Yokubova Sevinchoy Islamjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek jadid she’riyatida obraz va ramzlar poetikasi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1740.
Ilmiy rahbar: Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich, filologiya fanlari doktori, professor; Afoqova Nodira Maxmudovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek jadid she’riyatidagi obraz va ramzlar genezisi, estetik xossalari, badiiy vazifasi, tadrijiy takomili va yangilanish tamoyillarini poetika kesimida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
badiiy obraz ratsional va emotsional birlik ekani o‘zbek jadid shoirlari lirik asarlari misolida, XX asr jahon she’riyati kontekstida dalillanib, jadid she’riyatidagi ramzlar mohiyati o‘sha davr adabiyotiga xos estetik tamoyillar, adabiy an’ana, ijodiy individuallik, milliy she’riyatning poetik takomili dunyoqarash, shakl va uslub, ramziy poetik ifoda, obrazlar olami hamda badiiy mahorat misolida asoslangan;
o‘zbek jadid she’riyati obrazlarining genezisi milliy folklor va mumtoz adabiyot namunalari, xalq inonch va urf-odat (ritual)lari, e’tiqodiy qarashlari va jahon adabiyotining ilg‘or yutuqlari bilan chambarchas bog‘liq ekani isbotlangan;
jadid she’riyatidagi obraz va ramzlarning turkiy xalqlar nazmiy an’analari bilan o‘zaro uyg‘unligi va o‘ziga xosligi aniqlanib, Cho‘lpon, Fitrat, Abdulla Avloniy, Hamza, Tavallo singari shoirlar lirik merosi hamda jahon estetik tafakkuri qiyosiy tipologiyasi misolida ochib berilgan;
o‘zbek jadid she’riyatida faol amalda bo‘lgan “quyosh”, “oy”, “yulduz”, “go‘zal”, ”“oq”, “qora”, “ko‘lanka”, “qora qush”, “qizil”, “bulut”, “parda”, “it”, “qashqir”, “arslon”, tulki“, poda”, “kishan”, “cholg‘uvchi”, “yo‘l”  “yo‘qsil”, “beshik”, “tong eli”, “qora tosh” singari ko‘plab badiiy obraz va ramzlar ratsional va emotsional birlik ekani  yoritilib, mazkur obrazlarning adabiy an’ana bilan chambarchas bog‘liqligi, shakl va uslub, badiiy ifoda rakurslari, vazn, lirik kechinma hamda kompozisiya, obrazlarning yangilanish xususiyatlari kabi tamoyillar aniqlanib, poetik mahorat masalalari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek jadid she’riyatida obraz va ramzlar poetikasi mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘zbek jadid she’riyatida obraz va ramzlar poetikasi mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: badiiy obrazning ratsional va emotsional birlik ekani, jadid she’riyatida obraz va ramzlar genezisi hamda badiiy ifodasining nazariy asoslari, estetik tamoyillari, adabiy an’ana va ijodiy individuallikka oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F-1-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunoslik tarixini tadqiq qilish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, O‘zR FA Qoraqalpoq bo‘limining 2023-yil 5 sentyabrdagi 342/1-son ma’lumotnomasi). Natijada folklorga murojaat qilish tajribalari hamda ramzlar poetikasidan foydalanib, badiiy unsurlar mohiyati va vazifalari belgilangan, adabiyotshunoslikdagi mavjud nazariy qarashlar boyitilgan;
o‘zbek jadid she’riyati obrazlar genezisi va yangilanishi, ramzlar poetikasiga doir tahliliy fikrlardan; obrazlar poetik silsilasining halqalari yaxlit poetik tizim sifatida tadqiq etilgan o‘rinlardagi ilmiy-nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan OT-F1-030 – “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7-jild) chop etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUning 2023-yil 7 sentyabrdagi 01/4-1682-son ma’lumotnomasi). Natijada jadid she’riyatining obrazlari genezisi va yangilanish tamoyillarini o‘rganish asosida poetik silsila halqalarini yaxlit tizim sifatida tadqiq etishga erishilgan;
o‘zbek jadid she’riyatida obraz va ramzlar poetikasi, badiiy obraz va ramzlarda fikr hamda kechinma uyg‘unligi, turkiyzabon xalqlar jadid she’riyatida obrazlar genezisi va yangilanish tamoyillari hamda mohiyati bilan bog‘liq ilmiy qarashlar va nazariy ma’lumotlardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan Adiblar xiyobonida o‘tkazilgan adabiy-ma’rifiy tadbirlar hamda Navro‘z va Mustaqillik umumxalq bayramlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2023-yil 1 dekabrdagi 01-03/.3179-son ma’lumotnomasi). Natijada umumxalq bayramlari va adabiy-ma’rifiy tadbirlar ssenariysi mazmunan boyitilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish