Musaev Akmalbek Ibragimdjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Inglizcha - O‘zbekcha diplomatiya sohasiga oid terminlarning struktur-semantik tahlil”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fil2772.
Ilmiy rahbar: Xoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Raupova Laylo Rahimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Ergasheva Guli Ismoil qizi, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi diplomatiya sohasiga oid terminlarni struktur-semantik jihatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillaridagi diplomatiya sohasiga oid terminologik tizimlarning tadrijiy shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va hozirgi davr holati hamda ularning keng tarqalganlik, sistemaviylik, rivojlanish va turg‘unlik xususiyatlari ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi diplomatiya sohasiga oid terminlar (person, preambula, rekvizisiya)ning derivatsion jihatlarini aniqlash orqali ularning leksik-semantik, funksional-semantik, sintaktik jihatlari hamda sof diplomatik terminlar va umumiste’mol tildagi terminlarga ajralishi asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi diplomatik terminologiyaning diaxron aspektdagi ilmiy hamda xalq etimologiyalari filologik jihatdan aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi diplomatik terminlarning ilmiy-texnikaviy terminologik tizim doirasida, aniqlikka va ixchamlikka intilish usullariga ko‘ra diplomatik lug‘at tizimini boyitish yo‘llari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida diplomatiya sohasi terminologiyasini struktur-semantik, funksional-semantik tahlilidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
ingliz va o‘zbek tillaridagi diplomatiya sohasiga oid terminlarning struktur-semantik hamda pragmatik xususiyatlarini tilshunoslik nuqtai-nazaridan aniqlash, terminlarning leksik-semantik mohiyatini, kognitiv-pragmatik, dennotativ hamda konnotativ, diaxron va sinxron, gender jihatlarini yoritish, ingliz va o‘zbek tillaridagi diplomatiya sohasiga oid terminlarning konseptual talqiniga xos tipologik va differensial belgilar xususiyati, tarjima qilish jarayonida tug‘iladigan muammolarni, transformatsion jarayonlarni aniqlab, ularni adekvat o‘girishga qulay tarjima usullari bo‘yicha ilmiy-nazariy tavsiyalarni shakllantirish hamda tarjimon uslubi va mahoratini badiiy tarjima matnlari vositasida dalillash, ingliz va o‘zbek tillarida diplomatiya sohasiga oid terminlarning leksik-ma’noviy, strukturaviy turlarini tasniflash, ularni ifodalash bilan bog‘liq belgilarni ko‘rsatib berishga doir ilmiy xulosa va natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” (2017–2020 y.y.) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani amalga oshirishda loyihaning nazariy asosini mustahkamlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 2-fevraldagi 17-01-200-son ma’lumotnomasi). Natijada leksikografiya mezonlari asosida o‘zbekcha,inglizcha va ruscha diplomatiya sohasiga oid terminlar o‘quv lug‘ati yaratilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi diplomatiya sohasiga oid terminlarning derivatsion jihatlarini aniqlash orqali ularning leksik-semantik, funksional-semantik, sintaktik jihatlari hamda sof diplomatik terminlar va umumiste’mol tildagi terminlarga ajralishi dalillangan ilmiy xulosalardan Farg‘ona davlat universitetida 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan UZ800-20-GR-0040 “2020 Access Microscholarship Program Fergana State University” xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2023-yil 5-apreldagi 01-13-34-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillaridadagi diplomatik terminologiyaning diaxron aspektdagi etimologik xususiyatlari aniqlangan va faktik-analitik materiallar asosida lug‘at tuzish tamoyillari ishlab chiqilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi diplomatiya sohasiga oid mavjud terminlarning asliyatiga ko‘ra leksik-semantik, struktur-semantik xususiyatlari, chog‘ishtirilayotgan tillar lug‘atlari asosida leksikografik mezoni ishlab chiqilgan, mazkur soha terminologik lug‘atlarini tuzishning uslubiy yondashuvlarini takomillashtirishga oid xulosa va umumlashtirilgan fikrlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshtirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Millat va ma’naviyat”, “Ta’lim va taraqqiyot” nomli radioeshtirishlarining 2022 yil fevral va may sonlarida efirga uzatilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2022-yil 10-oktyabrdagi 04-36-1698-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot ishida Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asaridagi diplomatik munosabatlar hamda diplomatiya sohasiga oid terminlarning bugungi kun diplomatik munosabatlarga qay darajada bog‘liq ekanligi ilmiy jihatdan asoslangan.