Akbarova Munira Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
“Badiiy matndagi g‘ayriodatiy birikmalarning lingvopoetik xususiyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2157.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Ilmiy maslahatchi: Jamolitdinova Dilnoza Mirhojitdinovna, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.03.
Rasmiy opponentlar: YO‘ldoshev Ma’rufjon Muhammadjonovich, filologiya fanlari doktori, professor; Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi badiiy matnda qo‘llanadigan g‘ayriodatiy birikmalarning semantik, grammatik hamda lingvopoetik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
matnga lingvopoetik kuch beruvchi okkazional birikmalar, oksyumoron va noodatiy birikmalarning muayyan badiiy maqsadni ifodalovchi hamda umumlashtiruvchi kabi belgilari aniqlanib, o‘zbek tilshunosligiga “g‘ayriodatiy birikmalar” yangi ilmiy termin sifatida olib kirilgan;
g‘ayriodatiy birikmalarni hosil qilishda til birliklarilarning  birlamchi idrok etish vaqtida o‘zida olib yuradigan semantik yuki uning urg‘uli, alohida mantiqsizligi va g‘ayritabiiyligi sababli semantik valentlikning qasddan buzilishi asosiy omil ekanligi dalillangan;
badiiy matnda sifat+ot zaif tabassum, sifat+fe’l sovuq vishillamoq, ot+fe’l shamol o‘kirar, ot+ot sukunat seli, sifatdosh+ot o‘kirgan dengiz kabi g‘ayriodatiy birikmalarning yaratishda ot, sifat, fe’l so‘z turkumlarining faol ishtiroki, shuningdek, son, ravish, olmosh so‘z turkumlarining esa nofaol bo‘lishi aniqlangan;
g‘ayriodatiy birikmalar badiiy matnda so‘z birikmasi Xalqimizning eng kirlik kunlarini tasvirlamoqchiman, kengaytirilgan birikma Alimardonning qo‘llari pardadan pardaga engil ko‘char, toshqin sadolar tekis parvoz etar edi, butun gap Oq zulmat orasidan qarg‘alarning xosiyasiz fig‘oni eshitiladi tarzlarida yuzaga chiqishi va shu orqali matnning badiiy-estetik qiymatini oshirishi ochib berilgan;
g‘ayriodatiy birikmalar yozuvchining individual-badiiy uslubini shakllantiradigan va badiiy-estetik, ekspressiv-emotsional aktuallashuv xususiyatini namoyon etadigan sintaktik birliklar sifatida shirin xotira, shirin xotira kabi birliklarda badiiy nutq birligidan o‘zidagi “yangilik” belgisi orqali til birligi tomon siljishi hamda vaqt o‘tishi bilan “yangilik” bo‘yog‘ini yo‘qotib, og‘zaki nutqqa shirin xotira, achchiq g‘am kabi odatiy birikma sifatida ko‘chishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badiiy matnda qo‘llanadigan g‘ayriodatiy birikmalarning lingvopoetik xususiyatlari tadqiqi bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek tilshunosligida “g‘ayriodatiy birikmalar” terminini yangi termin sifatida turg‘unlashtirish, ularning oksyumoron va okkazionalizm bilan o‘zaro munosabatini aniqlash, oksyumoronni tilshunoslik nuqtayi nazaridan g‘ayriodatiy birikmalar termini ostida tadqiq qilish mumkinligi hamda g‘ayriodatiy birikmalarni hosil qilishda so‘zlardagi semantik valentlikning qasddan buzilishi asosiy omil ekanligi haqidagi xulosalardan 2016-2017-yillarda olib borilgan JDPI–MUZ-2015-0725140051 “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini boyitishda inglizcha-ruscha-o‘zbekcha frazemalar lug‘atini yaratish va amaliyotga tatbiq etish” innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Jizzax davlat pedagogika institutining 2023-yil 2-dekabrdagi 04-1455-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha yangi ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
g‘ayriodatiy birikmalarni hosil qilishda til birliklarilarning  birlamchi idrok etish vaqtida o‘zida olib yuradigan semantik yuki uning urg‘uli, alohida mantiqsizligi va g‘ayritabiiyligi sababli semantik valentlikning qasddan buzilishi asosiy omil ekanligi bo‘yicha chiqarilgan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasida 2021-2022-yillarda “O‘zbek harbiy san’ati tarixi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasining 2023-yil 11-oktyabrdagi 10/2025-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha yangi ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
g‘ayriodatiy birikmalar yozuvchining individual-badiiy uslubini shakllantiradigan va badiiy-estetik, ekspressiv-emotsional aktuallashuv xususiyatini namoyon etadigan sintaktik birliklar sifatida shirin xotira, shirin xotira kabi birliklarda badiiy nutq birligidan o‘zidagi “yangilik” belgisi orqali til birligi tomon siljishi hamda vaqt o‘tishi bilan “yangilik” bo‘yog‘ini yo‘qotib, og‘zaki nutqqa shirin xotira, achchiq g‘am kabi odatiy birikma sifatida ko‘chishi mumkinligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali”da efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon” nomli dasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 7-avgustdagi 04-36-1178-son ma’lumotnomasi). Natijada dasturlar ssenariysi nazariy va amaliy jihatdan boyigan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish