Nazarov Alisher Narimanovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Globallashuv sharoitida siyosiy taraqqiyot xavfsizligi va barqarorligini ta’minlash jarayonlarining evolyusiyasi”, 23.00.02–Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Siyos51.

Ilmiy rahbar: Idirov Ulug‘bek Yusupovich, siyosiy fanlar doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc29.08.2017.S.01.08.

Rasmiy opponentlar: G‘afurov Sarvarjon Mirzarasulovich, siyosiy fanlar doktori, professor; G‘oyibnazarov Shuhrat G‘oyibnazarov, siyosiy fanlar doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: globallashuv sharoitda mamlakatimiz siyosiy taraqqiyoti xavfsizligi va barqarorligini ta’minlash jarayonlarining evolyusiyasi to‘g‘risida ilmiy xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

globallashuv tarkibida avtoritar xususiyatlar miqdorining ortib borayotganligi bois o‘zgargan vaziyatga monand ravishda siyosiy taraqqiyotni ta’minlashning konseptual asoslarini takomillashtirish zarurati ochib berilgan;

globallashuvning salbiy ta’sirlari sharoitida milliy davlat suverenitetining xavfsizligi va daxlsizligini saqlab qolishning muhim sharti va asosi siyosiy taraqqiyot hodisasining izchilligini ta’minlash bilan uzviy bog‘liqligi asoslangan;

mamlakatimizda siyosiy taraqqiyotni ta’minlashning innovatsion asoslari yaratilishida “deliberativ” va “preventiv” demokratiya imkoniyatlaridan foydalanishning samarali ekanligi asoslab berilgan;

siyosiy taraqqiyotni ta’minlash va uni yangi impul`slar bilan quvvatlanishida siyosiy partiyalarning o‘rni va rolini oshirish hamda ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Globallashuv sharoitida siyosiy taraqqiyot xavfsizligi va barqarorligini ta’minlash jarayonlarining evolyusiyasi yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:

siyosiy taraqqiyotni ta’minlashning innovatsion asoslari yaratilishida “deliberativ” va “preventiv” demokratiya imkoniyatlaridan foydalanishning samarali ekanligi borasidagi nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining 28 may 2018 yildagi 02/1147 va 2018 yil 5 iyundagi 02/1221-son ma’lumotnomalari). Natijada institutning axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlash hamda tegishli tadqiqot ishlari samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;

globallashuvning zamonaviy xususiyatlari va ularda avtoritar jihatlarining ortib borayotganligi, globallashuvning salbiy ta’sirlari sharoitida siyosiy taraqqiyotni amalga oshirish va xavfsizligini  ta’minlashning o‘ziga xos xususiyatlari, mamlakatimizda siyosiy taraqqiyot izchilligini ta’minlashda demokratiyaning zamonaviy asoslaridan, xususan, deliberativ, preventiv demokratiyaning imkoniyatlaridan foydalanishning samaradorligi to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutining “Gumanitar va ijtimoiy fanlar” kafedrasida o‘quv hamda ilmiy tadqiqotlar jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2018 yil 26 maydagi 2128-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Markaziy apparati axborot-tahliliy faoliyatida foydalanish rejalashtirilgan;

davlat boshqaruv hokimiyati va jamiyat siyosiy tizimini takomillashtirish, siyosiy taraqqiyotning samarali asoslarini shakllantirish va jamiyat hayotining barcha sohalarini izchil demokratlashtirish va erkinlashtirishga doir ishlab chiqilgan tavsiyalar va xulosalaridan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi faoliyatida foydalanildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi  PF-5308-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid 2018 yil Davlat dasturining I yo‘nalishi, 2-bandida nazarda tutilgan “Mamlakat siyosiy sahnasida sog‘lom raqobatni ta’minlash” deb belgilangan chora-tadbirni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqishda hamda 18-bandida “Davlat boshqaruv organlari tizimini tubdan takomillashtirish” deb belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish mexanizmini shakllantirishda, xususan, davlat organlariga xos bo‘lgan maxsus vazifalar doirasini aniqlashtirish va boshqaruvning innovatsion shakllarini joriy etish kabi mexanizmlarni ishlab chiqish jarayonida foydalanilgan (“Taraqqiyot strategiyasi” markazining 2018 yil 14 maydagi 0640/18-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan Harakatlar strategiyasi zaminidagi islohotlar jarayonida demokratiya mexanizmlaridan siyosiy taraqqiyot institutsional asoslarini mustahkamlovchi va takomillashtiruvchi nazariy va amaliy manba sifatida xizmat qilgan;

dissertatsiya ilmiy xulosalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2017 yil rejasi I. “Tashkiliy sohada olib borilayotgan ishlar” bo‘limining 3-“Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining hududiy bo‘lim hamda tuman (shahar) bo‘linmalari xodimlarining funksional vazifalarini ishlab chiqish va joriy qilish”, 8-“Respublika Ma’naviyat targ‘ibotchilari uchun “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” mavzuida uslubiy qo‘llanmalar nashr etish va hududlarga tarqatish” bandlarining ijro etilishida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018 yil 15 maydagi 02/07-625-18-son ma’lumotnomasi). Natijada mutaxassislar tomonidan ijtimoiy-siyosiy sohaga oid targ‘ibot materiallari hamda dasturiy hujjatlarni sifatli tayyorlashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish