Turdialiev Anvarbek Xusinovichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
     Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Denov shevasini areal o‘rganish va til korpusiga joylashtirish”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil1938.
Ilmiy rahbar: Ashirboev Samixon, filologiya fanlari doktori, professor.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Sobirov Abdulhay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor; Abduraxmonova Nilufar Zaynobiddin qizi, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Denov arealidagi qarluq, qipchoq shevalarining fonetik, morfologik xususiyatlari va bu shevalarga tojik tilining ta’siri, aksincha, bu shevalarning tojik tiliga ta’sirini ochib berish va ularning natijalarini dialektal korpusga joylashtirish masalasini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Denov shevasi arealogik va kontaktologik rejada ilk bor o‘rganilgan, arealdagi qarluq, qipchoq shevalarining joylashish o‘rinlari, aholi tarkibi hamda ularning o‘zaro munosabatlari aniqlangan, shuningdek bu ikki o‘zbek shevasining  tojik tili bilan munosabatidagi o‘ziga xosliklar dalillangan;
Denov qarluq, qipchoq lahjasi shevalarining unlilar tizimi, fonetik qonun va jarayonlar, egalik, kelishik, ko‘plik va fe’l shakllarining morfologik xususiyatlari adabiy til bilan qiyoslangan holda ochib berilgan;
o‘zbek dialektologiyasiga  Surxondaryo bir dialektal zona sifatida belgilangan bo‘lib, bu uning kuchsiz fokus nuqtasiga ega ekanligi bilan izohlangani aniqlanib, Denov shevasining nisbatan murakkabroq tarkibi uni kichik dialektal zona sifatida ajratish imkonini berishi  isbotlangan;
Denov kichik dialektal zonasidagi sheva faktlarini korpusga joylashtirish bo‘yicha   lingvistik va eksralingvistik teglash, meta ma’lumotlarni shakllantirish, transkripsiyadagi sheva matnlarini Unicodda o‘qitish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Denov shevasini areal o‘rganish va til korpusiga joylashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar bo‘yicha;
Denov shevasi arealogik va kontaktologik rejada ilk bor o‘rganilgan, arealdagi qarluq, qipchoq shevalarining joylashish o‘rinlari, aholi tarkibi hamda ularning o‘zaro munosabatlari aniqlangan, shuningdek bu ikki o‘zbek shevasining  tojik tili bilan munosabatidagi o‘ziga xosliklar dalillanganligiga hamda Denov qarluq, qipchoq lahjasi shevalarining unlilar tizimi, fonetik qonun va jarayonlar, egalik, kelishik, ko‘plik va fe’l shakllarining morfologik xususiyatlari adabiy til bilan qiyoslangan holda ochib berilganligiga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019 – 2022-yillarda bajarilgan A-OT-2019-10 raqamli “O‘zbek tilida neymingning me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 23-oktyabrdagi 01/10-2222-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek xalq shevalar lug‘at boyligidagi leksemalar, hozirgi kunda shevalarda qo‘llaniladigan qadimiy sof turkiy so‘zlarning geneologik tomondan o‘rganilishiga asos bo‘lgan;
o‘zbek dialektologiyasiga  Surxondaryo bir dialektal zona sifatida belgilangan bo‘lib, bu uning kuchsiz fokus nuqtasiga ega ekanligi bilan izohlangani aniqlanib, Denov shevasining nisbatan murakkabroq tarkibi uni kichik dialektal zona sifatida ajratish imkonini berishi  isbotlanganligi hamda Denov kichik dialektal zonasidagi sheva faktlarini korpusga joylashtirish bo‘yicha lingvistik va eksralingvistik teglash, meta ma’lumotlarni shakllantirish, transkripsiyadagi sheva matnlarini Unicodda o‘qitish zarurati asoslanganligiga doir ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022–2023-yillarda bajarilgan “Xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari interaktiv elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2023-yil 18-oktyabrdagi 1017-son ma’lumotnomasi). Natijada xizmat ko‘rsatish obektlariga nom qo‘yish jarayonini engillashtirish, muqobillarini topishda asosiy manba bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish