Abdurahmonova Uldona Abdujapbarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Eshqobil Shukur she’riyatida “hayrat” kategoriyasi va uning binarlik tabiati”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3071.
Ilmiy rahbar: Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Meliev Suvonqul, filologiya fanlari doktori, professor; Toshniyozova Ra’no Muhammadievna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Eshqobil Shukur she’riyati asosida “hayrat” kategoriyasining lirik asarda namoyon bo‘lish prinsiplari, olam va odamni lirik idrok etish hamda uni lirik ifodalash jarayonlarini yagona tizim sifatida o‘rganish, ayni jarayonning binarlik tabiatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek adabiyotshunosligida ilk bor hayrat tushunchasining nazariy-estetik mohiyati sharq-islom ma’rifiy tafakkuri aspektida alohida muammo sifatida ochib berilgan hamda hayrat fenomenining tadrijiy takomili, shakllanishi, o‘zbek mumtoz va zamonaviy she’riyatida namoyon bo‘lish tarixi aniqlanib, hayratning kategorial xossalari asoslangan;
Alisher Navoiy “Hayrat ul-abror” dostonining “Uch hayrat” bo‘limi asosida “hayrat” kategoriyasi insonning Yaratganni tanishi, o‘zligi va borliqni anglashidagi yetakchi ma’rifiy konsepsiya sifatida o‘zbek mumtoz va zamonaviy she’riyati markazida yashab kelayotgani ilmiy-konseptual isbotlanib, “hayrat” kategoriyasi va uning binarlik tabiati E.Shukur ijodiy shaxsiyati misolida sistematik dalillangan;
olam va odamni badiiy idrok etishda ijodkor subektining “hayrat” kategoriyasi bilan serkulyar munosabatda ekani ilmiy dalillangan va o‘zbek adabiyotidagi “to‘rt unsur” metaforalar tizimi E.Shukur ijodi misolida bir butun badiiy sistema sifatida ochib berilgan;
E.Shukur ijodida hayrat fenomenining voqelikni badiiy idrok etishdagi o‘rni, uning ijodkor botinida sintez qilinish jarayonlari, ijodiy jarayonga doir ayni holatlarning lirik ifodalanishi va uning binarlik tabiati borasidagi yangi nazariy umumlashmalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Eshqobil Shukur she’riyatida “hayrat” kategoriyasi va uning binarlik tabiati tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek adabiyotshunosligida ilk bor hayrat tushunchasining nazariy-estetik mohiyati sharq-islom ma’rifiy tafakkuri aspektida alohida muammo sifatida ochib berilgan hamda hayrat fenomenining tadrijiy takomili, shakllanishi, o‘zbek mumtoz va zamonaviy she’riyatida namoyon bo‘lish tarixi aniqlanib, hayratning kategorial xossalari asoslanganligi hamda Alisher Navoiy “Hayrat ul-abror” dostonining “Uch hayrat” bo‘limi asosida “hayrat” kategoriyasi insonning Yaratganni tanishi, o‘zligi va borliqni anglashidagi yetakchi ma’rifiy konsepsiya sifatida o‘zbek mumtoz va zamonaviy she’riyati markazida yashab kelayotgani ilmiy-konseptual isbotlanib, “hayrat” kategoriyasi va uning binarlik tabiati E.Shukur ijodiy shaxsiyati misolida sistematik dalillanganligiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020–2022-yillarda bajarilgan AM-F3-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 22-noyabrdagi 04/1-2473-son ma’lumotnomasi). Natijada Alisher Navoiy, E.Shukur she’rlari matni ilmiy va badiiy tahliliga oid materiallar o‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratishga asos bo‘lgan.
olam va odamni badiiy idrok etishda ijodkor subektining “hayrat” kategoriyasi bilan serkulyar munosabatda ekani ilmiy dalillangan va o‘zbek adabiyotidagi “to‘rt unsur” metaforalar tizimi E.Shukur ijodi misolida bir butun badiiy sistema sifatida ochib berilganligi hamda E.Shukur ijodida hayrat fenomenining voqelikni badiiy idrok etishdagi o‘rni, uning ijodkor botinida sintez qilinish jarayonlari, ijodiy jarayonga doir ayni holatlarning lirik ifodalanishi va uning binarlik tabiati borasidagi yangi nazariy umumlashmalar ishlab chiqilganiga oid ilmiy-nazariy xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019–2022-yillarda bajarilgan A-OT-2019-10 raqamli “O‘zbek tilida neyming: me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 22-noyabrdagi 04/1-2474-son ma’lumotnomasi). Natijada shoir she’rlarining yillar kesimidagi qiyosiy tahlili, nazmiy matnlardagi adabiy til me’yorlariga qay holatda amal qilganligi masalasiga doir tahliliy materiallar tayyorlashga xizmat qilgan.