Erkinova Nigora Esanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
 “Eshqobil Shukur she’rlarining lingvopoetik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili. (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3117.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Oriental universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Xudayberganova Durdona Sidikovna, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR Fa O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.03.
Rasmiy opponentlar: Ma’rufjon Yo‘ldoshev, filologiya fanlari doktori, professor; Dilrabo Andaniyazova, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi taniqli o‘zbek shoiri Eshqobil Shukur she’rlarining lingvopoetik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    tilshunoslikda she’riy matnlarni lingvopoetik aspektda baholashda muallif – matn omili muhim o‘rin tutishi Eshqobil Shukur asarlari misolida asoslanib, ijodkorning milliy tilimiz imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanganligi ochib berilgan;
    Eshqobil Shukur she’rlarida ikkilantirilgan, takror qo‘llangan, so‘zdagi o‘rni almashtirilgan unli va undosh tovushlar; ko‘chma ma’noli so‘zlar, laqablar, presedent nomlar; lingvopoetik ahamiyatli so‘z birikmalari, gaplar, o‘xshatishli qurilmalar, presedent birliklarning o‘quvchiga estetik zavq berishda samarali qo‘llanganligi dalillangan;
    shoir she’riy asarlarida matn ta’sirchanligini ta’minlashga xizmat qilgan leksik takror (so‘zlarni she’rning har bir misrasida takror qo‘llash) hamda sintaktik takror (so‘z birikmalari va gaplarni misralarda takrorlash) ajratilib, ularning poetik matnda ifodalangan asosiy g‘oya, mazmunini alohida ta’kidlash, ajratib ko‘rsatish uchun xizmat qilganligi aniqlangan;
    Eshqobil Shukur she’rlaridagi lingvopoetik ahamiyatli birliklar orqali shoirning poetik matn yaratishda badiiy assotsiativ tafakkuri va lingvistik qobiliyatini to‘la namoyish qilganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Eshqobil Shukur she’rlarining lingvopoetik tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tilshunoslikda she’riy matnlarni lingvopoetik aspektda baholashda muallif – matn omili muhim o‘rin tutishi Eshqobil Shukur asarlari misolida asoslanib, ijodkorning milliy tilimiz imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanganligi ochib berilganligi hamda Eshqobil Shukur she’rlarida ikkilantirilgan, takror qo‘llangan, so‘zdagi o‘rni almashtirilgan unli va undosh tovushlar; ko‘chma ma’noli so‘zlar, laqablar, presedent nomlar; lingvopoetik ahamiyatli so‘z birikmalari, gaplar, o‘xshatishli qurilmalar, presedent birliklarning o‘quvchiga estetik zavq berishda samarali qo‘llanganligi dalillanganligi yuzasidan chiqarilgan xulosalardan T.N. Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2017-2020-yillarda bajarilgan F3-2016-0908165532- raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfavit va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining T.N. Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023-yil 20-noyabrdagi 578-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha yangi ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
shoir she’riy asarlarida matn ta’sirchanligini ta’minlashga xizmat qilgan leksik takror (so‘zlarni she’rning har bir misrasida takror qo‘llash) hamda sintaktik takror (so‘z birikmalari va gaplarni misralarda takrorlash) ajratilib, ularning poetik matnda ifodalangan asosiy g‘oya, mazmunini alohida ta’kidlash, ajratib ko‘rsatish uchun xizmat qilganligi aniqlanganligi hamda Eshqobil Shukur she’rlaridagi lingvopoetik ahamiyatli birliklar orqali shoirning poetik matn yaratishda badiiy assotsiativ tafakkuri va lingvistik qobiliyatini to‘la namoyish qilganligi masalasiga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019-2022-yilda bajarilgan  “A-OT-2019-10 raqamli “O‘zbek tilida neyming: me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 19-iyundagi 04/1-1228-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha materiallari nazariy va amaliy jihatdan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish