Otaxonova Mahliyoxon Kamoliddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Masofa va hajm ifodalovchi til birliklari konseptologiyasi va ularning olam lisoniy manzarasidagi o‘rni (ingliz va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3882.
Ilmiy rahbar: Shahabitdinova Shohida Xoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor; Odilova Gulnoza Komiljonovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Fargona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida masofa va hajm ifodalovchi til birliklari konseptologiyasi va ularning olam lisoniy manzarasidagi o‘rnini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘lchov, hajm, chuqurlik, balandlik, og‘irlik sifatida tushuniladigan “hajm” konseptining dimensional, deskriptor tabiati; “masofa” konseptining relyativ, vaziyatga mos kelishlik yoki aksinchalik tabiati ingliz va o‘zbek tillari misolida ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida konseptual kategoriyalari ifoda qamrovining kengligi, sinkretikligi va semantik pozisiyaning konkret emasligi bilan grammatik kategoriyalardan farq qilishi dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillarida “masofa” va “hajm” konsepti leksik-semantik maydoni boshqa asosiy va bazaviy konseptlar bilan sirkulyasiyasi barqarorligi, ularda dominant va periferiya rollari kontekst mohiyati va sinonimik sabablarga ko‘ra almashinib turishi – sirkulyasiyasi aniqlangan;
konsept mazmuniy tuzilishining tasviriy, uyushgan, tafakkuriy (konseptual), baholash, mazmuniy qiymat, etimologik, tarixiy komponentlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillarida “masofa” va “hajm” konseptlarining lingvokognitiv va lingvomadaniy xususiyatlarini chog‘ishtirma tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
masofa va hajm ifodalovchi til birliklari konseptologiyasi va ularning olam lisoniy manzarasidagi aksiga doir ilmiy xulosalardan Andijon davlat universitetida 2022-2023-yillarda bajarilayotgan “№ IL-402104213. O‘zbek tilida elektron lingvistik ensiklopedik lug‘at ishlab chiqish” davlat innovatsion-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2023-yil 19-maydagi 39-01-1227-son ma’lumotnomasi). Natijada olam lisoniy manzarasi tavsifida qo‘llaniluvchi ayrim birliklarining o‘ziga xosliklari ochib berilgan;
mavhum konseptlarni ifodalovchi til birliklarining muloqotdagi o‘ziga xoslikni ta’minlashdagi o‘rni, ularning ta’rifi, matnning grammatik, leksik va semantik, shuningdek, lingvostilistik imkoniyatlarining muloqot aktida lisoniy madaniyatni ta’minlashdagi vazifalari,gender xususiyatlari, tartibga solingan diskurs, spontan diskursning nutqiy ta’sirga oid farqlarini ifodalash uchun maxsus va vazifadosh shakllar, eksplisit va implisit jihatlar bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan Andijon davlat universitetida 2017-2020 yillarda olib borilgan OT-F1-18 “Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlar va metodologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi davlat fundamental-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihalarda foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2023-yil 19-maydagi 39-01-1227-son ma’lumotnomasi). Natijada lisoniy madaniyatni ta’minlashga oid metodologiya nutq aktlariga doir yangi nazariy qarashlar bilan boyitilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida “masofa” va “hajm” konseptlarining kognitiv-derivatsion xususiyatlarini aniqlash asosida so‘z birikmasi va frazeologik birliklar yordamida obrazli ifodalanishi, ingliz va o‘zbek tillarida “masofa” va “hajm” konseptlarini yondosh konseptlar bilan sirkulyasiya jarayonining og‘zaki nutqda aks etishining ilmiy asoslariga, ingliz va o‘zbek tillarida “masofa” va “hajm” konseptlari leksik-semantik maydon birliklarini nutqiy ifodalanish xususiyatlari, konseptlarni voqealantiruvchi birliklar sinonimlari gradatsiya va degradatsiya shakllari, konseptga doir leksemalar hamda affiksoidlarning ifodalanishi kabi jihatlarini ilmiy asoslashga doir natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” nomli eshittirishlarida (2023-yil fevral va may oylari) foydalanildi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 28-maydagi 04-36-804 son ma’lumotnomasi). Natijada radiotinglovchilarmuloqot bilan bilan bog‘liq pragmatik muammolar, nutqiy xulq-atvorining belgilangan stereotiplariga munosabatining o‘rganilishi, nutqda frazeologik, paremiologik vositalardan foydalanilishi imkoniyatlarini ochib berish kabi ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, eshittirishlarning nazariy asoslari mustahkamlangan.