron mikroskopiya orqali tasdiqlangan, bu esa o‘q jarohatlarini davolashda patogenetik jihatdan asoslangan usul deb hisoblanishi mumkin bo‘lgan limfotrop terapiyaning samaradorligini isbotlaganligi RShTYoIM Andijon filialida 2023 yil 23 dekabrdagi 168-sonli buyruq bilan, RShTYoIM Namangan filialida 2023 yil 19 dekabrdagi 284/7-sonli buyruq bilan va Farg‘ona harbiy gospitalida 21 dekabrdagi 241-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • eksperimentda transmission va skanerlovchi mikroskopiya darajasida qo‘l-oyoqlarning o‘qdan yaralanishining morfologik o‘zgarishlari o‘rganildi; • limfo oqimi va mumkin bo‘lgan uning stimulyasiyasi buzilishining eksperimental-morfologik asoslari aniqlandi; • mikrotsirkulyator buzilishlar va molekulyar chayqalish (kommotsiya) hududi limfostazi yara jarayoni kechishiga etarlicha ta’sir ko‘rsatishi o‘rganildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: odatda mazkur holatlarda antibakterial terapiya amaliyoti o‘tkazilishidan o‘rta xisobda 303 400 so‘m, shuningdek, bir vaqtda qon ketish asoratlarida tezkor qon to‘xtatish usullari birgalikda qo‘llash taqazo etsa unda, 1 500 900 so‘m miqdorda qo‘shimcha xarajatlar sarfiga olib keladi. Shunda umumiy o‘rta hisobda mazkur uslublar qo‘llash natijasida 1 804 300 so‘m (RShTYoIM Andijon filiali, RShTYoIM Namangan filiali va Farg‘ona harbiy gospitali preyskurantiga ko‘ra) sarflanadi. Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki yuqoridagi asoslangan yangicha uslub yordamida davolashda asosiy guruhda bemorlarni kompleks davolashning 5-kunida neytrofillar miqdorining kamayishi yuzaga keldi, makrofagal reaksiya ortdi, fibroblastlar paydo bo‘lishi kuzatildi. Bunda nazorat guruhida yallig‘lanish belgilari ijobiy sitogrammada o‘z tasdig‘ini topdi. Natijada asosiy guruh bemorlarida sitologik ko‘rinishning miqdoriy nisbatida: neytrofillar 66,4±0,6%; makrofaglar 14,7±0,3%; fibroblastlar 9,4±0,5%, bu nazorat guruhida mos tarzda 63,3± 0,3%; 13,1± 0,7%; 9,2± 0,9% ni tashkil qildi (p<0,01). Yaralari ochiq parvarish qilingan bemorlarda yaradagi kislotalik pH i 6,4±1,2 ga teng bo‘ldi. RLAT va RLS dan foydalanib, kompleks davolashda pH (7,5±1,0%), (R=0,001) normallashdi yoki ishqorlanish tomoniga siljish aniqlandi. Shundan kelib chiqib mazkur amaliyotlar natijasida mazkur patologiyalir bemorda asoslangan antibakterial terapiyani qo‘llash va yangicha yondashuvdagi qon to‘xtatish amaliyoti kompleks usullarini qo‘llash natijasida: 1 bemor uchun o‘rtacha xisobda 554 100 so‘m mablag‘ iqtisod qilinishga olib keladi, ya’ni: ((odatda mazkur patologiyada sarf qilingandigan o‘rtacha umumiy xarajat) 1 804 300 so‘m – (taklif etilgan usullar yordamida to‘g‘ri tanlangan davolash taktikasi natijasida, yangi amaliyotining joriy etilishi natijasidagi o‘rtacha umumiy xarajat) 1 250 200 so‘m = 554 100 so‘m (iqtisod qilinadigan summa)), bunda esa yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 7 757 400 so‘mni tashkil etdi (14 nafar bemor uchun). Shunda yillik byudjet mablag‘laridan 6 205 920 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 1 551 480 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Xulosa: o‘q jarohatlari paytida yumshoq to‘qimalar va limfa tomirlaridagi o‘zgarishlar dinamikasi hujayraviy ul`trastruktura darajasida ilmiy asoslangan uslublarni amaliyotga joriy etish natijasida bir bemor uchun 554 100 so‘m iqtisod qilinishiga olib keldi. Tajribada keltirilgan 14 nafar bemor uchun, bu iqtisodiy tejash ko‘rsatgichi yillik 7 757 400 so‘mni tashkil etdi. Bunda mazkur usulning amaliyotga tatbig‘i yordamida yillik byudjet mablag‘laridan 6 205 920 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 1 551 480 so‘m miqdorda iqtisod qilindi.
uchinchi ilmiy yangilik: jabrlanganlarni davolashda yangi yondashuvlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘lgan o‘q jarohatlarida yumshoq to‘qimalar va limfatik tomirlarda ul`trastrukturali hujayraviy o‘zgarishlarning morfologik dinamikasi aniqlanganligi RShTYoIM Andijon filialida 2023 yil 23 dekabrdagi 168-sonli buyruq bilan, RShTYoIM Namangan filialida 2023 yil 19 dekabrdagi 284/7-sonli buyruq bilan va Farg‘ona harbiy gospitalida 21 dekabrdagi 241-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: antibiotiklarni regionar limfotrop yuborishda va limfodrenaj stimulyasiyasida, eksperimentda birinchi bo‘lib qonda, limfa tugunlari va o‘qdan yaralangan qo‘l-oyoqlar yumshoq to‘qimalarida to‘planishi ko‘rsatildi. Bu bilan limfatik drenaj regionar stimulyasiyasi (RLS) bilan regionar limfatrop antibakterial terapiya (RLAT) usullarini klinik qo‘llashning asoslari yaratildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: limfatik drenaj regionar stimulyasiyasi (RLS) bilan regionar limfatrop antibakterial terapiya (RLAT) usullarini klinik qo‘llash natijasida yumshoq to‘qimalarda yallig‘lanish jarayoni kechishining klinik xususiyati va preventiv samarasi aniqlangan. Bunda tuzalish ko‘rsatkichlar asosiy guruhda 2,5 marta tezroq yuz berganligi, bu statsionarda bo‘lish muddatini qisqartirishga imkon berganini, yiringlash turidagi asoratlarning 4 marta kamayganligi aniqlandi. Bundan shu narsa aniq bo‘ladiki 1 bemorda: oyoq-qo‘llarning o‘qdan yaralangan yiringli-septik asoratlarini to‘la kompleks davosida talab etildigan umumiy sarf xarajat (umumiy dori-darmonlar, bog‘lov materiallari, jaroxat sohasi uchun ishlov materillari) turlari bo‘yicha o‘rta miqdorda 8 669 790 so‘m xarajat talab etiladi. Agarda yuqoridagi uslublar qo‘llanilganda tuzalish ko‘rsatkichlar asosiy guruhda 2,5 marta tezroq bo‘lsa bunda iqtisodiy tejash ko‘rsatgichi 3 467 916 so‘mni tashkil etadi ( 8 669 790 so‘m / 2.5=3 467 916 so‘m); yiringli-septik asoratlar qo‘shilganda umumiy sarf xarajtlar 11 640 000 so‘mni tashkil etadi. Bunda ta’kidlangan kompleks davo usullari qo‘llanilsa, yiringlash turidagi asoratlarning 4 marta kamayganligi aniqlangan bo‘lsa bunda iqtisodiy tejash ko‘rsatgichi 2 910 000 so‘mni tashkil etadi (11 640 000 so‘m / 4= 2 910 000 so‘m). Yuqoridagilardan kelib chiqadiki, bunda mazkur usulni tadbiq etish natijasida: 1 nafar bemordan iqtisodiy tejash ko‘rsatgichi o‘rta hisobda 6 377 916 so‘mni tashkil etsa, yillik iqtisodiy tejash ko‘rsatkichi esa 31 889 580 so‘mni tashkil etdi (5 nafar bemor uchun). Mazkur taklif etilgan usullarni tadbig‘i natijasida yillik byudjet mablag‘laridan 25 511 664 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 6 377 916 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Xulosa: limfatik drenaj regionar stimulyasiyasi (RLS) bilan regionar limfatrop antibakterial terapiya (RLAT) usullardan klinik foydalanishni amaliyotga joriy qilinishi 1 yilda 31 889 580 so‘mni (5 nafar bemor uchun), shundan 25 511 664 so‘m byudjet mablag‘larini, 6 377 916 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilish imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: qo‘l-oyoqlarning o‘q jaroxatlarida antibiotiklarni regional limfotrop yuborish va limfa drenajini rag‘batlantirish orqali qon, limfa tugunlari va yumshoq to‘qimalarda ularning uzoqroq muddat to‘yinishiga erishilishi tajribaviy sharoitda isbotlanganligi RShTYoIM Andijon filialida 2023 yil 23 dekabrdagi 168-sonli buyruq bilan, RShTYoIM Namangan filialida 2023 yil 19 dekabrdagi 284/7-sonli buyruq bilan va Farg‘ona harbiy gospitalida 21 dekabrdagi 241-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: oyoq-qo‘llar yumshoq to‘qimalarining o‘qdan jarohatlari bo‘lgan bemorlarda antibiotiklarni endolimfatik yuborish texnikasidan foydalangan holda, jarrohlik usuli bilan davolashda ushbu turkumdagi bemorlarni optimal, individual davolashni ta’minlash imkonini beruvchi takrorlanadigan yondashuv usuli taklif etilishi sababli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar oldi olindi; bemorlar reabilitatsiya vaqti qisqardi; hayot faoliyati o‘zgardi; mehnat faoliyati yaxshilandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: limfotrop antibiotikoterapiya hamda regionar limfostimulyasiyaning qo‘llash natijasida: yaralari ochiq parvarish qilingan bemorlarda yaradagi kislotalik pH 6,4±1,2 ga teng bo‘ldi. RLAT va RLS dan foydalanib, kompleks davolashda pH (7,5±1,0%), (R=0,001) normallashdi yoki ishqorlanish tomoniga siljish aniqlandi. Taqdim etgan metod birlamchi choklarni qo‘yishga hamda yaralarni asoratsiz to‘laqonli bitishiga, yaradorlarni klinikada bo‘lish muddatini 6-7 kunga qisqartirishga imkon beradi. Buning natijasida 1 nafar bemorda mazkur holatda statsionarda bo‘lish umumiy o‘rtacha xarajati 353 250 so‘mni tashkil etsa, bu o‘rtacha mazkur holatda (7 kun uchun) 2 472 750 so‘mni tashkil etadi. Yuqoridagilardan kelib chiqadiki, bunda mazkur usulni tadbiq etish natijasida: 1 nafar bemordan iqtisodiy tejash ko‘rsatgichi 2 472 750 so‘mni (7 kun uchun) tashkil etsa, yillik iqtisodiy tejash ko‘rsatkichi esa 12 363 750 so‘mni tashkil etdi (5 nafar bemor uchun). Mazkur taklif etilgan usullarni tadbig‘i natijasida yillik byudjet mablag‘laridan 9 891 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 2 472 750 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Xulosa: ishlab chiqilgan limfotrop antibiotikoterapiya hamda regionar limfostimulyasiyasi usulidan foydalanishni amaliyotga joriy qilinishi 1 yilda 12 363 750 so‘mni (5 nafar bemor uchun), shundan 9 891 000 so‘m byudjet mablag‘larini, 2 472 750 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilish imkonini berdi.
beshinchi ilmiy yangilik: suyaklarning shikastlanishi bilan birga uchragan qo‘l-oyoqlar yumshoq to‘qimalarining o‘q jarohatlarida antibiotiklarni limfotrop yuborish va limfa drenajini rag‘batlantirish yordamida birlamchi cho‘ktiriluvchi va ekstrafokal osteosintez usulini qo‘llash orqali kompleks davolash usullari ishlab chiqilganligi RShTYoIM Andijon filialida 2023 yil 23 dekabrdagi 168-sonli buyruq bilan, RShTYoIM Namangan filialida 2023 yil 19 dekabrdagi 284/7-sonli buyruq bilan va Farg‘ona harbiy gospitalida 21 dekabrdagi 241-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • mazkur ishlanmalar jarroh, travmatolog va reanimatologlarga O‘zbekistonda isloh qilingan RShTYoIM tuzilmasidagi evakuatsiya bosqichlarida operativ davo va tibbiy yordam hajmining maqbul mezonlarini tanlash; • tanlangan mezonlarning yangicha davo usullarini amaliyotga qo‘llash natijasida esa davolash natijalarini yaxshilashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: jabrlanganlarni ommaviy murojaat qilish sharoitida qo‘l-oyoqlarning o‘qdan yaralanishi fonida: oyoq-qo‘llarning o‘qdan yaralangan yiringli-septik asoratlarini to‘la kompleks davosida talab etildigan umumiy sarf xarajat (umumiy dori-darmonlar, bog‘lov materiallari, jaroxat sohasi uchun ishlov materillari) turlari bo‘yicha o‘rta miqdorda 8 669 790 so‘m xarajat talab etiladi. Bunda to‘g‘ri taktik usullar natijasida asosiy guruhda 2,5 marta tezroq tuzalish yuz berganligi, bu statsionarda bo‘lish muddatini qisqartirishga imkon berganini, yiringlash turidagi asoratlarning 4 marta kamayganligi aniqlandi. Agarda yuqoridagi uslublar qo‘llanilganda tuzalish ko‘rsatkichlar asosiy guruhda 2,5 marta tezroq bo‘lsa bunda iqtisodiy tejash ko‘rsatgichi 3 467 916 so‘mni tashkil etadi ( 8 669 790 so‘m / 2.5=3 467 916 so‘m); yiringli-septik asoratlar qo‘shilganda umumiy sarf xarajtlar 11 640 000 so‘mni tashkil etadi. Bunda ta’kidlangan kompleks davo usullari qo‘llanilsa yiringlash turidagi asoratlarning 4 marta kamayganligi aniqlangan bo‘lsa bunda iqtisodiy tejash ko‘rsatgichi 2 910 000 so‘mni tashkil etadi (11 640 000 so‘m / 4= 2 910 000 so‘m). Yuqoridagilardan kelib chiqadiki, bunda mazkur usulni tadbiq etish natijasida: 1 nafar bemordan iqtisodiy tejash ko‘rsatgichi 6 377 916 so‘mni tashkil etsa, yillik iqtisodiy tejash ko‘rsatkichi esa 44 645 412 so‘mni tashkil etdi (7 nafar bemor uchun). Mazkur taklif etilgan usullarni tadbig‘i natijasida yillik byudjet mablag‘laridan 35 716 329,6 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 8 929 082,4 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Xulosa: ishlab chiqilgan usul bo‘yicha jabrlanganlarni ommaviy murojaat qilish sharoitida qo‘l-oyoqlarning o‘qdan yaralanishini davolash taktikasini amaliyotga joriy qilinishi natijasida 1 nafar bemorda iqtisodiy ko‘rsatgich 6 377 916 so‘mni tashkil etdi. Yillik iqtisodiy ko‘rsatkich esa 44 645 412 so‘mni (7 nafar bemor uchun) tashkil etib, shundan 35 716 329,6 so‘m byudjet mablag‘larini, 8 929 082,4 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilish imkonini berdi.