Norbaeva Shukurjon Xayitbaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Xorazm shevalari leksikasining onomasiologik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili. (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/Fil457.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Do‘simov Zaribboy, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyot va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.03.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muxayyo Karimovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Ashirboev Samixon, filologiya fanlari doktori, professor; Saparniyazova Muyassar, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm shevalari leksikasining onomasiologik tadqiqini amalga oshirish, shuningdek, bu jarayonda sodir bo‘ladigan obekt va subekt munosabatining voqelanish mexanizmlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Xorazm shevalari leksikasining asrlar davomida turli tamaddunlar to‘qnashuvi natijasida shakllangan birliklarni qamrab oluvchi tarixiy-genetik hamda xalqimizning o‘ziga xos tafakkur tarzini aks ettiruvchi lug‘at qatlamining kognitiv-semantik xususiyatlari küb//küp, sağȉr, börk, qaytaqȉ, güppȉ, supra-sanoch, ȉdȉsh, soppash, särposh, padash, ränt, räshpȉl, xapavänt, pota kabi turkiy asosli hamda o‘zlashma so‘zlar misolida ochib berilgan;
shevaga xos so‘zlarning tarkibiy rekonstruksiyasi gӧzäl silkmä, kähuda, paraviz singari dialektal birliklar, shuningdek, ularning onomasiologik tamoyillar taraqqiyotini o‘zida aks ettira oladigan peshkil, isvänt, juvaz kabi substrat qatlam tarkibli so‘zlar vositasida dalillangan;
dialektal so‘zlarning vujudga kelishida lugʻat birliklari ijodkorligini aks ettiruvchi derivatsion jarayonlar, shuningdek, tilimizdagi so‘zlarning ma’noviy taraqqiyotida muhim hisoblangan transonimizatsiya hodisasi hamda dialekal lugʻat fondida funksional o‘zgarish sodir bo‘lishi cholğaq//chulğav, tȉmaq, charxat, gäzäncha, aqkärt, tavadan, käykändaz, arromal, däsvärdä, zäbärdä, däskä, pȉshkä, sarxȉm leksemalari misolida aniqlangan;
Xorazm shevalari leksikasining moddiy asosga, funksional xususiyatga, analogiya va belgilarni nisbatlashga ko‘ra tanlash singari atalish tamoyillari hamda ushbu tamoyillarni yuzaga keltiruvchi omillar darayȉ, paxta, yipak, gudarȉ, dagdi, bashbav//bashorav, chishvänt, lächäk, payjama, jorap, shalavar, daldarğa, peshman, xarazman, sänsänȉ, shakasa, zanana etik, arabi, sherazȉ kabi so‘zlarning izohlari orqali asoslangan;
dialektal lugʻat fondi shakllanishida, xususan, ularning motivlarini belgilashda subektning ruhiy-psixologik holatidan ko‘ra uning olamni idrok qilishidagi o‘ziga xos jihatlarini aks ettiruvchi lingvokulturologik saviyasi xalq tarixi va tilning tadrijiy rivojida muhim omil hisoblanishi chӧgirmä, sänsänȉ, sho:zin, tӧshäk taxta, baltȉrlȉq, badrav singari so‘zlar misolida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm shevalari leksikasining onomasiologik tadqiqini takomillashtirish asosida:
voha leksikasiga oid so‘zlarning tarixiy-etimologik tahlilini amalga oshirish va ularni lugʻaviy qatlamlarga ajratish, obekt sifatida tanlangan so‘zlarni o‘zbek tili tarixiy leksikasining umumiy tizimi bilan qiyoslashda, shuningdek, antroposentrik paradigmada onomasiologik tamoyillar tushunchalari talqini masalalari; Xorazm shevalariga oid leksik birliklarning hozirgi o‘zbek adabiy tiliga munosabati, ularda ro‘y beradigan fonetik o‘zgarishlar borasidagi fikrlar qoraqalpoq tilshunosligidagi xuddi shu tip ishlar uchun nazariy asos voha leksikasiga oid so‘zlarning tarixiy-etimologik tahlilini amalga oshirish va ularni lugʻaviy qatlamlarga ajratish, obekt sifatida tanlangan so‘zlarni o‘zbek tili tarixiy leksikasining umumiy tizimi bilan qiyoslashda, shuningdek, antroposentrik paradigmada onomasiologik tamoyillar tushunchalari talqini masalalari; Xorazm shevalariga oid leksik birliklarning hozirgi o‘zbek adabiy tiliga munosabati, ularda ro‘y beradigan fonetik o‘zgarishlar borasidagi fikrlar qoraqalpoq tilshunosligidagi xuddi shu tip ishlar uchun nazariy asos bo‘la olishi haqidagi fikrlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda amalga oshirilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston bo‘limining 2023-yil 11-apreldagi 177/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy ahamiyati yanada ortgan;
Xorazm shevalari leksikasining asrlar davomida turli tamaddunlar to‘qnashuvi natijasida shakllangan birliklarni qamrab oluvchi tarixiy-genetik hamda xalqimizning o‘ziga xos tafakkur tarzini aks ettiruvchi lugʻat qatlamining kognitiv-semantik xususiyatlariga oid xulosalardan O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutida 2018-2019-yillarda bajarilgan PZ-2017-1024335-raqamli “O‘zbek shevalarining lingvokulturologik tadqiqi” mavzusidagi Yosh olimlar amaliy loyihasi doirasida “O‘zbek shevalarining lingvomadaniy tadqiqi” monografiyasining “O‘zbek shevalarini o‘rganishga lingvomadaniy yondashuv” (19-31) paragrafida Xorazm shevalariga xos massi (mahsi) dialektizmi tahlilidan; “Olamning dialektal manzarasi” (38-50) paragrafida milliy realiya va lakunalar: daldarg‘a, koriz, yasqa, ka:l kabilarni tavsiflash va izohini yozishda dissertatsiyaning “Xorazm shevalari leksikasining atalish tamoyillari” bobida keltirilgan materiallardan foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasining 2024-yil 29-fevraldagi 3/1255-483-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihadagi milliy realiyalar va lakunalar haqidagi nazariy fikrlarning illyustrativ misollar bilan dalillanish darajasi ortgan.
dialektal so‘zlarning vujudga kelishida lugʻat birliklari ijodkorligini aks ettiruvchi derivatsion jarayonlar, shuningdek, tilimizdagi so‘zlarning ma’noviy taraqqiyotida muhim hisoblangan transonimizatsiya hodisasi hamda dialekal lugʻat fondida funksional o‘zgarish sodir bo‘lishiga oid ilmiy-nazariy xulosalar va ularni dalillovchi materiallardan Xorazm Ma’mun akademiyasida 2017-yilda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-martdagi 49-bayoni asosida xo‘jalik shartnomasi asosida amalga oshirilgan “Ogahiy tomonidan fors tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan “Axloqi muhsiniyn” asarini tabdil qilish, nashrga tayyorlash va chop etish” grant loyihasida foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasining 2024-yil 29-fevraldagi 3/1255-483-son ma’lumotnomasi). Natijada lug‘aviy birliklarning ma’nolari boyigan, izohlari mukammallashgan;
shevaga xos so‘zlarning tarkibiy rekonstruksiyasi va ularning onomasiologik tamoyillar taraqqiyotini o‘zida aks ettira oladigan substrat qatlam tarkibiga oid xulosa va takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-martdagi “Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 210 yilligini nishonlash hamda Xiva shahrida Ogahiy ijod maktabini tashkil etish to‘g‘risida”gi 238-sonli qarori 3-bandiga muvofiq amalga oshirilgan Ogahiy “Asarlar” silsilasining 6-, 8-, 9-jildlarini nashrga tayyorlash va chop etishda foydalanilgan (O‘zR FA Xorazm Ma’mun akademiyasining 2024-yil 10-yanvardagi 133/2-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy tilimizning asosi hisoblangan, adabiy tilning boyish manbasi bo‘lgan Xorazm shevalariga xos so‘zlardan “qimmatli material” sifatida foydalanish imkonini yaratgan;
Xorazm shevalari leksikasining tarixiy-genetik va kognitiv-semantik tahlili orqali ularning tilshunoslikdagi o‘rni ochib berilganligi haqidagi ma’lumotlardan Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan 2022-2023-yillarda efirga uzatilgan “Assalom Xorazm” “Tilimizni o‘rganamiz”, “Adabiy muhit”, “Qadriyat”, “Ma’naviyat saboqlari” kabi eshittirish va teledasturlarda foydalanilpft (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 22-dekabrdagi 853-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy tilimizning jonli shakli bo‘lgan shevalarning adabiy tilimiz shakllanishidagi o‘rni, uning millat ma’naviyatini saqlash va rivojlantirishdagi ahamiyati keng ommaga etib borishi osonlashib, xalqimizning ko‘plab ilmiy ma’lumotlardan bahramand bo‘lishiga erishildi hamda Xorazm shevalariga xos so‘zlar, iboralarning inson tafakkur tarziga qay darajada ta’sir etishi misollar asosida izohlab berilgan.