Karimova Nigora Maratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamon va makon kategoriyalarini o‘rganish (XX asr rus va o‘zbek adabiyoti asosida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2564.
  Ilmiy rahbar: Davlyatova Gulchehra Nasirovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori, professor; Madyarova Nasiba Adxamovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi V.Rasputin, X.Do‘stmuhammad, M.Sholoxov, A.Qodiriy asarlari misolida zamon va makon kategoriyasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamon va makonda rus va o‘zbek adiblarining falsafiy, badiiy va nazariy konsepsiyalari izohlanib, ushbu tillarda vaqtni tashkil etish va makon muxolifatga xos taqvimiy xususiyatlar aniqlangan;
badiiy asarda vaqt kategoriyasining mumtoz shakllar (xotira, afsona, an'ana), turlar (biografik, tarixiy, mifologik), kategoriyalar (me’yoriy-semantik kabi) va usullar (reminsensiya, tarixiy inversiya)dan iborat yaxlit tizim hamda adabiy va estetik kategoriya ekanligi isbotlangan;
epik xronotopning asosiy turlari (lirik, epik, dramatik kabilar), “xronotop” atamasining falsafiy va estetik talqinlari filologik jihatdan dalillangan;
rus va o‘zbek adabiyoti namoyandalari – V.Rasputin, X.Do‘stmuhammad, M.Sholoxov, A.Qodiriy asarlarida zamon va makon kategoriyalarining qiyoslash orqali muallif badiiy olamiga, sharq va g‘arb xalqlariga xos bo‘lgan, ijtimoiy va tarixiy g‘oyalar ochib berilib, XX asrda adabiy jarayonning rivojlanish dinamikasi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamon va makon kategoriyalarini o‘rganish (XX asr rus va o‘zbek adabiyoti asosida) mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natrijalari asosida:
badiiy asarda vaqt kategoriyasining mumtoz shakllar (xotira, afsona, an'ana), turlar (biografik, tarixiy, mifologik), kategoriyalar (me’yoriy-semantik kabi) va usullar (reminsensiya, tarixiy inversiya)dan iborat yaxlit tizim hamda adabiy va estetik kategoriya ekanligi isbotlanganligi hamda epik xronotopning asosiy turlari (lirik, epik, dramatik kabilar), “xronotop” atamasining falsafiy va estetik talqinlari dalillangan haqidagi xulosalar va amaliy natijalardan PZ-20170930223-son "Demokratk va huquqiy jamoyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish maxanizmini takomillashtirish" mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2023-yil 12-iyundagi 01-2740-son ma'lumotnomasi). Natijada zamon va makon obrazi, uning turlarining xususiyatlari, shuningdek, adabiy asardagi kompozisiya, syujet va obrazning mohiyatini ochib berishda xronotop elementlarining roli, turlari, kategoriyalar va usullardan iborat yaxlit tizim hamda adabiy va estetik kategoriya ekanligi izohlangan;
rus va o‘zbek adabiyoti namoyandalari – V.Rasputin, X.Do‘stmuhammad, M.Sholoxov, A.Qodiriy asarlarida zamon va makon kategoriyalarining qiyosiy tadqiqi orqali muallif badiiy olamiga xos jihatlar, turli milliy madaniyatlarning an'analari va XX asrda adabiy jarayonning rivojlanish dinamikasiga doir xulosalardan PZ-20170930223-son "Demokratk va huquqiy jamoyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish maxanizmini takomillashtirish" mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2023-yil 12-iyundagi 01-2740-son ma'lumotnomasi). Natijada zamom-makon kategoriyasini adabiy-estetik xos xususiyatlari bilan tanishish doirasida "Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishning takomillashgan mexanizmi" nomli monografiya tayyorlash nazariy jihatdan boyitilgan;
zamon va makonda rus va o‘zbek adiblarining falsafiy, badiiy va nazariy konsepsiyalari izohlanib, ushbu tillarda vaqtni tashkil etish va makon muxolifatga xos taqvimiy xususiyatlar aniqlanganligi to‘g‘risidagi xulosalardan Farg‘ona viloyati teleradiokanalining "Assalomu alaykum, Farg‘ona", "Tilga e'tiribor – elga e'tiribor", "Nutq va so‘zlashish madaniyati" ko‘rsatuvlari turkumini tayyorlashda "Madaniy-ma'rifiy, badiiy eshittirishlar" efirida qiyosiy formatda qo‘llanilgan dasturlari ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 21-iyundagi 01-12-04/77-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuvlar mazmunini adabiyotshunoslik va milliy-madaniy materiallar bilan boyitish ta'minlangan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish